Dilmurod Quronov adabiyot nazariyasi



Yüklə 8,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/179
tarix29.11.2023
ölçüsü8,8 Mb.
#169675
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   179
Dilmurod Quronov. Adabiyot nazariyasi asoslari (2018)

ijodiy niyat
tug‘iladi. Ijodiy niyatning tug'ilishi - badiiy ijod 
jarayonidagi ilk bosqich. Ijodiy niyat san’atkorning voqelik 
bilan munosabati, voqelikni 0 ‘ZIChA (o‘zining estetik ide- 
ali, dunyoqarashi, sajiyasi, madaniy-ma’rifiy darajasi, ha- 
yotiy va ijodiy tajribasi, tug'ma iste’dodi quvvati asosida) 
qabul qilishi va idrok etishi natijasi olaroq yuzaga keladi.
123
www.ziyouz.com kutubxonasi


To‘g‘ri, u yoki bu asarining yoziüshi tarixiga to'xtalgan yo- 
zuvchining ijodiy niyat birdan íug‘ilganini ta’kidlagan hollar 
ham tez-tez uchraydi. Balki, shundaydir, biroq, masalan, 
chaqmoq yarq etishi uchun avval bulutlar elektr zaryadiga 
to'yinishi kerak emasmi? Yana tamsil qilsak, Nyutonga qa- „ 
dar ham necha-necha odamlaming boshiga olma tushgan, 
biroq butun olam tortishish qonunining kashfi faqat unga 
nasib etmadimi?! Demak, gap asió olmada emas, bosh- 
da ekan-da. Shunga o‘xshash, u yoki bu asarni yozish bi- 
lan bogliq ijodiy niyat ham faqat shu haqda o‘ylab yurgan 
odamda tug'ilishi mumkin, xolos.
Ijodiy niyatda yaratilajak asarning asosiy chizgilari, bir- 
muncha xiraroq tarzda bo‘!sa-da, ko‘zga tashlanib turadi. 
Ya’ni ijodiy niyat yaratilajak asarning san’atkor ongida- 
gi xomaki eskizidir. Badiiy ijod jarayonining o'ziga xosligi 
shundaki, san’atkor ijodiy niyatdayoq o'quvchiga muayyan 
ta’sir qilishni ko'zda tutadi. Baski, maqsad ijroga ta’sir 
qiladi, niyat va ijro birlashadi. Bu jarayonni birmuncha 
o'zgacharoq tushuntirish qulayroq ko‘rinadi: san’atkorning 
estetik ideali bilan mavjud voqelik orasidagi nomuvofiqlik 
badiiy ijodga undovchi motiv bolsa, idealga yaqinlashish 
ijodning maqsadidir. Demak, ijodiy niyat bilan ijro, ijod mo- 
tivi bilan maqsadining birligi badiiy ijod jarayonini yaxlit, 
butun hodisaga aylantiradi. Shu yaxlit jarayon - badiiy ijod 
davomida ijodiy niyat ijro etiladi, san’atkorning o‘y-f¡krlari, 
bahosi badiiy obrazlar tizimi vositasida moddiylashtiriladi.
Biz 
badiiy ijod jarayoni
deganda san’atkor ongida ijodiy 
niyat yetilib, «bo'shanish» zarurati yuzaga kelgan paytdan 
to asarga so'nggi nuqta qo‘yilgunga qadar bo'lgan vaqtni 
ko'zda tutamiz. Ayni shu vaqt oralig'ida san’atkor ongida 
kechgan 
ijodiy-ruhiy jarayon
badiiy asarda akslanadi. Shu 
bois ham mazkur jarayonning o‘ziga xos xususiyatlariga 
ayricha e’tibor zarur. Avvalo shuki, ijod onlaridagi ijodiy- 
ruhiy holat san’atkorning bungacha kechirgan hayoti, 
ko'rgan-kechirganlari zaminida yuzaga keladi. Biroq ijod
124
www.ziyouz.com kutubxonasi


onlarida u oldingi hayotidan, zamindan uziladi go'yo: endi 
u tamomila o‘zga olchamda - IDEAL olamida yashaydi. 
Ayon bo'ladiki, san’atkorning hayot yo‘l¡, unga oid fakt 
va hodisalar, shaxsiyati, sajiyasi kabilar bilan badiiy asar 
orasidagi aloqa ko‘proq genetik (paydo bolishi, dunyoga 
kelishí jihatidan) xarakterga egadir. Zero, badiiy asarda real 
san’atkor emas, uning ijod oniaridagi 
ma’naviy-ruhiy bu-
tunligi
aks etadi. Shunga ko'ra, hayotda biz bilgan san’at­
kor bilan ijod oniaridagi san’atkor orasiga tenglik alomati 
qo'yib bo'lmaydi: real san’atkor bilan asarda aks etgan 
muallif obrazi (yoki lirik qahramon) bitta emas. Ikkinchidan, 
ijod oniaridagi ijodiy-ruhiy hoiat 
betakrorbo'Wb,
bitta daryo- 
ga ikki bora sho‘ng‘ib bolmaganidek, san’atkorning xuddi 
shu ijodiy-ruhiy holatga qayta tushishi mumkin emas. De- 
mak, o‘zida muayyan ijodiy-ruhiy holatni aks ettirgan badi­
iy asar ham betakror (fenomenal) hodisa sanaladi. Shunga 
ko'ra, badiiy asardagi har bir unsur o‘sha ijodiy-ruhiy holat 
mahsuli, asarda bironta ham ortiqcha unsur mavjud emas. 
Zero, asardagi barcha unsurlar, hatto bizning nazdimizda 
ortiqchadek tuyulganlari ham muallifning ijod oniaridagi 
ruhiy holatini ifodalaydi, demakki, asarning mazmun-mo- 
hiyatini anglashga xizmat qiladi.
Aytilganlar 

Yüklə 8,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin