Dilmurod Quronov adabiyot nazariyasi



Yüklə 8,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/179
tarix29.11.2023
ölçüsü8,8 Mb.
#169675
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   179
Dilmurod Quronov. Adabiyot nazariyasi asoslari (2018)

«Qosh qora-
yib, qorong'u tushayozg'an edi».
Mehmonining muddaosi- 
ni tinglab, tashvishlarini ma’qul topgan Ziyo shohichining 
qutidornikiga: «Hozir boramiz», - deyishidan, har tugul, 
Hasanali kelgan paytda u shorn namozini ado etayotgan 
edi degan fikrga kelamiz. Negaki, agar u xufton namozi- 
da bolganida edi, namozdan so'ng ham ma’lum muddat 
Hasanali bilan so‘zlashib o'tirganini e’tiborga olsak, bi- 
rovnikiga chaqirib borish juda noqulay bo'lar, shohichi bu- 
ning andishasini qilgan bo'lur edi. Demak, Hasanali kel- 
ganida mezbonning shorn namozida bo'lgani haqiqatga 
yaqinroq. Shunaqa ekan, Hasanalining ovoz bermaganida 
ham g'alat yo‘q: birinchidan, u tashqariga kirdi, ikkinchidan, 
shorn vaqti bolgani uchun ham ovoz bermadi. Mehmon­
xonada chiroq yonib turganidan u yerda kimdir bor ekani- 
ni bilib ham ovoz bermadi, chunki shorn vaqti juda tig'iz 
keladi, bas, ichkaridagi odamning namozda ekani ehtimoli 
ko'proq. Ya’ni Hasanali ibodatdagi odamni chalg‘itmas!ik 
andishasini qildi. Demak, uning xatti-harakatlari asar yo- 
zilgan davr odobiga to'la muvofiq ekan, faqat buni anglash 
uchun uchta nuqtani ma’no jihatidan bog'lash, butunni 
qismlar orqali, qismni esa butun kontekstida tushunish 
kerak bo‘ladi. Sirasi, o'qishning ijodiy jarayon deb atalishi 
ham, aslida, shundan, zero, qismlarni o‘zaro bog'lagan
127
www.ziyouz.com kutubxonasi


holda yaxlit butuniik hosil qilish uchun ijodiy tasavvur to'la 
quvvat bilan ¡shlashi talab qilinadi. Konkret asarning turli 
o‘quvchilar tomonidan turlicha tushunilishi boisi ham, bir 
tomoní, shunda - qismlar orasidagi ko'rinmas aloqalarni 
tiklay oüsh imkoniyati hammada bir xil emas.
Bu o‘rinda masalaning yana bir muhim jihati mavjud: 
sistem butuniik, birinchi gaida, obyekt (badiiy voqelik) va 
subyekt (ijodkor) birligini taqozo qiladi. Shunday ekan, 
badiiy asarga ijodiy yondashuv o‘quvchi o'qish jaray- 
onida ijodkor subyektining o‘rnini egallab, uning ijod on- 
laridagi betakror ijodiy-ruhiy holatiga kira olsagina tola 
mavjuddir. Bunda o'quvchiga ijodiy jarayonning modeli 
bolmish asarning o'zigina yordam berishi mumkin. Asar 
(sistem butunlik)ni tushunishning ko'pchilik e’tirof etgan 
qoidasi esa oddiy: butun qism, qism butun orqali tushu- 
niladi. Baski, konkret asar strukturasini - butunlikning 
tashkillanishini, ya’ni uni tashkil etayotgan unsurlarning 
o'zaro aloqalari, ularning qay yo'sin butuniik hosil qili- 
shini - yorqin tasavvur etmasdan turib uning mazmun- 
mohiyatini anglash maholdir. Hatto kezi kelganda bitta- 
gina unsurning e’tibordan chetda qolishi ham butunning 
mazmun-mohiyatini o'zgartirib yuboradi. Zero, struktura 
mazmunning mantiqiy tashkillanishidirki, o‘sha mantiqni 
o'zlashtirmasdan turib badiiy asardagi mazmun jilolarini 
ilg'ash dushvordir.
So'nggi nuqta qo'yilib, o'quvchiga qaysidir bir shaklda -
qolyozma holidami, davriy nashrda yoki alohida kitob holi- 
da chop etibmi, zamonaviy mediavositalar yordamidami, 
bundan qat’i nazar, taqdim etiiishi bilanoq adabiy asarning 
ijtimoiy munosabatlar tizimidagi mustaqil hayoti boshlana- 
di. Xuddi odamlar kabi u ham hayotda o‘z o'rnini egallashi, 
obro1 va qadr-qimmat topishi kerak boladi. Qizig'i, xuddi 
odamlar kabi, ularning ham biri yonib-yondirib yashasa, 
boshqa birining kelib-ketgani ham sezilmay qoladi, birisi 
tug'iliboq olsa, tagln birisi asrlar davomida el ardoglda
128
www.ziyouz.com kutubxonasi


boladi. Muhimi, hammasi yaralishdayoq manglayga bitil- 
gan: dard-u ühom bilan yoziiganiga boshqa, non-u shon 
uchun yoziiganiga boshqa bir taqdir bolib, uni o‘zgar- 
tirib bolmaydi. Yo'qsa, butun boshli íuzumlar qollagan, 
barchaga beshak namuna olaroq targlb etilgan, jamiki 
sovrinlarga sazovor bolganlari nima bo‘ldi-yu, unutilishga 
mahkum etilganlari nima bo‘ldi?! Xullas, asarning taqdiri, 
millat madaniy-esíetik hayotida qanday maqom tutishi-yu 
qanchalik qimmat kasb eíishi eng avval uning o'ziga, badi- 
iy saviyasiga bogliqdir.
Ayon boladiki, adabiy asarlaming badiiy saviyasi, qim- 
mati bir xil bolishi mumkin emas, ya’ni ular tabaqalana- 
di. Eng baland pog‘onani 
mumtoz
(
klassik
) yoki 
durdona
(■
shedevr
) asarlaregallaydi. Bu o'rinda yana istilohga aniq- 
lik kiritib o‘tish lozim boladi. Odatda, «mumtoz» so'zini 
muayyan davr adabiyoti va shu davr adabiyotiga mansub- 
lik ma’nosida ham faol qollaymiz: «o'zbek mumtoz ada­
biyoti», «mumtoz adabiyot tarixi», «mumtoz shoir» kabi 
birikmalarda ayni ma’no ko‘zda tutiladi. Tabaqalashtirish- 
da esa istilohning aksiologik ma’nosi, ya’ni «eng sara», 
«zamon sinovlaridan o'tib saralangan», «har jihatdan mu- 
kammal», «namunali» kabi baho ma’nolari faollashadi. 
Bu holda «mumtoz» deganda asrlar sinovidan o‘tib, miliiy 
madaniy bisotdagi olmas qadriyat olaroq umume’tirof etil­
gan asarlar tushuniladi. Ayni ma’no ko'pincha «durdona» 
so‘zi bilan ham ifoda etiladi, biroq istiloh sifatida «mumtoz» 
maqbulroq. Negaki, «durdona» so‘zi zamondoshlarning 
asarlariga nisbatan ham qollanaveradi, unda zamon si­
novlaridan o'tganlik ma’nosi yo‘q. Holbuki, 
mumtoz
sifatiga 
ega bolish uchun asar zamon sinovlaridan o‘tib, mudom 
o'zining yangi-yangi ma’no qirralarini ochishi bilan hamma 
vaqt o‘quvchi ma’naviy-ruhiy ehtiyojlariga javob berishi 
lozim. Qisqa qilib aytsak, asarga «mumtoz» sifatini vaqt 
beradi, «durdona» so‘zida esa subyektiv baho ma’nosi 
ustuvorroqdir.
129
www.ziyouz.com kutubxonasi


Keyingi pog‘onada ommaviy adabiyotga mansub eíiladi- 
gan asarlar joylashadi. Hozirda ancha faol ¡shlatilayotgan 
«ommaviy adabiyot» istilohi «elitar adabiyot»ga zidlanadi 
va «keng ommaga mo'ljallangan» degan ma’noni anglata- 
di. Holbuki, matbaachilikning rivojlanishi bilan adabiyot om­
maviy tarzda «ommaviylik» xususiyatini kasb etib bo'lgan: 
hozirda chop etilgan asarni minglab, millionlab kishilarning 
o'qishi ko'zda tutiladi. Tor doiralardagina aylanuvchi va 
go'yo shu doira kishilarigina tushuna oladigan asarlarni 
«xosiar adabiyoti», «eíitar adabiyot» namunasi sifatida tu- 
shunish esa bahsli. Chunki bu, istasak-istamasak, o‘sha 
doiraning da’vosi, subyektiv bahosi maqomida, xolos. 
Haqiqat shuki, matbaa imkoniyatlari ilhom va yuksak did 
bilan yozilgan asarlarni ham, ulardan mosuvo asarlarni 
ham birdek ommaviy tirajda chop etishga izn beraveradi. 
Demak, ommaviy adabiyot namunalarini bu jihatdan «yuk­
sak», «o‘rta» va «tuban» asarlarga ajratish mumkin. Tabiiy- 
ki, birinchi toifadagi asarlar didi yuksak o'quvchi ma’naviy- 
ruhiy ehtiyojlariga qaratilgan bo'lib, ularning eng saralari 
kun kelib, zamon sinovidan o'tgach, mumtoz asar maqo- 
mini oladi. Ikkinchi toifadagi asarlar bunga da’vo qilmagani 
holda, o‘z davri kitobxonlarining ma’naviy-ruhiy ehtiyojlarini 
qondiradi, ezgulik va go'zallik yolida o'zining missiyasi- 
ni baholi qudrat ado etadi. Nihoyat, uchinchi toifa asarlar 
didi olmas, saviyasi past o'quvchining ko'proq instinktiv 
ehtiyojlariga mo’ljallanganki, ularni «ommaviy adabiyot» 
emas, «avom adabiyoti» vakili o'laroq qabul qilish to‘g‘riroq 
bo'ladi.
Aytilganlardan kelib chiqadigan asosiy xulosalarni 
umumlashtirib ta’kidlab qo'yish maqsadga muvofiq.
Avvalo, badiiy adabiyotni iste’dodlar yaratadi. Iste’dod 
esa ommadan ko‘ra teranroq qalb ko'ziga egaligi, tafak- 
kur darajasining undan yuqoriroq ekani bilan farqlanadi. 
Chinakam iste’dod yaratgan asarning saviyasi ham om­
madan yuqoriroq bo‘lmog‘i tabiiy va shunday bo'lishi kerak
130
www.ziyouz.com kutubxonasi


ham. Ayni chog'da, shu adabiy-madaniy zaminda yetish- 
gan iste’dodning ommadan ko‘z ¡Ig'amas darajada uzoq- 
lab ketishi mahol, shu bois ham «atayin ommaga moslab 
yozish» degan da’vo yo yolg'on, yo iste’dodsizlikni xas- 
po'shlash uchun bahonadan boshqa narsa emas. Demak, 
birínchi xulosani
«Bizga chinakam iste’dodlarning ilhom 
bilan yaratgan asarían kerak» tarzida ifodalash mumkin.
Badiiy asar - juda murakkab hodisa, konkret asarni 
hammaning birdek tushunishi, birdek sevishi va unga bir- 
dek qimmat berishi mumkin emas. Ayíaylik, o'quvchi bir 
paytlar o'qiganida deyarli e’tiborini tortmagan she’r vaqti 
kelib uni yondirib yuborishi hech gap emas. Shuningdek, 
shu o'quvchining yuragiga o‘t yoqqan she’rga boshqa 
o‘quvchi mutlaqo e’tiborsiz qarashi ham mumkin. Nihoyaí, 
badiiy asar tubsiz ummon misoli: yuzasida yurgan nari 
borsa mavjlar-u jozib qudraíni ko'rar, biroq uning tubida 
olam-olam sir-sinoatlar yashirin, tubida-da butun boshli 
bir hayot kechadi. Demak, 
ikkinchi xulosa
shuki, kimdir bu 
ummonning yuzasidagina suzadi, kimdir sayozroq, kimdir 
chuqurroq sho‘ng‘iydi, bas, chinakam isíe’dod ilhom bilan 
yaratgan asar bir paytning o‘zida turli toifalarga - ham om­
maga, ham xoslarga mo'ljallangan bo‘ladi.

Yüklə 8,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin