Dilmurod Quronov adabiyot nazariyasi


www.ziyouz.com kutubxonasi ADABIY ASARDA SHAKL VA MAZMUN



Yüklə 8,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/179
tarix29.11.2023
ölçüsü8,8 Mb.
#169675
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   179
Dilmurod Quronov. Adabiyot nazariyasi asoslari (2018)

133
www.ziyouz.com kutubxonasi


ADABIY ASARDA SHAKL VA MAZMUN
Shakl va mazmun tushunchalari haqida. Adabiy asarda
shakl va mazmun birligi. Adabiy asarda shakl va maz-
munning o‘zaro muvofiqligi badiiyatning muhim sharti
sifatida. Shakl va mazmun unsurlari tasnifi masalasi.
Adabiy asarning qismlardan tarkib topgani, bir-birini ta- 
qozo etuvchi va uzviy aloqadagi bu unsurlar turfa munosa- 
batdorlikda ekani yuqorida aytildi. Ayni shu aloqa-munosa- 
batiar tufayli g‘oyat murakkab tarkibli, ko‘p qirrali, ko‘p sathli 
hodisa bo‘lmish sistem butunlik - adabiy asar voqe boladi. 
Murakkabligi bois ham adabiyotshunoslikda adabiy asar 
tarkibi va qurilishi haqida íurlicha qarashlar, tarkib unsurla- 
rining turlicha tavsif va tasniflariga duch kelamiz.
Mutaxassislar adabiy asar tarkibini tizim sifatida o‘rga- 
nish uchun asos qilib oladigan tushuncha va istilohlar 
ham bir xil emas. An’anaviy ravishda bunday asos sifatida 
«shakl» va «mazmun» juftligini olish keng ommalashgan 
va ko'pchilik tomonidan e’tirof etilgan. Adabiyotshunoslikda, 
shuningdek, «shakl» va «mazmun» tushunchalarini adabiy 
asarga nisbatan qo'llash o'rinsiz, umuman ortiqcha deguv- 
chilar ham, ularning o'rniga boshqa tushunchalarni asos 
qilib olishni taklif etuvchilar ham bor. Jumladan, rus formal 
maktabi vakillari adabiyotda «mazmun» tushunchasi ortiq­
cha, «shakl» o‘rnida esa «material» tushunchasini qollagan 
ma’qulroq degan fikrni olg‘a surishgan. Yoki mashhur adabi- 
yotshunos Y.M.Lotman ham «shakl» va «mazmun» juftligini 
biryoqlama dualistik deb biladi va ularni mohiyatan monis- 
tik bolmish «struktura» va «ideya» tushunchalari bilan al- 
mashtirishni ma’qul ko'radi. Boshqa strukturalistlar bu kate- 
goriyalarni yana «belgi» va «ma’no» tarzida almashtirishga
134
www.ziyouz.com kutubxonasi


moyil bolsalar, poststrukturalistlar «tekst» va «mazmun» 
tushunchalari bilan ish ko'rishni afzal biladilar.
Adabiyotshunoslikda badiiy asar «shakl» va «mazmun» 
tarzida ikki asosga emas, uch asosga quriladi degan qarash 
ham mavjud. Bunday qarash kurtaklari harn antik davrlar- 
ga borib taqalsa-da, uni ilmiy jihatdan asoslagan holda fan- 
ga A.A.Potebnya olib kirgan, keyinchalik uning shogirdlari, 
davomchilari tomonidan rivojlantirilgan. Unga ko‘ra, san’at 
asarining uch jihati bor: 
tashqi shakl, ichki shakl va mazmun.
Adabiyotga tatbiqan olinganda bu mos ravishda 
so‘z, obraz
va g'oya
demakdir. Bundan tashqari, fenomenologik adabi- 
yotshunoslik vakillari (R.lngarden, N.Gartman) tomonidan 
taklif etilgan adabiy asarga ko‘p sathli hodisa sifatida qarash 
ham mavjud. Sirasi, ikki asosli va ko‘p sathli yondashuvlar 
bir-birini inkor qilmaydi, aksincha, ular bir-birini toldiradi. 
Zéro, strukturasiga ko'ra adabiy asar ko‘p sathli, biroq uning 
mavjudligi hamisha ikki tomonli: oldingi plani - biz hissiy 
idrok etadigan predmetlilik (shakl), orqa plani - mohiyatida 
esa muayyan mazmun botindir.
Tushunarliroq bolishi uchun umumiydan xususiyga 
borish ma’qulroq ko'rinadiki, avval bilish bilan bogliq uni­
versal tushunchalar sanaluvchi «shakl» va «mazmun»ga 
qisqacha to'xtalib o'tish maqsadga muvofiq. Voqelikda 
mavjud narsalarning bari o'zining tashqi ko'rinishi (shakli) 
va shu shakl orqali anglashiiayotgan mohiyatiga (mazmun) 
ega. Shu sababli ham «shakl» va «mazmun» kategori- 
yalari umumfalsafiy xarakterga ega bo'lib, ular voqelikni 
(narsa-hodisani) idrok qilishda muhim ahamiyatga molik il­
miy abstraksiyalar sanaladi. Abstraksiya deyilishining boisi 
shuki, shakl va mazmun qabilidagi bolinish shartli, negaki, 
ular - yaxlit bir narsada har vaqt birlikda mavjud bolgan 
va bir-birini taqozo etadigan ikki tomon. Zéro, shakl nar- 
saning biz bevosita ko'rib turgan, his qilayotgan tomoni 
boisa, ayni shu shakl bizga o'sha narsaning nima ekanligi- 
ni - mazmun-mohiyatini anglatadi. Masalan, qarshimizda
135
www.ziyouz.com kutubxonasi


stul turgan bo'lsa, biz uning shaklini ko'ribgina «stul», ya’ni 
«
0
‘tirish uchun mo'ljallangan moslama» deb ayta oiamiz. 
Stulga xos bo‘lgan tashqi koYinish uning shakli bolsa
mazmuni shu shakl ifodalayotgan «o'tirish uchun moljal- 
langan moslama» ekanligidir. Ko'ramizki, shakl mazmun- 
ni ifodalaydi, mazmun esa muayyan shakldagina realla- 
shadi, mavjud bola oladi. Deylik, o‘sha stulning shaklini 
parokanda qilsak - qismlarga ajratib yuborsak, shaklning 
yo'qolishi bilan mazmun ham yo‘qoladi, zero, endi narsa- 
ning o‘zi ham mavjud emas. Demak, mazmun muayyan 
shakldagina yashaydi, shaklsiz mazmun bolmaganidek
mazmunsiz shakl ham mavjud emas.
Shakl va mazmun munosabati haqida so‘z borganda 
mazmunning yetakchiligi, uning shaklni belgilash xususi- 
yati haqida aytiladi. Darhaqiqat, ikkilamchi tabiat (inson 
tomonidan yaratilgan narsalar)ga nazar solinsa, buni yaq- 
qol ko'rish mumkin bo'ladi. Misol uchun, yana o‘sha stulni 
olaylik. Yuqorida ko'rganimiz «o'tirish uchun mo'ljallangan 
moslama» degan mazmun yasalajak buyumning para- 
metrlarini belgilaydi: baiandligi, kengligi, suyanchiqqa ega 
bolishi, o‘tirg‘ichning old tomoni biroz ko‘tarilgan bolishi 
va hokazo. Ya’ni bu o'rinda shaklning mazmunga mu- 
vofiq bo'lishi talab qilinadi. Tasavvur qilingki: usta stulning 
oyoqlarini bir yarim metrdan qilib yasadi, natijada o‘tirg‘ich 
kishining yelkasi barobarturibdi; yoki o‘tirg‘ichning kattaligi 
shapaloqdek bo‘lsin. Albatta, har ikkala holda ham shakl- 
ning mazmunga nomuvofiqligi yuzaga keladiki, oqibatda 
buyum 
0
‘zining qimmatini yo'qotadi. Mazmun 
0
‘zgarishga, 
yangilanishga moyil bolgani holda, shakl konservativlik 
xususiyatiga ega, ya’ni o‘zgarishga u qadar moyil emas
shakldagi o‘zgarishlar juda sekin kechadi. Aytaylik, «
0
‘ti­
rish uchun mo'ljallangan moslama» degan mazmunga 
«bolalarning» aniqlovchisi qo'shilsa, shakl parametrlari 
o'zgaradi, stul kichikroq yasaladi. Endi unga «go‘dak- 
larning» aniqlovchisini qo‘shsak, shaklga yana biror-bir
136
www.ziyouz.com kutubxonasi


qo'shimcha, masalan, go'dakni yiqilib tushishdan saqlov- 
chi oíd to‘siq qo'shiladi. Biroq, shunisi borki, barcha hollar- 
da ham «o'tirish uchun mo'ljallangan moslama» o‘zining 
asosiy shakl ko'rsatkichlarini saqlab qolaveradi.
Boshqa har qanday narsa singari badiiy asar ham shakl 
va mazmunning yaxlit birligidir. Shuning uchun «badiiy 
shakl», «badiiy mazmun» degan tushunchalarning atigi il- 
miy abstraksiyalar ekanligini unutmasligimiz kerak. Ya’ni biz 
yaxlit butunlik - badiiy asarni atroflicha tahlil qilish, bu ishni 
osonlashtirish maqsadidagina shu xil shartli bolishga yo‘1 
qo’yamiz. Aslida esa, yuqorida ham aytdik, shakl mazmun- 
siz, mazmun esa shaklsiz mavjud bolmaydi. Zero, badiiy 
shakl badiiy mazmunning biz qabul qilayotgan mavjudligi 
bo‘lsa, mazmun o'sha shaklning ichki ma’nosi, mag'zidir.
Badiiy asarda shakl va mazmun o‘zaro dialektik aloqa- 
da bo'lib, ular blr-birini taqozo qiladi, bir-biriga ta’sir qiladi, 
bir-biríga o'tadi. Badiiy shakl bilan badiiy mazmun munosa- 
batida ham mazmun yetakchiroq mavqega ega bo'lib, u 
shaklni hosil qilishda juda faoldir. San’atkor ijodiy niyatidan 
kelib chiqqan holda bo‘lg‘usi asarning shaklini belgilaydi, 
yana ham aniqrog'i, bo‘lg‘usi asarning mazmuni uning 
shaklini belgilaydi. Masalan, jamiyatning joriy holatini badi­
iy idrok etish, u haqdagi hukmini badiiy konsepsiya tarzida 
shakllantirish va ifodalash maqsadini ko'zlagan ijodkor ro­
mán shaklini tanlaydi. Chunki ayni shu shakl ijodiy niyatda 
ko‘zda tutilgan mazmunga har jihatdan muvofiq keladi va 
o‘sha niyatning ijrosi uchun imkon beradi. Shu bilan birga, 
badiiy shakl nisbiy mustaqillikka ham ega. Deylik, har bir 
davr adabiyotida ko'pchilik ijodkorlar tomonidan qollanib 
kelayotgan, o‘quvchi omma uchun tushunarli va o'zining 
nisbatan turg'un ko'rsatkichlariga ega shakllar mavjud. 
Shunga ko‘ra, san’atkor ifodalashni ko'zda tutgan maz- 
munni o'sha shakllar doirasiga sig’dirishga intiladi. Masa­
lan, sahna uchun asar yozayotgan ijodkor uni pardalarga, 
ko‘rinishlarga boladi, syujet voqealarini ijro vaqtiga sig'di-
137
www.ziyouz.com kutubxonasi


radi, dialoglarni sahna ijrosi uchun mos holga keltiradi, 
ularni remarkalar bilan ta’minlaydi va hokazo. Shu bilan 
birga, shakl va mazmun munosabatini tushuntirish maqsa- 
di bilan keltirgan misollarimiz ijod jarayonining jo ‘n tushuni- 
lishiga olib kelmasligi kerak. Zero, aslida, ijod jarayonida 

Yüklə 8,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin