Mavzu: Mikroorganizmlarning qishloq xo’jaligida, o’simliklarni himoya qilishda qo’llanilishi
Reja: Mikroorganizmlarning qishloq xo’jaligida ahamiyati. Qishloq xo’jaligida o’simliklarni himoya qilish usullari.
Qishloq xo‘jalik mikrobiologiyasi faniga kelsak botanikadagi tuban o‘simliklar bo‘limi, agroximiyada bakterial o‘gitlar va kompost tayyorlash ishlari, dehqonchilikda almashlab ekish masalalari, tuproq agrotexnikasi va x.zo, o‘simliklar fiziologiyasida o‘simliklarning mineral oziqlanishi, anaerob nafas olish va bijgish jarayonlari o‘rtasidagi genetik boglanishni o‘rganish masalalarida mavjudligini ko‘ramiz. Bu mikrobiologiyaning soxasi, ya’ni qishloq xo‘jalik mikrobiologiyasi baliqchilik, chorvachilik soxalari bilan ham, mikrobiologiyaning yuqorida keltirilib o‘tilgan barcha tarmoqlari bilan ham uzviy boglangandir.
Endi qishloq xo‘jalik mikrobiologiyasining rivojlanish bosqichlariga kelsak, quyidagilarni Sizlarning e’tiboringizga havola qilishimiz mumkin. Mikrobiologiyaning birinchi rivojlanish bosqichi aniq ma’lumotlar to‘plami davri ya’ni morfologik davridir. Bu mayda organizmlarni ko‘rsata oladigan optik uskunalar vujudga kelgach boshlanadi. Mikroskop orqali birinchi bo‘lib mikroorganizmlarni 1676 yili Anton Van Levinchuk kuzatgan. Shungacha mikroorganizmlarni mavjudligini bilganlar, ammo ularga e’tibor berilmagan. XVIII asrning yarmida rus tadqiqotchisi M.M.Terexovskiy infuzoriyalarni o‘rganish jarayonida tajriba usulini birinchi qo‘lladi. Ch.Darvinning “Turlarning kelib chiqishi” chop etilgandan keyin.
Shunga asosan solishtirma usullardan foydalanib 1838 yilda Erenberg “Infuzoriyalar takomillashgan organizmdir” degan kitobini chiqaradi va infuzoriyalar sinfini 22ta oilaga bo‘lib, shundan 3 tasini mikroorganizmlar guruhiga kiritdi. Mikroorganizmlarni o‘rganishda tajriba usulini keng qo‘llagan fransuz mikrobiologi Lui Paster (1822-1895) ikkinchi bosqichini, ya’ni mikroorganizmlar fiziologiyasini o‘rganish davriga asos soldi.Buning sababi shu davrga kelib sanoatda, ayniqsa qishloq xo‘jaligi maxsulotlarini qayta ishlash rivojlangan edi. Vino ishlab chiqarish, pivo pishirish, ipakchilik, sut maxsulotlarini tayyorlashdan keng foydalana boshlangan davr edi. Shunda texnika rivoji bilan birga sanoat ham rivojlangan edi. Lui Paster ham sanoat mikrobiologiyasi bilan shugullanadi, maxsulotlarni termik ishlash.
Mikroorganizmlarni organik olamdagi o‘rni biz bilan va bilmagan holda juda kattadir. Chunki mikroorganizmlar xilma-xil bo‘lib ba’zilari o‘simlik olamiga taalluqli bo‘lsa, ikkinchi bir xillari hayvonot va insoniyatga taalluqlidir. Ammo, mikroorganizmlarning atmosferadagi, suvda, tuproqda, yerning chuqur qatlamlarida ham tarqalganligini, ularning butun organik va anorganik dunyo bilan munosabati juda murakkabligini hisobga olinsa uning organik va anorganik olamdagi o‘rni kattaligini bilamiz. Ko‘pchilik mikroorganizmlar biri hujayralik bo‘lib faqat mikroskop yordamida ko‘rish mumkin.
Mikroorganizmlar ichida mogor zamburuglari, achitkilar va sodda hayvonlar ancha yaxshi o‘rganilgan bo‘lib, ular uncha tashvish tugdirmaydi. Ammo, bakteriyalarning o‘rni haligacha ham aniq emas, ularning ba’zilarini bir hujayrali suv o‘tlariga o‘xshatish mumkin, lekin xlorofill yo‘q, mikroskopik zamburug o‘xshatilsa ulardan ham farqi katta, (asosan harakatchanlikda va tana takomillashuvida, axir ko‘pchilik zamburuglar misellarga ega, bakteriyalarda yo‘q va x.zo). Shuning uchun ham bakteriyalar bilan boshqa organimzlar o‘rtasidagi kelib chiqishdagi boglanish xanuzgacha to‘liq o‘rganilmagan, ammo ularning organik olamdagi o‘rni kattadir
Har bir tirik organizm xaet faoliyati uni o‘rab turga muhitning tashqi omillari bilan chambarchas boglanganidir. Bundan turli xil mikroorganizmlar ham mustasno emas. Tashqi sharoit qanchalik qulay bo‘lsa mikroorganizmlar hayot manbai ekanligini bilamiz. Mikroorganizmlar sham tomchi suyuq holatdagi suv bilan hayotdir va ko‘payishi imkoniga egadir. Mikroorganizmlar o‘sish rivojlanishiga suvda erigan moddalar konsentratsiyasi ham kuchli ta’sir etadi. Agar erigan modda kam bo‘lsa eritmani gipotonik ko‘p bo‘lsa eritmani gipertonik eritma deyiladi. Agar eritma konsentratsiyasi yrasi konsentratsiyasidan yuqori bo‘lsa, mikrob hujayrasi suvi tashqi eritmaga chiqadi, suvsizlanadi bunday xodisani plazmoliz deyiladi. Bunday sharoitda mikrob yashay olmaydi. Eritma konsentratsiyasi juda kam bo‘lsa mikrob hujayrasiga suv kiraverishidan uning qobigi yorilib ketishi mumkin, bunday xodisani plazmontez deyiladi.
Har bir tirik organizm xaet faoliyati uni o‘rab turga muhitning tashqi omillari bilan chambarchas boglanganidir. Bundan turli xil mikroorganizmlar ham mustasno emas. Tashqi sharoit qanchalik qulay bo‘lsa mikroorganizmlar hayot manbai ekanligini bilamiz. Mikroorganizmlar sham tomchi suyuq holatdagi suv bilan hayotdir va ko‘payishi imkoniga egadir. Mikroorganizmlar o‘sish rivojlanishiga suvda erigan moddalar konsentratsiyasi ham kuchli ta’sir etadi. Agar erigan modda kam bo‘lsa eritmani gipotonik ko‘p bo‘lsa eritmani gipertonik eritma deyiladi. Agar eritma konsentratsiyasi yrasi konsentratsiyasidan yuqori bo‘lsa, mikrob hujayrasi suvi tashqi eritmaga chiqadi, suvsizlanadi bunday xodisani plazmoliz deyiladi. Bunday sharoitda mikrob yashay olmaydi. Eritma konsentratsiyasi juda kam bo‘lsa mikrob hujayrasiga suv kiraverishidan uning qobigi yorilib ketishi mumkin, bunday xodisani plazmontez deyiladi.
Shuning uchun mikroorganizmlar yashaydigan muhitdagi suvlik eritma konsentratsiyasi optimal bo‘lishi lozim. Grammusbat bakteriyalar hujayrasi osmotik bosimi 3-10 –10 Paskal bo‘lsa grammanfiylarda 4-105 – 8 . 105 Pa bo‘ladi. Shuning uchun yuqori osmotik bosimli eritmalarda 9 . 106 - 107 Gf lf (15-20% Na CL eritmasida shunday osmotik bosim bo‘ladi) mikroblar yashay olmaydi. Ammo ba’zi osmofil mikroorganizmlar mogor zamburuglari, ba’zi achitqilar yuqorii konsentratsiyalik muhitda ham yashay oladilar. Tuz eritmalarining kuchli konsentratsiyasida ham hayot kechira oladigan mikroorganizmlar bo‘lib bularni galofillar ya’ni tuzsevarlar deyiladi. Tuzlangan baliq ustida rivojlangan galofillar baliq buzilishiga olib keladi va qizil rangga bo‘yaladi. Biroq spora hosil qiluvchi mikroorganizmlar. Ba’zi bir bakteriyalar stafilakoklar porativ bakteriyalari siltayoqchasi suvsizlikka ancha chidamli bo‘ladilar.
Dostları ilə paylaş: |