ligida o‘sha yillariyoq keskin qoraiandi, unga «vulgar sot-
siologizm» degan nom berildi. Sirasi, ushbu nom hodisa
mohiyatini aniq-ravshan ifodalaydi ham. Zero, birikmadagi
«sotsiologizm» so‘zi ijtimoiy hayot bilan bog‘iiqlikni ang
laisa, uni aniqlayotgan «vulgar» so'zi «siyqa», «qo'pol»,
«jo‘n» ma’nolarini ifodalaydi. Ya’ni vulgar sotsiologizm
adabiyotning tabiatiga xos ijtimoiylikni jo'nlashtirib, siyqa-
lashtirib talqin qiladi. Adabiyotga vulgar sotsiologik yon-
dashuvning mohiyati, tahlil va baholash tamoyillari uning
V.M.Friche, V.A.Keltuyala, V.F.Pereverzev kabi nazari-
yotchilari asarlarida, shuningdek, mafkuralashgan turli
proletar yozuvchilar uyushmalarining nashrlari bo‘lmish
«На литературном посту», «На посту» kabi jurnallarda
chop qilingan maqolalarda aks etgan.
Ta’kidlash kerakki, vulgar sotsiologizm badiiy adabi
yotning san’at hodisasi ekanini inkor qilish, uni mafkura
quroliga aylantirishning qo‘pol ko‘rinishi edi. Bunday deyi-
shimizning boisi shuki, garchi sho‘ro adabiyotshunosligi
vulgar sotsiologizmga o‘z vaqtida keskin zarba bergan
bo‘lsa-da, uning o‘zi ham to oxirgi kunlariga qadar bir
oyog‘i bilan shu mavqeda turdi, ya’ni mohiyatan u badi
iy adabiyotga shu xil yondashuvning «yumshoq» varianti
edi, xolos. Sho‘ro davrida yangi tuzumni, kommunistlar
Dostları ilə paylaş: