partiyasini, proletariat dohiysini u!ug‘lagan badiiy jihatdan
nochor asarlarning rag‘batlantirilib, chinakam badiiyat ho
disasi sanalgan asarlarning e’tibordan chetda qolgani, eng
yomoni, tazyiq ostiga olingani buning yorqin dalilidir.
Ko‘rinadiki, badiiy asarni o‘rganishga jazm etgan adabi-
yotshunos, avvalo, uning tabiatidan kelib chiqishi, asar-
ning shakl va mazmun jihatlarini birlikda olib tekshirishi
zarur ekan. Tabiiyki, badiiy asarni o'rganayotgan adabiyot-
shunos uning qaysidir bir jihatini diqqat markaziga qo'yishi
mumkin. Biroq shunda ham, masalan, asar shakli haqida
fikr yuritayotgan tadqiqotchi uning mazmunni uyushtirish
va ifodalash, ta’sirchanligi-yu badiiy jozibasini oshirishdagi
143
www.ziyouz.com kutubxonasi
ahamiyatini; mazmun haqida fikr yuritganda uning shaklga
qay darajada muvofiqligini nazardan qochirmasligi lozim
boladi.
Badiiy asarda shakl va mazmunning bir buíun mav-
judligi, ularni ajratishdagi shartlilik shunchalarki, adabi-
yotshunosiikda shakl va mazmun komponentlarini íasnif
qilishda hali-hanuz bir xillik yo‘q. Garchi «shakl» va «maz
mun» kategoriya sifatida qariyb ikki asr ilgari qaror íopgan
va shundan buyon o‘rganib kelinayotgan bo‘lsa-da, tasnif
masalasi hanuz íugal hal etilmagani shakl va mazmunga
ajratishdagi shartlilikni yaqqol ko'rsatib turad i. Adabiyot-
shunoslikka oid asarlarni ko'zdan kechirsangiz, ularda
shakl va mazmun komponentlari tasnifi masalasida, qaysi
unsurlarni shaklga, qaysilarini mazmunga daxldor deyish
masalasida turlichalik mavjudligiga guvoh bo'lasiz. Biz
quyida bunga ayrim misollarni keltirib o'tamiz;
1) tema, ideya, xarakter - mazmun unsurlari; syujet,
kompozitsiya, til - shakl unsurlari (L.Timofeyev);
2) obraz, syujet, kompozitsiya, ritm, til - shakl unsurlari;
tema, ideya - mazmun unsurlari (V.GuIyayev, G.Abramo-
vich);
3) tema, problema, ideya - mazmun unsurlari; syujet,
kompozitsiya, til, ritm, obrazlar sistemasi - shakl unsurlari
(Shepilova);
4) tema, g‘oya - mazmun unsurlari; obraz - ham shakl,
ham mazmun hodisasi; til, badiiy tasvir vositalari, konf-
likt, kompozitsiya, tur, janr, she’r tuzilishi - shakl unsurlari
(T.Boboyev);
5) uslub, janr, kompozitsiya, til, ritm - shakl unsurlari;
tema, tabula, konflikt, xarakterlar, badiiy g‘oya, tendensi-
ya - mazmun unsurlari; syujet ham shakl, ham mazmun
hodisasi (V.Kojinov);
6) syujet - shakl ham mazmun unsuri; tema, fabula,
obrazlar sistemasi, konflikt - ichki shakl; kompozitsiya -
tashqi shakl; g'oyaviy mazmun - mazmun.
144
www.ziyouz.com kutubxonasi
Mazkur íasniflarning hammasida ham asosli va bahsli
nuqtalarning mavjudligi shubhasiz. Shu bilan birga, agar
«shakl» va «mazmun» íarzida farqlashning o‘z¡ shart-
li ekanini etiborga oisak, qachondir hammani birdek qa-
noaílaníiradigan, hech bir savolga o'rin qoldirmaydigan
tasnif amalga oshiriíishi mumkinligiga ham ko‘z yeímay-
di. Deylik, agar syujet asardagi bir-biriga bog'liq voqealar
jami deb íushunilsa - ham shakl, ham mazmun; agar unga
voqealar orasidagi bog'lanishlar qanday amalga oshganini
ko'rsatuvchi qolip (sxema) deb qaralsa - shakl; agar shu
qolip uyushtirayotgan hayot materiali deb bilinsa - maz
mun hodisasi sifatida tasnif etilishi lozim bo'ladi. Ya’ni
tasnifning qanday bo'lishi ko‘p jihaídan masalaga yon-
dashuv bilan ham bog'liq ekan. Shunga ko‘ra, masalaga
yondashuvimizdan kelib chiqqan holda o‘z tasnifimizni
aniqlab olishimiz zarur bo'ladi. Zero, ayni tasnif faoliyati-
mizda konkret adabiy asar tarkibini qanday tasavvur qi-
lishimiz, pirovardida esa uni qanday tushunishimiz va
baholashimizni belgilaydigan muhim omillardan biridir.
Adabiy asar tarkibini tasnif etishda biz mazmunning shaki-
ni belgilovchilik xususiyati va badiiy ijod jarayoni algoritmi-
ni asos qilib olarniz. Shu asoslardan kelib chiqilsa, bizning-
cha, quyidagicha tasniflash to‘g‘ri bo'ladi:
problema, tema,
tendensiya, g ‘oya
- mazmun unsurlari;
til, ritm, obrazlar
sistemasi, syujet, konflikt, kom pozitsiya
- shakl unsurlari.
Dostları ilə paylaş: |