а\а\а6\ ча,
сЬатаэ!, ЬоэИда 1епгнп ¡г1азИда азоэ уо‘д».1
То‘д‘п, и1аг эИипюд ortidanoq «Тада1 «зуиеЬгн кепд Ш-
зИигиэЬ кегакПдт11а’ккЛаЬ до'утод гагиг»Пдт1
11
а т ау!а-
с)Лаг. ЗИипда о'хзИаэЬ, Х/.У.ХаНгеу Иат э у ^ е ^ «adabiy
азагс!а {аэуИапдап уодеа1аг эНзНаз!, уа’п1 регзопа]1агптд
такоп
ма
га то п о‘гдапзЫагк1а, Ыг-Ып ЬНап а1тазЫпиу-
Ио1а1
ма
sharoitlarda кесРшусЫ 1пауой» sifat¡da ta’riflay-
di. 11пда ко‘га, «эу^е! ер1к, dramat¡kva Пго-ер!к]апг!агп1пд
иуизМйгиусЫ азоэЬ^г.2 Ko‘r¡nadiki, Ьи o‘rinda Иат эуи]е1
ап’апаму - уодеа1аг йяплн о‘1аг<х| tushunilmoqda. БИи Ы-
1ап Ыгда, оПт эа! quyiroqda « з у и ^ Ппк turda
11
а т аИать
уаШ Ьо'ПвЫ т и т к
1
п»Ьд
1
п
1
qayd eíad¡.
0 ‘гЬек adabiyotshunoslig¡da Ьют зуи]е1п1 ап’апауу -
уодеа1агйг1т1 о‘1агод ШэИигизИ иэШуог. Jumladan, ГЭиИоп-
да ко‘га, эу^е! «asarda Ыкоуа д1Мпауо1дап уодеа», «аэаг
тагтигнда авоэ Ьо‘1дап к1сЫк уок! кайа уодеа»3 demak-
dir. и§*ог
1
а
1
^ а п farql¡ гау1з1^а, эо‘пдд! y¡llarda уагай1дап
о‘диу adabiyotlari тиаШПап Т.ВоЬоуеу E.Xudoyberdiyev
ма
ЬШплигоу э у ^е И bad¡¡ylikni Ье1дПоУсЫ xususiyaílardan
Ьт о‘1агод 1а1дт qiladilar
ма
эЬиг^ап кеПЬ chiqib БуиейШк
Ьагс11а 1и^ад1 adab¡y аэаг1агда хо8Мд1п1 ta’kidlaydilar. Вь
год и!аг Иат эуи]е1 Иад^ад1 дагаэЫапт ko‘proq ер!к
ма
dramatik аэаМаг hamda voqeaband Ппка патипа1ап аэо-
sida ifoda дИасШаг. Магкиг 1го1 syujet talqinida ап’апау|уПк
Иапиг песЬюд'Пк кисЬП ЬоЧтаап, adabiyotshunosligimizda
игл «кепд» ШэИитэМ Мат boshlanganidan dalolat beradi.
Тегггнпо1од!к chalkashl¡klardan досЫэЬ maqsadida
Ь\г
о‘д т / кигаггнг davomida «эуьуеЬ ¡з1ЛоИ!п1 boshlanishda
ЬегПдап ta’r¡fga тиуоАд, уа’т Ыг-Ыпда игу|у Ьод‘Пд Ью1-
da kechadigan, регэопа^агтпд xatti-harakatlaridan 1агк1Ь
ЬриусЫ уодеа1аг 1:шпт ma’nosida ШэИилаггиг. Ta’kidlab
’ Уэллек Р., Уоррен О. Теория литературы. - М.: Прогресс, 1978. - С.233
-2 3 4 .
2Хализев В.Е. Теория литературы. - М.: Высшая школа, 2002. - С.249.
3Иззат Султон. Адабиёт назарияси. - Тошкент: Ук;итувчи, 1986. - Б.179.
165
www.ziyouz.com kutubxonasi
aytishimiz joizki, istilohni bunday tushunishimiz syujet bar-
cha turdagi adabiy asarlarga xos degan fikrni inkor qilish
emas. Zero, lirik asarda ham o‘y-fikrlar, his-kechinmalar
rivoji borki, ular ham epik va dramatik asarlarda kuzatiladi-
gan syujetdagi kabi o'zaro bir-biriga bog'liq holda kechadi.
Faqat buni syujet bilan emas, lirik asar kompozitsiyasi bilan
bog'lab tushuntirish maqsadga muvofiq boladi deb bila-
miz. Negaki, lirik asarda kompozitsiya syujet o'rnini bosib,
o ‘y - k e c h in m a !a r n i
muayyan tartibda uyushtiradi. Ya’ni agar
epik va dramatik asarlar kompozitsiyasining o'zagini syujet
tashkil qilsa, strukturasi birmuncha sodda lirik asarda bu
funksiya ham tolaligicha kompozitsiya zimmasiga tushadi.
Mavjud darslik va qollanmalarda ko'pincha syujet-
ga Maksim Gorkiy tomonidan berilgan ta’rif keltiriladiki,
unga ko'ra, syujet «u yoki bu xarakterning, tipning tarixiy
rivojlanishi, tashkil topib borishidir». Biroq, ma’lumki, bar-
cha badiiy asarlarda ham xarakter rivojlanishda, o'sish
va shakllanishda ko'rsatilmaydi. Xususan, hikoya janri-
da xarakterlar tayyor holda beriladi, ular voqea davomi-
da rivojlanmaydi, ya’ni syujet bu o‘rinda voqeaning ichki
rivojini namoyon etadi, xolos (masalan, A.Qahhorning
«Bemor», «Anor» hikoyalari). Demak, M.Gorkiy syujetga
bergan ta’rif universal bololmaydi, u faqat ayrim tipdagi
asarlarga (masalan, «Qutlug1 qon», «Kecha va kunduz»)
nisbatangina to‘g‘ri keladi. Modomiki biz «syujet» degan-
da epik va dramatik asarlarga xos syujetni nazarda tu-
tar ekanmiz, unda syujetning asardagi «bir-biriga bog'liq
voqealar tizimi» yoki «konkret holat, bitta voqeaning ichki
rivoji» sifatida tushunilgani to‘g‘riroq boladi. Ayni chog'da,
syujet tizimi davomida personajlar xarakterining ochilishi,
shakllanishi ham bor narsa. Faqat bunga syujetning badi
iy asardagi funksiyalaridan biri sifatida qarash lozim, uni
syujetning mohiyati sifatida tushunish xatodir.
Syujetning badiiy asardagi funksiyalari haqida so‘z ket-
ganda, avvalo, uning asarproblemasini badiiy tadqiq etish-
166
www.ziyouz.com kutubxonasi
ga imkon beradigan hayot materialini uyushtirib berishini
aytish kerak. Shunday ekan, syujet asarda mavzuni shakl-
lantirgani holda, uning qanday bolishi muallifning ijodiy
niyatiga bog'liq bolib qoladi. Masalan, A.Qodiriy « 0 ‘tkan
kunlar» uchun tanlagan syujetda Otabekning Toshkent-
dan, Kumushning Marg'ilondan boTishi - ijodiy niyat ijrosi
uchun eng maqbul (optimal) variant. Negaki, romanning
o‘zagi bo‘lmish «ishqiy-maishiy» syujet chizig‘i voqeala-
rining Toshkent - Marg'ilon orasida kechishi yozuvchiga
o‘zini o'ylatgan problemalartadqiqi uchun zarur voqealarni
asarga olib kirish imkonini beradi. Jumladan, Otabekning
dor ostiga borishi, Toshkent isyoni, qipchoq qirg'ini kabi
voqealar asarga hech bir zo‘rakiliksiz, o'quvchi xayolini
band etgan Otabek-Kumush liniyasiga uzviy boglangan
holda olib kiriladi va, muhimi, ular adibga o'zini o'ylatgan
shaxs erki, millat erki, millat taqdiri muammolarini atrofli-
cha badiiy tadqiq qilish, bu boradagi fikrlarini ifodalash im
konini yaratadi. Ko'rinadiki, syujetning badiiy asardagi eng
muhim funksiyasi badiiy konsepsiyani shakllantirish va ifo-
dalashga xizmatqilishida namoyon bo‘larekan. Ikkinchi to-
mondan, o'sha konsepsiyani o'quvchi syujet voqealariga,
undagi turfa evrilishlarga qiziqqan, hamdard o'laroq qahra-
monlartaqdiriga kuyungan holda qabul qildi. Ya’ni adib o‘zi
badiiy obrazlar yordamida anglagan haqiqatlarni «huzur-
lantirib ta’lim berish» aqidasiga muvofiq ifodaladi. Demak,
syujet o'quvchini o‘ziga jalb etuvchi jozib kuch ham ekanki,
buni uning yana bir muhim badiiy-estetik funksiyasi o'laroq
tushunish lozim.
Adabiyotshunoslikda «syujet» bilan bir qatorda «fabu
la» istilohi ham borki, ularni qo'llashda turlichalik bartaraf
etilmagan. Avvalo, o‘z vaqtida Aristotel «fabula» (yunon-
cha «mif» so'zining lotincha tarjimasi «fablio»dan) istilohi-
ni «syujet» ma’nosida qo'llagan. To XIX asr oxiriga qadar
bu ikki istiloh mutlaq sinonim sifatida ishlatilgan bo'lsa,
XX asr boshlaridan syujetning chuqur tadqiq etila bosh-
167
www.ziyouz.com kutubxonasi
lanishi bilan ular farqlana boshladi. Xususan, rus forma!
maktabi vakillari «fabula» deganda asarda tasvirlangan
voqealarning hayotda yuz berish tartibini, «syujet» degan
da esa ularning asarda joylashtirilish tartibini tushunadi-
lar. Voqealarning hayotda yuz berish tartibi bilan ularning
asarda joylashtirilish tartibini farqlash badiiy asar qurilishi-
ni o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etadiki, bunga amin
bo'lish uchun yana « 0 ‘tkan kunlar»ga murojaat etamiz.
Ma’lumki, adabiy asarlarda ko'pincha voqealarning ha
yotda yuz berish tartibi o‘zgartiriladi. Albatta, bunda yo-
zuvchi muayyan badiiy-estetik maqsadni ko'zlaydi. Agar
voqealarning hayotda yuz berish tartibi nuqtayi nazaridan
qaralsa, « 0 ‘tkan kunlar» romani Otabek bilan Kumush-
ning tasodifiy uchrashuvi bilan boshlanishi lozim edi. Bi-
roq A.Qodiriy bu tartibni o‘zgartirib, uni birinchi bo'lim
oxirida, to‘y tasviridan keyin beradi. Bu bilan adib nima-
ga erishadi? Romanning ilk sahifasidanoq Otabekning
xatti-harakatlarini diqqat bilan kuzatgan, Rahmatjon va
Homid bilan karvonsaroydagi suhbatda qutidorning qizi
tilga olinishi bilan allanechuk bezovtalanganini sezgan,
Hasanali bilan birga oshiq bekning uyqusida alahlashlari-
ga guvoh bo‘lgan, qutidorning qiziga unashtirilganini eshit-
ganda «qaysi qiziga» deya bezovtalanganini ko'rgan
o'quvchi buning sababini, sababchisini bilishga intiladi,
asarni yanada sinchiklab
0
‘qiydi, unga butun vujudi bilan
boglanib qoladi. Rivoyadagi «sirlilik» o'quvchi Kumush-
ning xatti-harakatlarini, uning o‘ychanligi-yu ariq suvi bilan
sirlashishlarini, qizlar majlisidagi bo‘zlashlarini kuzatganda
yana bir baxya ortadi. Nihoyat, Kumushning «Siz o‘sha-
mi?» degan hayrat to‘la so'zlarini eshitgach o'quvchi dili-
dagi taxmini to‘g‘ri chiqqaniga amin boladi, qoniqish hosii
qilib turgan payti adib ham o‘sha tasodifiy uchrashuvdan
so‘z ochadi. Ko‘ramizki, yozuvchi voqealarning syujetdagi
tartibini o'zgartirish bilan o‘quvchining ijodiy faolligini oshi-
radi, uni qahramonlar ruhiyatiga yaqinlashtiradi, asarning
168
www.ziyouz.com kutubxonasi
joziba$¡-yu ía’sir kuchini oshiradi. Endi tasavvur qiiingki,
voqealar hayotda yuz berish tartibida berilgan bo‘lsin-da,
asar ariq bo'yidagi tasodifiy uchrashuvdan boshlansin. Ta-
biiyki, bu holda yuqorida sanalgan badiiy samaralaryo‘qqa
chiqqan bo'lur edi.
Ko'rib o‘ti!gan misoldan ayori boladiki, fabula voqealar-
ning íabiiy oqimi bolsa, syujet ularning muayyan maqsad-
ga muvofiq qayta tartiblangan, ya’ni badiiy qayta ishian-
gan shaklidir. Mazkur holni istiiohda aniq ifodalash uchun
ayrim manbalarda «syujet kompozitsiyasi» atamasining
qo'llangani bejiz emas.1 Ya’rii bunda ham voqealarning
hayotda yuz berish tartibi bilan ularning asarda joylashti-
rish tartibi farqlangani holda, «fabula» atamasidan voz
kechiladi. Muhimi, «syujet kompozitsiyasi» atamasi syu-
jetni tor, ya’ni fabulaga zid o'laroq, asarda voqealarning
joylashtirilish tartibi debgina tushunishdan saqlaydi. Zéro,
bu tushuncha syujet voqealari bilan integrativ aloqadagi
yondosh voqealarni ham tola o‘z ichiga oladi. Shu o‘rin-
da B.Tomashevskiyning: «Asar fabulasini aytib berayotib
darhol anglaymizki, rivoya uzluksizligiga putur yetkaz-
magan holda nimani tushirib qoldirsa bo‘ladi-yu nimani
voqealar orasidagi sababiy aloqalarni buzmagan holda
tushirib bolmaydi»2, - deganini eslash joiz. Darhaqiqat,
shunday. Syujet kompozitsiyasi esa o‘sha tushirib qoldir
sa boladigan voqealarni ham butunlikka biriktirgan holda
muayyan mazmunni ifodalashga xizmat qildiradi. Dey-
lik, « 0 ‘tkan kunlar»dagi Otabekning bo‘zaxonaga borishi
yoki Mingo'rikka saylga chiqishi fabula nuqtayi nazaridan
muhim emas - tushirib qoldirilishi mumkin. Biroq syujet
kompozitsiyasi nuqtayi nazaridan ular muhim, chunki ikkisi
ham Otabekning hijrondagi ruhiy holatini: biri «umidli dun-
1 Введение в литературоведение / под. ред. Г.И.Поспелова. - М.: Высшая
школа, 1 9 8 8 .-0 .1 9 9 .
2 Томашевский Б.В. Теория литературы. Поэтика. - М.: Аспект Пресс,
1996.- С . 183.
169
www.ziyouz.com kutubxonasi
yo» deya o'zini ovuígan, ikkinchisi esa «biri kam dunyo»
deya o‘kingan onlarini - ikkisi birlikda esa uning shu ikki o‘t
orasida o‘rtanib yashagani ikki yillik umrini umumlashtirib
ifodalaydi.
Adabiy asar syujeti personajlarning «harakat»laridan
tarkib topadi. Ma’lumki, «harakat» so‘zi keng ma’noda vaqt
birligi davomida kechuvchi har qanday jarayonni anglata-
di. So'zning biz ishlaíayotgan maxsus ma’nosi ham mohi-
yatan shunga yaqin: «harakat» istilohi ostida personajlar
ning makon va zamonda kechuvchi xatti-harakatlari ham,
ruhiyaíidagi o‘y-fikrlar, his-kechinmalar rivoji ham tushuni-
ladi. Demak, «harakabning o‘zi ikki turli ekan. Shundan
kelib chiqib ushbu harakat tiplaridan qaysi biri yetakchilik
qilishiga qarab syujetning ikki turi ajratiladi:
a) «tashqi harakat» dinamikasiga asoslangan syujetlar;
b) «ichki harakat» dinamikasiga asoslangan syujetlar.
Tashqi harakat dinamikasiga asoslangan syujetlarda
personajlarning muayyan maqsad yolidagi xatti-harakat-
lari, kurash va to‘qnashuvlari, hayotidagi burilishlar tasvir-
lanadi, shu asosda ularning taqdirlarida, ijtimoiy mavqeyi-
da muayyan o'zgarishlar yuz beradi. Sodda qilib aytsak,
bu xil syujetli asarlarda voqea tolaqonli tasvirlanadi, u o‘z
holicha ham badiiy-estetik qimmat kasb etadi. Kelib chiqi-
shi jihatidan syujetning bu turi qadimiyroq, xalq og‘zaki
ijodidagi sehrii ertaklar, rivoyatlar, dostonlar, shuningdek,
mumtoz she’riyatimizdagi dostonlarning ham shu xil syu-
jetga egaligi buning yorqin dalilidir. Zamonaviy o'zbek
nasrida ham syujetning bu tipi kengroq tarqalgan: « 0 ‘tkan
kunlar», «Mehrobdan chayon», «Kecha va kunduz»,
«Qutlug‘ qon», «Sarob» - bularning barida tashqi harakat
dinamikasi yetakchilik qiladi. Ayni paytda, bu asarlarda
«ichki harakat» dinamikasi ham kuzatiladi, biroq u mavqe
va salmoq jihatidan syujet tipini belgilashga ojizlik qiladi.
Syujetning ikkinchi tipiga asoslangan asarlar adabiyo-
timizda ancha keyin, 80-yillardan maydonga kela boshla-
170
www.ziyouz.com kutubxonasi
di. Hozircha syujetning mazkur navi nasrning kichik shakl-
larida, shuningdek, bir qator dramatik asarlar (masalan,
Sh.Boshbekovning «Taqdir eshigi», «Eshik qoqqan kim
bo'ldi» pyesalari)da sinab ko'rildi. Xususan, A.A’zamning
«Bu kunning davomi», «Asqartog1 tomonlarda» nomli qis-
salarida voqealar o‘z holicha emas, personaj ruhiyatida-
gi jarayonga turtki berishi jihatidan ahamiyat kasb etadi.
Natijada asar davomida personajlar hayotida, taqdirida
yoki ijtimoiy holatida emas, ko’proq ularning ruhiyatida
burilishlar, o'zgarishlar sodir boladi, syujet shu burilish va
o'zgarishlar silsilasidan tarkib topadi.
Badiiy asarda tasvirlangan voqealar bir tizimga bog'la-
nar ekan, ular orasida asosan ikki turli munosabat kuzati-
ladi. Syujetdagi voqealarning o'zaro munosabatiga ko‘ra
xronikali va konsentrik syujet turlari ajratiladi. Xronikali
syujet voqealari orasida vaqt munosabati (A voqea yuz
berganidan so'ng B voqea yuz berdi), konsentrik syujet
voqealari orasida esa sabab-natija munosabati (A vo
qea yuz bergani uchun B voqea yuz berdi) yetakchilik
qiladi. Kelib chiqishiga ko'ra xronikali syujetlar qadimiy-
roq sanaiadi. Xronikali syujet qahramon taqdirini davriy
izchillikda, uning xarakterini rivojlanishda ko'rsata olishi
jihatidan ustunlik qiladi. Shu bois ham katta epik asarlarda
ko'proq xronikali syujet qo'llanadi. Syujetning mazkur turi
epik ko'lamdorlikni ta’minlashga ham katta imkon yaratadi.
Zero, bunda asosiy syujet bilan yondosh holda yordamchi
syujet chiziqlarini ham yurgizish, juda katta hayot materi-
alini qamrab olish imkoniyatlari mavjud. Xronikali syujetda
asarning «badiiy vaqt»i istalgancha kengaytirilishi mumkin:
unda «parallel vaqt»da kechayotgan voqealarni tasvirlash,
retrospeksiya usulidan - zamonda ortga qaytish usulidan
foydalanish imkoniyatlari ancha keng. Shuningdek, xroni
kali syujetga qurilgan asarga syujetdan tashqari unsurlar,
muallif mushohadalari, tafsilotlarni tabiiy ravishda kiritish,
ularni badiiy matnga singdirib yuborish mumkin. Mazkur
171
www.ziyouz.com kutubxonasi
xususiyatlarni, masalan, S.Ayniyning «Qullar», Oybekning
«Navoiy», P.Qodirovning «Yulduzli íunlar» romanlarida ku-
zatish mumkin bo'ladi.
Konsentrik syujet voqealari bitía asosiy voqea tegrasi-
da aylanishi bilan xarakterlanadi. Xronikali syujetdan farq
qilaroq, bunda voqeaíar orasida sabab-natija munosabati
yetakchilik qiladi. Sababi, konsentrik syujet konflikt asosi-
da syujetning shiddat bilan rivojianishini, uning yechimga
tomon intilishini taqozo qiladi. Syujetning bu turi badiiy
asar qurilishining mukammal, asarning o'qishli va qiziqarli
bo’lishiga imkon beradi. Ya’ni bu xil syujet o'quvchi diqqa-
tini bitta nuqtada tutib turadi, o‘qish jarayonidagi faolligini
oshiradi. Buning yorqin misoli sifatida detektiv asarlarni
ko'rsatish mumkin. Detektiv asarlarning aksariyatida syu
jet voqealari konkret hodisa atrofida aylanadi, o‘quvch¡
xayolini shu hodisaning sabablarini, qay tarzda yuz ber-
ganini bilish istagi egallaydi, bu savollarga o'zicha javob
izlaydi, o‘zi topgan javobning qay darajada to‘g‘riligini bil-
moqchi boladi - bularning bari o‘quvchini asarga boglay-
di-qo‘yadi. Konsentrik syujet nisbatan qisqa vaqt ichida
kechgan voqealarni qamrashi, yondosh syujet chiziqlarini
kiritish imkoniyatlarining kamligi bilan ham xarakterlanadi.
Sanalgan xususiyatlar O.Yoqubovning «Muqaddas», «Bir
felyeton qissasi», «Billur qandillar», «Ulug‘bek xazinasi»
kabi asarlari misolida yaqqol kuzatiladi.
Aytish kerakki, syujetlar yuqoridagicha ikki turga ajratil-
sa-da, konkret asarda bu ikki turga xos xususiyatlar ko'proq
aralash holda zuhur qiladi. Zero, xronikali syujet voqealari
orasida sabab-natija (oldin yuz bergan voqea keyin yuz
bergan voqeaga qisman sabab bolib keladi) munosabati,
konsentrik syujet voqealari orasida esa vaqt munosaba
ti (natija sababdan keyin keladi) kuzatilishi tabiiy. Demak,
konkret asardagi syujet tipini belgilashda mazkur muno-
sabatlarning qaysi biri yetakchi mavqega egaligi e’tiborga
olinishi lozim. Ba’zan esa asarda har ikki tipdagi syujet
172
www.ziyouz.com kutubxonasi
xususiyatlari uyg‘un holda namoyon bo'ladi va ayni shu
uyg'unlik uning jozibasini ta’minlagan muhim omilga ayla-
nadi. Xususan, A.Qodiriyning «O'tkan kunlar», Cho'lpon-
ning «Kecha va kunduz» romanlarida shu xil uyg'unlik
ko‘riladi. Ularda xronikalilik yetakchi bo‘lgani hoida, kon-
sentrik syujet xususiyatlaridan ham maksimal foydalanil-
ganki, bu o'rinda qorishiqlik har ikki tipga xos eng yaxshi j¡-
hatlardan foydalanish asosida asarning badiiy mukammal
bo'lishiga xizmat qiladi.
Badiiy asar syujeti ekspozitsiya, tugun, voqea rivoji,
kulminatsiya, yechim singari unsurlardan tarkib topadi.
Ekspozitsiya syujetning boshlanish qismi bo'iib, o'quvchi-
ni asar voqealari kechadigan joy, ularda ishtirok etuvchi
personajlar, asar konflikti yetilgan shart-sharoitlar bilan
tanishtiradi. Aytish kerakki, ekspozitsiya hajm e’tibori bilan
turlicha bolishi va asarning turli oYinlarida kelishi, ba’zan
umuraan tushirib qoldirilishi mumkin. Masalan, «Mehrob-
dan chayon»da ekspozitsiya juda katta o‘rinni - xondan
sovchilar kelgunga qadar bo'lgan epizodlarni o‘z ichiga
olsa, «Qutlug' qon»da u juda qisqa va tugundan keyin beri-
ladi, «Qo‘shchinorchiroqlari»da esa ekspozitsiya umuman
tushirib qoldiriladi.
Tugun asar voqealarining boshlanishiga turtki bo‘lgan
voqea, asar konflikti qo'yilgan joydir. Ekspozitsiyadan farqli
o'laroq, tugun syujetning zaruriy elementi sanaladi, ya’ni u
syujetda har vaqt hozirdir. Faqat ayrim hollarda, xususan,
ba’zi xronikali syujetlarda, shuningdek, «ichki harakat» di-
namikasi asosidagi syujetlarda u yetarlicha bo'rtib ko‘zga
tashlanmasligi mumkin. Tugun, odatda, asarning boshi-
da, ekspozitsiyadan keyinoq beriladi. Ba’zan muayyan
badiiy-estetik maqsadni ko'zda tutgan holda uning o'rni
o'zgartirilishi ham (masalan, «O'tkan kunlar» romanida
Otabek bilan Kumushning dafatan uchrashib qolishi -
asarning tuguni, biroq bu voqea birinchí bo‘lim nihoyasi-
da bayon qilinadi) mumkin. Shunisi ham borki, ba’zi katta
173
www.ziyouz.com kutubxonasi
hajmli asarlar syujetida bir emas, bir nechta tugunga duch
kelishimiz ham mumkin. Jumladan, « 0 ‘tkan kunlar»da.
Birinchi qismdagi tugun bo‘lmish
Dostları ilə paylaş: |