Dilmurod Quronov adabiyot nazariyasi



Yüklə 8,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/179
tarix29.11.2023
ölçüsü8,8 Mb.
#169675
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   179
Dilmurod Quronov. Adabiyot nazariyasi asoslari (2018)

mazmunining salmoqdorligi,
l.Sultonga 
ko‘ra, «unda inson uchun, million-million kishilar uchun
1 H33aT CyjiTO H. A fla 6 n ë T H a 3 a p n flc n . - T
o lu k g h t
: ŸKMTyBHH, 
1986. - E. 12 5-1 37.
158
www.ziyouz.com kutubxonasi


muhim bo'lgan g'oyalarning mavjudligi» bilan belgilana- 
di. Darhaqiqat, chinakam badiiy asarda, uning katta yo 
kichikligidan qat’i nazar, bashariy qimmatga molik mazmun 
yotadi. Buning uchun ko‘p narsa talab qilinmaydi: ijodkor 
chinakamiga his etolgan narsanigina yozishi, chinakam 
his etmoq uchun esa el ichida to‘laqon!i yashamog‘i kerak. 
Shugina shart bajarilsa, yozganlari atrofidagilar uchun, 
demakki, bani bashar uchun qimmat kasb etaveradi. Bi- 
roq, afsuski, sho‘ro davrida mazmunning salmoqdorligi 
kommunistik g'oyalarga nechoglik mos yoki mos emasligi 
bilan belgilangan, ya’ni mazmunning ijtimoiy salmoqdorli­
gi ko‘proq e’tiborga olingan. Tabiiyki, bu xil yondashuvda, 
masalan, individ taqdiri, individning kechinmalari (badiiy 
umumlashma kuchidan qat’i nazar) salmoqdor hisoblan- 
masligi xavfi tug'iladi. Shu tufayli ham sho‘ro adabiyot- 
shunosligida, masalan, shaxsiy kechinmalar tasvirlangan 
«ko'ngil she’riyati»ga yoxud shaxsiy hayot bilan bog'liq 
mavzular qalamga olingan asarlarga past nazar bilan 
qaraigan. Aksincha, xalq ommasining kurashi yoki ulkan 
zarbdor qurilishlar aks etgan epik polotnolar-u lirik «biz» 
tilidan yangragan manzum shior-u chaqiriqiar shedevr ma- 
qomiga ko'tarilgan. Demak, bu xil yondashuv nomaqbul, 
u muqarrar tarzda vulgar sotsiologizmga yetaklaydi. Hol- 
buki, mazmun salmoqdorligini ta’min etuvchi omillar aniq: 
ijodkor o‘zi to'laqonli yashab turgani zaminda yetilgan 
dardni umuminsoniy qadriyatlar mavqeyidan turib ilhom 
bilan talqin qilgan asar mazmuni salmoqlidir.
Mazmunning haqqoniyligi
hayotiylik bilan bogliq ekani 
shubhasiz. Lekin uni haqqoniylikni baholashning yagona 
mezoni qilib olish ham xato bo‘lur edi. Adabiyotshunos- 
ligimizda uzoq yillar davomida badiiy asar mazmunining 
haqqoniyligi reallikka qiyosan baholab kelindi. Natijada 
ko'plab asarlar va ularning mualliflariga «hayotni buzib 
ko'rsatgan» qabilidagi ayblovlar qo'yildi. Holbuki, badiiy 
reallikning o‘z haqqoniyati bor bo'lib, bu haqqoniyat mav-
159
www.ziyouz.com kutubxonasi


jud reallikdan kelib chiqib emas, balki badiiy reailikning 
o‘zidan kelib chiqib baholanishi lozim. Muayyan g‘oyaviy 
mazmun ifodasi uchun badiiy reallik haqiqatiga zid borish 
soxtalikni keltirib chiqaradiki, u hamma vaqt o'zini badiiyat- 
ning qotili olaroq namoyon etgan. Aksincha, san’atkor ba­
diiy reallik haqiqatiga bo‘ysunib, o‘rni kelganda o‘z istagiga 
zid o'laroq uning izmiga muvoiiq qalam surgani adabiyot 
tarixida ko‘p bor qayd etilgan. Jilla qursa, Balzakni eslay- 
lik: agar badiiy haqiqat qonunlari yumshoq bo'lganida edi, 
burjuaziyani yakson qilish niyati bilan qalam surgan adib 
badiiy haqiqat talabi bilan o‘zi tarafdori bolgan monar- 
xik tartibotlar chirib bitgani-yu nafratlangani burjua bugun 
tarix sahnasida bosh rolni egallay boshlaganini bu qadar 
haqqoniy tasvirlay olmagan bo'lur edi.
Mazmunning universalligi
eng avval badiiy adabiyot- 
ning universal bilish vositasi - so‘z bilan ish ko'rishi bilan 
izohlanadi. So‘z bilan ish ko‘ruvchi badiiy adabiyot inson 
hayotining barcha jabhalarini qamragan holda badiiy idrok 
etishga intiladi va shunisi bilan bilish sohalari sirasida tom 
ma’noda universallik kasb etadi. Zero, masalan, tarix jami- 
yatning o'tmishi, sotsiologiya buguni, futurologiya kelajagi 
bilan shug'ullanadi, adabiyot esa bularning hammasi bilan 
birvarakayiga shug‘ullanadi. Shu bois ham badiiy maz­
mun bir paytning o‘zida o‘tmish, hozir va kelajakni qamrab 
olaveradi, universallik kasb etadi. Ikkinchi tomondan, ba­
diiy obrazning ko‘p ma’noli bolishi, badiiy voqelik muallif 
tomonidan anglangan mohiyatning badiiy modeli ekani va 
ayni modelning muallif ko‘rganidan o'zga hayotiy holat- 
larga ham ko‘pincha mos tushishi mazmun universalligini 
ta’minlovchi yana bir muhim omildir.
Originallik
badiiy mazmunning muhim spetsifik xususi- 
yatlaridan ekanligi shubhasiz. Biroq, agar originallik mezoni 
o'laroq har bir asarda yangi bir masala ko‘tarilishi, hayotning 
shu paytga qadar e’tibor qilinmagan tomoni qalamga olinishi 
yoki haligacha birov aytolmagan haqiqatning aks ettirilishi
160
www.ziyouz.com kutubxonasi


kabilar olinsa, tushuncha o‘ta mavhum bo‘lib, faqat subyek- 
tiv bahoga aylanib qoladi. Zéro, bu holda birov original deb 
baholagan mazmun boshqa birovga qip-qizil taqlid bolib 
ko‘rinishi tabiiy. Shunga ko‘ra, mazmun originalligi omilini 
ijodkor subyekti bilan bog'lab tushungan to‘g‘riroq bo‘ladi. 
Bu ma’nodagi originallik har bir ijodkorning alohida va be- 
takror individ ekanligi, uning o‘ziga xos qarashi, fikrlashi 
bilan bog'liq yuzaga chiqadigan yangilikdir. Ya’ni bu o‘rin- 
da muhabbat o‘zi eski narsa, lekin har bir yurak uni o'zicha 
yangilaydi qabilidagi holat nazarda tutiladi.
Nihoyat, badiiy obrazning emotsiona! va ratsional bir- 
lik ekanligi, badiiy asarda tasvir bilan birga hissiy muno- 
sabat mavjudligi 
mazmunning ta’sirdorligirii
ta’minlaydi. 
Asar mutolaasi davomida o'quvchi muallif yo personajlar 
his-tuyg‘ularini o‘ziga «yuqtiradi», ular bilan turli hayo- 
tiy vaziyatlarda yuzaga keluvchi kechinmalarni qalbidan, 
o‘y-fikrlarni ongidan kechiradiki, bular mazmun ta’sirdorligi 
natijasidir. Qadimdan badiiy adabiyotning ayni shu xossa- 
si - hamdardlik asosida o‘quvchini personajlarga hamke- 
chinma qilishi-yu shu orqali qalbini tozartirishiga ayricha 
ahamiyat berilgani bejiz emas. Zéro, adabiyotning ushbu 
zotiy xossasi o'quvchini mudom jalb etuvchi omil o'Iaroq 
uning umrboqiyligini ta’minlaydi. Negaki, boshqa hech bir 
san’at retsipiyentga bu qadar turfa his-tuyg‘ular gammasi- 
ni qalbdan kechirish imkonini bera olmaydi.

Yüklə 8,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin