Dilmurod Quronov adabiyot nazariyasi



Yüklə 8,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/179
tarix29.11.2023
ölçüsü8,8 Mb.
#169675
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   179
Dilmurod Quronov. Adabiyot nazariyasi asoslari (2018)

tasvirlangan
va 
badiiy idrok etiigan
narsa 
farqlanishi kerak» degan qarashdan kelib chiqqan holda 
birinchisini «mavzu», ikkinchisini «problema» deb atay- 
miz. Holbuki, bu yo‘sin farqlashimizda muayyan shartlilik 
bor: «problema» bilan «mavzu» bir narsaning ikki tomoni, 
ularni farqlashimiz esa o'rganishni osonlashtirish uchun, 
xolos. Zero, bir tomoni, hayot materiali problemaga mu- 
vofiq tanlansa, ikkinchi tomoni, problema o‘sha materialda- 
gina namoyon bo'ladi va uning asosida badiiy idrok etiladi. 
Haqiqatda «problema» bilan «mavzu» birligi badiiy asar
151
www.ziyouz.com kutubxonasi


mazmunining bitta qirrasi -
tematik
asosni tashkil qiladi.
Shu o'rinda yana bir narsaga aniqlik kiritib o'tish zarur. 
Gap shundaki, «hayot materiali taniab olinadi» deyishimiz- 
da ham muayyan shartlilik bor. Negaki, problemani badi- 
iy idrok etish uchun hayot materiali har doim ham asliga 
monand olinmaydi, bu ko'proq realistik yo‘nalishdagi ada- 
biyotga xos. Hayotda mavjud bo'lmagan - ijodkor xayoloti 
mahsuli bo'lmish holat yo voqea tasviri orqali ham prob­
lema badiiy idrok etilishi mumkinki, adabiyotda bunday 
asarlar ham ko‘pchilikni tashkil qiladi. Jumladan, yuqorida 
misol tariqasida keitirilgan masalda tasvirlangan «Tosh- 
baqa bilan Quyon bahsi» hayotiy emas, u ijodkor to- 
monidan muayyan hayotiy holat mohiyatini ochish uchun 
yaratilgan badiiy modeldir. Shunga o'xshash, o'zini qiyna- 
gan muammolar idroki va ifodasi uchun, masalan, J.Svift 
«Gulliverning sayohatlari»da hikoya qilgan voqealar yo- 
xud F.Kafka «Evrilish»da tasvirlagan holat ham mohiyatan 
badiiy modeldir. Xuddi shu gapni Fitratning «Qiyomat», 
N.Eshonqulning «Maymun yetaklagan odam», U.Ham- 
damning «Bir piyola suv», I.Sultonning «Qismat» hiko- 
yalari, O.Muxtorning «Ffu», A.A’zamning «Ro‘yo yoxud 
G‘ulistonga safar» romanlari va yana juda ko‘p asarlarga 
nisbatan ham aytish mumkin. Albatta, bularning hammasi- 
da andoza hayotdan olingan, ya’ni hayot-voqelik modelni 
yaratish uchun material bo'lib xizmat qiladi. Faqat har bir 
konkret modelda «aks ettirish» va «ijodiy qayta yaratish» 
amallarining nisbati turlichadir.
Asarda tasvirlangan badiiy reallik voqelikning ijodkor 
tomonidan ko‘rilgan, ideal asosida g'oyaviy-hissiy baho- 
langan va muayyan mazmunni ifodalashga mos tarzda 
ijodiy qayta ishlangan aksidir. Ya’ni badiiy asarda voqelik 
quruqqina «aks ettiril»maydi, unga muallifning g‘oyaviy-his- 
siy bahosi ham qo‘shiladi (hatto muallif o‘ta «obyektiv» 
bo'lishga intilganida ham, uning nuqtayi nazaridan ko'ril- 
gan va taqdim etilgan badiiy voqelikda ijodkor subyekti
152
www.ziyouz.com kutubxonasi


akslanaveradi). Yuqorida probíemaning o‘zida g‘oya kurtak 
holida mavjud boMishini aytdik. Demakki, hayot materialini 
tanlashdan boshlab uning qanday umumlashtirilishi, badi- 
iy voqelikda obrazlarni iyerarxik tartibda joylashtírish, ular- 
ning qiyofasini chizish, fe’l-xo‘yini ta’riflash, xatti-harakat- 
lari va ruhiyaíini tasviríash - barida muallif subyekti, u 
ifodalamoqchi bo'lgan g'oyaning ta’siri sezilib turadi. Ayni 
shu narsa asarning o'quvchi tomonidan qabul qilinishini 
boshqaradi, o'quvchini asarni muallif istagandek tushu- 
nishga yo‘naltiradi. Shu bois muallifning o‘zi tasvirlayotgan 
voqea-hodisalarga g'oyaviy-hissiy munosabati, obrazlar 
sistemasida o‘z ifodasini topuvchi problemani anglashi va 
baholashi 
tendensiya
deb yuriíiladi. Zero, «tendensiya» lo- 
tincha so‘z bo'lib, terminga uning «yo‘naltirmoq» ma’nosi 
asos bo'lgan.
Yuqoridagilardan ayon bo‘lyaptiki, tendensiya asar 
problematikasidan kelib chiqib taniangan hayot materi- 
ali talqinini muallif ko'zlagan g'oyaviy-badiiy maqsadga 
yo'naltirgan holda badiiy g'oyaga aylantirar ekan. Ya’ni 
asarda qo‘yilgan probíemaning qalamga olingan hayot 
materiali asosida idrok etilishi va baholanishidan 

Yüklə 8,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin