Dilmurod Quronov adabiyot nazariyasi



Yüklə 8,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə65/179
tarix29.11.2023
ölçüsü8,8 Mb.
#169675
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   179
Dilmurod Quronov. Adabiyot nazariyasi asoslari (2018)

karvonsaroy
va unda 
kechgan 
voqea
obrazlari Otabek bilan Homid bahsi asosi­
da 
xarakter va sharoit
obrazini yaratishga zamin yaratadi. 
Nihoyat, bularning bari asardagi eng ko'lamli obraz - ba­
diiy voqelikning muhim uzvi, detallaridir.
Epik asarda personajlar sistemasi - uiarning o'zaro 
aloqadorlikda joylashtirilishi g‘oyat muhim ahamiyat kasb 
etadi. Amaliyotda «obrazlar sistemasi» va «personajlar 
sistemasi» terminlari ba’zan sinonim o‘laroq qo'llanadiki, 
bu to‘g‘ri emas. Negaki, «obrazlar sistemasi» atamasi, 
yuqorida ko‘rib o‘tdik, asardagi barcha obrazlarni anglat- 
sa, «personajlar sistemasi» deganda shuning bir qismi -
inson obrazlari tizimigina ko‘zda tutiladi. Personajlarning 
sistemada tutgan o‘rni, zimmasidagi g'oyaviy-estetik yuk 
zalvori bir xil emas. Shu jihatdan asardagi personajlar (bu 
narsa katta epik janrga mansub asarlarda yaqqol ko‘rina- 
di) tabaqalanadi, ya’ni ular 
bosh personaj
(yoki 
bosh qah-
ramon), personaj
(yoki 
qahramon), ikkinchi darajali perso-
nay'lar va 
epizodik personajlar
tarzida bir-biridan farqlanadi. 
Bu jihatdan, masalan, « 0 ‘tkan kunlar»da Otabek - bosh 
personaj, Kumush, Yusufbek hoji, Homid va Zaynablar -
personaj, Qutidor, 0 ‘zbek oyim, Hasanali va Usta Alim -
ikkinchi darajali personajlar, qolganlari esa epizodik per­
sonajlar sifatida tasniflanishi mumkin. Albatta, bu tarzda 
tasniflash barcha epik asarlar uchun universal bo'lolmay- 
di, bas, hikoya yoki qissa personajlarini xuddi shu yo‘sin 
to‘rt pog‘onali tabaqalashga urinish o‘rinsiz. Hatto bittagina 
epizod qalamga olingan hikoya personajlarining maqomi 
bir xil - tabaqalashtirishning umuman imkoni yo‘q (mas., 
Cholpon «Taraqqiy»; S.Ahmad «Qoplon»).
186
www.ziyouz.com kutubxonasi


Katta epik asarlar personajlar sistemasining element- 
lari, odatda, mikrosistema (komponent)larga birlashadi. 
Markazida personajlardan biri turuvchi bu mikrosistemalar 
badiiy voqelikning to'laqonli bolishini ta’minlash, syujetni 
rivojlantirish, muayyan mazmunni shakllantirish va ifoda- 
lash kabi maqsadlarga xizmat qiladi. Masalan, « 0 ‘tkan 
kunlar»dagi Homid mikrosistemasi Mutai, Sodiq va Jan- 
natni o‘z ichiga olib, syujetni harakatlantirishda muhim 
ahamiyat kasb etadi. Yoki Homidning tarafkashi bo'lmish 
qo'rboshi bilan Otabek vositasida roman voqeligiga olib 
kirilgan 0 ‘tabboy qushbegi, Musulmonqul va Xudoyorxon 
yana bitta mikrosistemani tashkil qiladi. Ushbu mikrosiste­
ma markazida dastlab Musulmonqul turadi va u Yusuf- 
bek hoji, Azizbek va unga sodiqlik ontini ichgan «shahar 
xalqi»dan tarkiblanuvchi mikrosistema bilan ziddiyat hosil 
qiladi. Ayni ziddiyat ijtimoiy-tarixiy syujet chizigl voqeala- 
rini hàrakatlantiradiki, oqibatda markaziga Xudoyorxon 
chiqqan birinchi mikrosistema ikkinchisini barbod etib, 
uning o'rniga chiqqan yangi mikrosistema - qipchoqqa 
qarshi til biriktirgan Toshkent a’yonlarini o'ziga singdirib 
yuboradi. Ya’ni qipchoq qirg'ini shuning natijasidir.
Ko'rinadiki, mikrosistemadagi holat barqaror emas, 
muttasil o'zgarib turadi: uning elementlari orasidagi o‘zaro 
munosabat ham, biron-birelementining boshqa mikrosiste­
malar bilan munosabati ham o'zgarishga sabab bo'lavera- 
di. Mikrosistemada muayyan vaqt davomida saqlanuv- 
chi holat mohiyatan dramatik asardagi 
ko'rinish
kabidir. 
Ma’lumki, ko'rinish sahna epizodida ayni paytda mavjud 
ishtirokchilar tarkibi bilan belgilanadi, ya’ni personajlardan 
birining sahnadan ketishi yo boshqasining qo'shilishi bilan 
yangi koYinish boshlanadi. Dramatik asarda syujet haraka- 
ti epizodlar almashishida namoyon bolganidek, katta epik 
asarlarda voqealar rivoji va yechimga intilishi mikrosiste- 
malardagi o'zgarishlarda ko'zga tashlanadi. Shu jihatdan
187
www.ziyouz.com kutubxonasi


qaralsa, mikrosistemaning 

Yüklə 8,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin