syujet situatsiyasi
tushunchasi
bilan uzviy bog'liqligi ayon bo'ladi.
Tizimdagi personajlar orasida turli-tuman munosabat-
lar mavjud. Deylik, ayrim personajlar bajarayotgan vazifa
badiiy detal darajasida. Masaian, bir qarashda To‘ybeka
obrazi o'quvchining qutidor xonadoni, undagi turmush tar-
zini jonli tasavvur qilishiga, do‘kondor Ali esa Otabekning
sevgilisi hijronida o'tkazgan kunlari haqidagi tasavvurni
to'ldirishga xizmat qiladi, xolos. Ya’ni ikkala holda ham per
sonajlar zimmasidagi vazifani boshqa biron-bir detal ham
muvaffaqiyat bilan bajaraverishi mumkindek. Ayni chog'da,
kundalik turmush manzarasida birchizgi bo‘lish («to'ldiruv-
chilik») bilan birga ularning birinchisi Kumush, ikkinchisi
esa Otabek ruhiy holatini anglatishga ham xizmat qiladi.
Yoki syujet nuqtayi nazaridan qaralsa, Xushro'y Zaynab-
ning «ko‘zini ochadi» va bu bilan syujet voqealarining
ma’lum yo'nalishda rivojlanishiga zamin hozirlaydi. Biroq
kompozitsiya nuqtayi nazaridan qaralsa, uning bundan-da
muhim funksiyalari borligi koYiladi. Personajlar tizimida
Xushro'yning Zaynabga
zidlangani
(kontrast
), Kumush bi
lan esa
yonma-yon qo‘yilgani
(sopostavleniye
) ularni kom-
pozitsion tafakkur unsuriga, muallifning qarashi, bahosini
ifodalash vositasiga aylantiradi. Zero, ayni munosabatlar-
ning birinchisi «Zaynab tabiatan emas, sharoit taqozosi
bilan qotila», ikkinchisi esa «Toshkentga kelgan Kumush-
ning xatti-harakatlari mohiyatan Xushro‘yniki kabi» degan
fikrga boshlaydi. Shunga o'xshash, syujet rivojida muhim
oYin tutuvchi usta Alim kompozitsion nuqtayi nazardan
Otabek bilan
yonma-yon qo‘yilgan\
bu ikki personajni qi-
yosiash orqali adib o‘z zamonida g‘oyat o'tkir muammo
- «yangicha» va «eskicha» fikrlovchi odamlar haqida,
ulardan qay biri haq ekani haqida mushohada yuritadi, bu
masala yuzasidan o‘z qarashini ifodalaydi.1
1 Qarang: Куронов Д. Душманни танитган дуст // Мутолаа ва идрок машк^а-
ри,- Т.: Академнашр, 2013,- Б.3-9
188
www.ziyouz.com kutubxonasi
Ayon bolyaptiki, u yoki bu personajning asar (sistema)
dagi joyiashuvi, maqomi, boshqa personajlar bilan muno-
sabatlari unga yuklanayotgan badiiy-estetik funksiyalar
bilan, yana ham aniqrog'i, yozuvchining g'oyaviy-badiiy
niyati, ifodalash ko‘zda tutilgan mazmun bilan bevosi-
ta bog‘liq ekan. Demak, asar personajlar sistemasida u
yoki bu personaj tabiiy ravishda, ya’ni hikoya qilinayot-
gan voqealarda ishtirok etayotgani uchungina o‘z-o‘zidan
o'rinlashib qolavermaydi. Aksincha, personajlar sistemasi
muayyan reja (badiiy niyat)ga muvofiq ravishda «quriladi»,
shuning uchun ham u epik asar kompozitsiyasining muhim
komponentiga aylanadi.
Ma’lumki, badiiy asarda tasvirlanayotgan voqealar ma-
kon va zamonda kechadi, shunga ko'ra, adabiyotshunos-
likda «badiiy vaqt» tushunchasi keng qollanadi. Avvalo,
badiiy asarda tasvirlanayotgan voqealarning yuz berish
vaqti bilan ularni hikoya qilish vaqtini farqlash kerak.
Asardagi voqealarning yuz berish vaqtini «syujet vaqti»,
ularning hikoya qilinish vaqtini esa «kompozitsiya vaqti»
deb olinsa, u holda bu ikkisining har vaqt ham bir-biriga
mos kelmasligini ko‘rish qiyin emas. Chunki asar ustida
ishlayotgan yozuvchi ijodiy niyatini amalga oshirish yo‘lida
«badiiy vaqt» imkoniyatlaridan turli yo‘sinlarda foydalani-
shi mumkin. Deylik, u zaruro‘rinda asar vaqtidan chekinib,
o‘tmishda yuz bergan voqealarni tasvirlashi («retrospektiv
vaqt») mumkin. Avvalgi bobda « 0 ‘tkan kunlar» misolida
voqeaning haqiqatda yuz berish tartibini syujetda o‘zgar-
tirib berishning estetik samarasini ko‘rib o‘tdik. Retrospek-
siya deb ataluvchi bu usulning mohiyati shuki, unda yozuv
chi syujet voqeaiarini, ya’ni faqat oldinga oquvchi vaqtni
go‘yo to'xtatib qo‘yadi-da, o‘tmishda bo‘lib o‘tgan voqeani
tasvirlashga o‘tadi. Agar A.Qodiriy mazkur usulni roman-
ning bittagina o'rnida qollagan bo‘lsa, ba’zi asarlar borki,
ularning syujet qurilishida retrospeksiya yetakchi mavqe
egallab, asarning badiiy vaqtidagi va o'tmishdagi voqealar
189
www.ziyouz.com kutubxonasi
navbatma-navbat berib boriladi. Garchi syujetning alohida
turi sifatida tasnif etilmasa-da, ayrim adabiyotlarda u syujet
kompozitsiyasi nuqtayi nazaridan
Dostları ilə paylaş: |