Dilmurod Quronov adabiyot nazariyasi



Yüklə 8,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə61/179
tarix29.11.2023
ölçüsü8,8 Mb.
#169675
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   179
Dilmurod Quronov. Adabiyot nazariyasi asoslari (2018)

tasodifiy uchrashuvdan
so'ng voqealar rivojlanib borib 
to‘y
bilan yakunlanadi. 
Ayni chog'da, to'yning o‘zi keyingi voqealar rivojini keltirib 
chiqaradi-da, Otabekning dushmanlaridan o‘ch olishi bilan 
yakunlanadi. Otabekning raqibidan o'chini oliboq Tosh- 
kentga jo'nashi voqealarning keyingi rivojiga turtki berib, 
pirovardida Kumushning olim i bilan nihoyalanadi. « 0 ‘tkan 
kunlar»da syujet izchilligi qahramon bilan bogliq ta’min- 
langani uchun shu tarz «uch bosqichli» qurilishga egaki, 
bu romanga xos syujetning ko'pchiziqliligi oYnini qoplaydi. 
Bundan farq qilaroq, «Kecha va kunduz»da Akbaralining 
Zebiga sovchi qo'yishi birinchi tugun boisa, Miryoqub- 
ning Maryamga ishqi tushib qolishi ikkinchi tugunni, uning 
safarga jo‘nab ketishi esa Akbarali markaziga chiqqan 
uchinchi syujet chiziglning tugunini tashkil qiladi. Bundan 
anglashiladiki, asarda mavjud syujet liniyalarining har biri 
o‘z tuguniga ega bolishi mumkin ekan.
Tugundan keyingi voqealar zanjiri voqea rivoji deb yu- 
ritiladi. Odatda, syujet voqealari bosqichma-bosqich rivoj- 
lantirib boriladi. Asardagi voqealar rivojining eng yuqori 
nuqtasi, undagi konflikt benihoya kuchaygan oYni kulmi- 
natsiya deb yuritiladi. Masalan, «Mehrobdan chayon»- 
da Anvarning xon bilan to'qnashuvi kulminatsion nuqta 
sanaladi. Ayni shu nuqtada qahramonning muhit bilan 
ziddiyati o'zining eng yuqori darajasiga ko'tariladi va o‘z 
ifodasini topadi. Kulminatsiya endi asar voqealarining ye- 
chimga tomon intilishini, bir tomonga hal bolishini taqozo 
qiladi. Yechim syujet voqealari rivojining yakuni, ularning 
nihoyasida qahramonlar ruhiyatida, taqdirida yuzaga kel- 
gan holatdir. Yechimda konfliktli holat, qahramonlar orasi- 
dagi ziddiyatlar o'zining badiiy yechimini topadi. Biroq 
buni qoida maqomida tushunmaslik lozim. Sababi, bu xil 
yechim ko'proq makon va zamonda cheklangan syujet-
174
www.ziyouz.com kutubxonasi


larga (dramatik asarlar, shuningdek, konsentriklik darajasi 
yuqori bolgan epik asarlar) xosdir. Ko'plab asarlarda esa 
yechimdan so‘ng ham ziddiyatlar, qahramonlar taqdirida- 
gi chigalliklar hal qilinmaganicha qolaveradiki, bu o‘quv- 
chini o'ylashga, mushohada qilishga undaydi. Ya’ni bu 
holda tom ma’nodagi yechimning mavjud emasligi asar- 
ning ta’sir kuchini, o'quvchining ijodiy faolligini oshirishga 
xizmat qiluvchi usulga aylanadi. Masalan, P.Qodirovning 
«Erk», O.Yoqubovning «Matluba», «Qanot juft boladi», 
X.Sultonovning «Saodat sohili» kabi qissalarida xud- 
di shunday holga duch kelinadi. Demak, yechim asarda 
qo'yilgan konfliktning yechimi sifatida emas, balki unda- 
gi voqealar rivojining yakuni, natijasi sifatida tushunilgani 
to‘g‘riroq boladi.
Yuqorida tavsiflangan tugun, voqea rivoji va kulminatsi- 
ya syujetni tutib turuvchi asosiy unsurlar sanaladi va ular 
har qanday syujetda mavjud boladi. Ekspozitsiya bilart 
yechim esa syujetning shart bolmagan elementlari bolib, 
ularning asarda bolish yoki bolmasligi yozuvchining ijodiy 
niyati, ijodiy individualligi, badiiy tasvir va talqin yo'sini bi- 
Ian bogliqdir.
Ayrim adabiyotlarda prolog bilan epilog ham syujet ele­
mentlari sirasida ko'rsatiladi. Shuningdek, ba’zan qahra- 
monlarning asar syujet vaqtidan oldingi (oldingi tarix) yoki 
keyingi hayoti (keyingi tarix) haqida ham ma’lumot beriladi 
(yoki tasvirlanadi)ki, ular ham syujet elementlari qatorida 
sanaladi.1 Biroq bu unsurlar ham syujetga bevosita bogliq 
emas, ular ko‘proq kompozitsiyaga aloqadordir. Masalan, 
« 0 ‘tkan kunlar»dagi muqaddima, «Kecha va kunduz»dagi 
bahor tasviri - prolog, har ikkisi ham asarga kirish vazi- 
fasini o‘tab, biri o'quvchini intellektual, ikkinchisi emotsio- 
nal jihatdan asarni qabul qilishga hozirlaydi, yo‘naltiradi. 
«O'tkan kunlar»dagi Otabekning qabristonda Zaynab bi-
1 Введение в литературоведение / под. ред. Г.Н.Поспелова. - М.: Высшая 
школа, 1988.-С .2 1 1 .
175
www.ziyouz.com kutubxonasi


Ian to‘qnash kelishi yoki «Kecha va kunduz»dagi qizidan 
va shuning oqibaiida aqi-hushdan ayrilgan Qurvonbibi- 
ning ayanch holati tasviri - epilog, har ikki holda ham ular 
yakundagi emotsional zarb vazifasini o'taydi, o'quvchini 
ortiga o‘girilib, asar voqeligiga, undagi ayrim holatlarga 
bergan bahosini tahrirlashga, aniqlashtirishga undaydi. 
Albatta, asar syujeti doirasidan tashqaridagi mazkur un- 
surlarning badiiy-estetik funksiyalari aytilganlar bilangina 
cheklanmaydi. Ular muallif ijodiy niyatidan kelib chiqqan 
holda har bir konkret holatda turlicha funksiyalarni bajari- 
shi mumkinki, buni sinchkov o‘qish yoki tahlil davomidagi- 
na aniqlash mumkin.
Badiiy asar syujeti voqealardan, voqealar esa perso- 
najlarning xatti-harakatlari, o‘zaro murakkab munosa- 
batlari, ziddiyatlaridan tarkib topgani bois ham uni hayot 
ziddiyatlarini umumlashtiruvchi voqealar sistemasi sifa- 
tida ta’riflanadi. Syujet bilan konflikt orasida ikkiyoqlama 
aloqa kuzatiladi: bir tomondan, syujet konfiiktlarni umum- 
lashtirib namoyon qiladi, ikkinchi tomondan, konflikt syu- 
jetni harakatga keltiruvchi asosiy kuch sanaladi. Ko'rina- 
diki, syujet va konflikt badiiy asarda uyg'unlashadi, biri 
ikkinchisini taqozo qiladi. Konflikt 
(lot.,
to'qnashuv) degan- 
da badiiy asar personajlarining o‘zaro kurashlari, qahra- 
monning o‘z muhiti bilan ziddiyatlari, shuningdek, uning 
ruhiyatida kechuvchi qarama-qarshiliklar tushuniladi. Ba­
diiy asar voqelikni badiiy aks ettirgani va uning markazida 
inson obrazi turgani uchun ham insonning real hayotida 
mavjud konfiiktlarning bari unda badiiy aksini topadi. Shu 
nuqtayi nazardan badiiy konfliktning uchta turi farqlanadi:
1. Xarakterlararo konflikt.
2. Qahramon va muhit konflikti.
3. Ichki (psixologik) konflikt.
Aytish kerakki, konfliktning mazkur turlari badiiy asar­
da aralash holda namoyon boladi va o'zaro uzviy aloqa- 
da bo‘ladi: biri ikkinchisiga o‘tadi, biri ikkinchisini keitirib
176
www.ziyouz.com kutubxonasi


chiqaradi, biri ikkinchisi orqali ifodalanadi va b. Ya’ni qah- 
ramonning muhit bilan konflikti uning boshqa personajlar 
bilan to‘qnashuvlari, ruhiyatidagi ziddiyatli jarayonlar tas- 
viri orqali ochib beriladi. Masalan, Cho'lponning «Kecha» 
romanidagi Miryoqub - o‘z muhiti bilan ziddiyatga kirish- 
gan qahramon. Miryoqubning muhit bilan ziddiyati esa 
uning Akbarali bilan o'zaro ziddiyatli munosabatlari fonida 
yetishadi, ayni shu munosabatlar qahramon ruhiyatida­
gi murakkab jarayonga - ongidagi 
o ‘y - fik r la r
kurashiga 
turtki beradi. Konfliktning barcha turlari ham qahramonni 
muayyan bir harakatga undaydi, ayni shu narsa konflikt- 
ni syujetni yurgizuvchi kuch sifatida talqin qilishga imkon 
beradi. Buni yana Miryoqub misolida ko‘rishimiz mum- 
kin: Akbarali bilan ochiq to'qnashuv darajasiga yetmagan 
ziddiyati Miryoqubni harakatga - o‘zini valine’mati bilan 
qiyoslash asosida o'zligini, hayotdagi o'rnini anglashga 
undadiki, uning ruhiyatida murakkab o'ylov jarayoni («ich- 
ki harakat») boshlandi. Bu o'ylovlar natijasida u o'zini ij- 
timoiÿ shaxs sifatida tanishga, o'zining ijtimoiy maqomini 
anglashga keldiki, bu ends uni faol ijtimoiy harakat (ya’ni 
«tashqi harakat»)ga undashi tabiiy (ayni shu narsa Miryo­
qub jadidlarga xayrixoh mavqeni egallashi va romanning 
ikkinchi kitobida ijtimoiy faoliyatda tasvirlanishi mumkin, 
degan taxminni paydo qiladi) ko'rinadi. Shuni ham aytish 
kerakki, konflikt qahramonning qay yo‘sin harakat qilishi- 
ni ham belgilaydi va shu asosda syujet voqealarining qay 
tarzda rivojlanishiga ham ta’sir qiladi. Masalan, Otabek 
ruhiyatidagi ziddiyat shuki, u zamonasining ilg‘or ziyolisi si­
fatida inson shaxsini hurmat qiladi, ayni chog‘da, o‘z davri, 
muhiti ta’siridan butkul xoli ham emas. Natijada Otabek 
muhit bilan konfliktda (ota-onasi uni ikkinchi bor uylanti- 
rishga jazm qilganda qarshi turgani mohiyatan qahramon
- muhit konflikti, faqat bu narsa ota-ona bilan munosabat 
orqali ifodalanadi) yon berdi: «bir bechorag'a ko‘ra-bila tu- 
rib jabr ham xiyonat...» bo‘layotganini, Zaynab «qarshisi-
177
www.ziyouz.com kutubxonasi


da bir jonsiz haykal» bolishini bila turib uylanishga rozilik 
berdi. Ya’ni Otabek ruhiyatidagi eskilik va yangilik kurashi- 
da avvalgisining qo'li baland keldi: u o‘sha damda Zay­
nab shaxsini, uning huquqini himoya qilolmadi. Keyinroq, 
Zaynabning o‘ziga nisbatan muhabbatini bilgach, Otabek 
aybini chuqur his qildi, shu bois ham, Kumushning qat’iy 
talablariga qaramasdan, uning javobini berishga jur’at 
qilolmadi, natijada o‘zi istamagan holda fojiaga yo‘l ochib 
berdi. Ko‘rinadiki, qahramon ruhiyatidagi ziddiyatlar uning 
muhit va shu muhitdagi kishilar bilan ziddiyati asosida 
yuzaga keladi, ayni paytda, ularga faol ta’sir ham qiladi -
syujetning u yoki bu tarzda rivojlanishini belgilaydi. Bu esa 
konflikt syujetni harakatlantiruvchi kuch ekanligini ko‘rsa- 
tuvchi yorqin dalildir.

Yüklə 8,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin