GRAFIKA, ORFOGRAFIYA VA ORFOEPIYA HAQIDA MA’LUMOT MA’RUZA MAZMUNI Grafika muayyan tilning fonetik-fonologik, leksik-semantik va morfologik birliklarini yozuvda ifodalash uchun maxsus shakllantirilgan optik-grafik belgilar tizimidir. Bu tizim belgilarining har biri grafik tilshunoslikda grafemalar sanaladi. Yozuvning tovush tili bilan aloqasi, odatda, ana shu grafemalar vositasida amalga oshiriladi. Shuning uchun ular grafik tizimning eng asosiy strukturaviy-funksional birligi hisoblanadi. Grafema tashqi (moddiy) va ichki (mavhum) tomonlari bor bo‘lgan bilateral birlikdir. U shu ikki tomonning - ifodalovchi va ifodalanuvchilarning uzviy bog‘liq bo‘lishiga asoslanadi. Uni quyidagi chizmalar shaklida tavsiflash mumkin.
tashqi (ifodalovchi) tomoni – alif-
bodagi Q harfining optik-grafik tasviri
Q grafemasining
ichki (ifodalanuvchi) tomoni- o‘z- o‘zbektilining chuqur til orqa,port-
lovchi, jarangsiz “q” fonemasi.
E s l a t m a: grafemaning bosma va yozma, bosh va kichik shakllari uning allograflari sanaladi.
tashqi (ifodalovchi) tomoni -so‘roq
belgisining shakli (optic-grafik tasviri)
? grafemasining
ichki (ifodalanuvchi) tomoni -so‘roq
ohangi (intonema)
1.Tashqi (ifodalovchi) tomoni –shu raqamning shakli (optic-grafik
tasviri)
8 grafemasining
2. Ichki (ifodalanuvchi) tomoni-
“yetti” bilan “to‘qqiz” orasidagi
miqdor tushunchasi.
Chizmalarda ko‘rsatilgan grafemalarning birinchisi (Q grafemasi) alifbodagi harfga, ikkinchisi (? grafemasi) tinish belgisiga, uchinchisi (8 grafemasi) raqamga asoslangan. Shunga ko‘ra birinchi tip grafemalar harfiy belgilar guruhini, ikkinchi va uchinchi tip grafemalar esa noharfiy belgilar guruhini tashkil etadi.Yozuvda ishlatiladigan defies, apostrof (tutuq belgisi) ham noharfiy belgilar guruhiga mansubdir. Muayyan til yozuvining grafik tizimi ana shunday grafemalar va yana bir qator yordamchi vositalar (signalizatorlar, diakritik belgilar)dan tarkib topadi.