2-bob. MENEJMENT NAZARIYASINING
RIVOJLANISHI. MENEJMENTGA
ASOSIY MUNOSABATLAR
2.1. Q adim gi am aliyot — y an gi fan
2.2. M enejm entning fan sohasi sifa tid a g i evolyu tsiyasi
2.3. Turli m aktablarni ajratish asosid agi yondashuvlar
2.4. Axloq fan la rin in g rivojlanish m aktabi
2.5. O peratsiyalar tadqiqoti va m odellar
2.6. M enejm ent n azariyasi asosch ilari
2.1. Q adim gi am aliyot — yan gi fan
Bu bob menejment tafakkuri evolyutsiyasining ta ’rifini o ‘z ichi-
ga olgan: menejment tizimlangan ilm-fan va kasb-hunar sifatida shakl-
lanishidan a w a i u qanday rivojlanganligini ko'rsatadigan. Oldimiz-
da turgan eng muhim masalalardan biri
- bu menejmentni samarali
qilish uchun hech qanday universal usullar yoki q a t ’iy tamoyillar
yo'qligini bilishdan iborat. Ammo, shunday yondashuvlar mavjud-
ki, ular rahbarlarga tashkilot maqsadlarini samarali ravishda amalga
oshirish ehtimolini orttirishga yordam beryapti. Keyinchalik bayon
qilingan yondashuvlarning har biri bizning boshqaruv va tashkilotni
tushunib yetishimizga sezilarli darajada hissa qo'shgan. S hunday
qilib, bu bobni keyinchalik qator masalalarni ancha jiddiy va batafsii
ravishda ko‘rib chiqishning kirish qismi,
shuningdek, boshqaruvga
bo'lgan qarashlarning qisqacha tushunchasi deb hisoblash mumkin.
Agar tashkilot muvaffaqiyatga erishmoqchi bo‘lsa, m enejm ent
funksiyalari bajarilishi shart. M en e jm e n t amaliyoti tashkilotlarga
o 'x s h a sh eski, bu unin g haqiqatan ham qadimiyligini anglatadi.
Sanasi eramizdan avvalgi uch minginchi yillarni ko'rsatuvchi loy-
dan qilingan taxtachalarda qadimgi S hum erning savdo-sotiqqa oid
bitimlari va qonunlari t o ‘g ‘risida m a ’lum otlar yozilg^n, bu u yerda
m e n e j m e n t a m a liy o ti m a v ju d b o ‘l g a n l i g i n i n g an iq isb o tid ir.
Arxeologik qazilmalarga qarab bundan ham qadimiyroq tashkilot-
lar mavjud bo'lganligini, hatto qadimda insonlar tashkillangan gu-
ruhlar bo‘lib yashaganligini bilsa bo'ladi.
21
Ammo, qadimda m enejm enti mavjud bo'lgan tashkilotlar maz-
kur kitobda yoritilganlardan katta farq qiiadi.
M en e jm e n t faoliyat-
ning m ustaqil sohasi sifatida faqatgina yigirmanchi asrda tan olin-
gan. Keyinroq, biz qisman b o ‘lsa-da, buning sabablarini yoritishga
harakat qilamiz. Hozir esa, tashkilotlarning rivojlanishi va ularni
b o sh q a rish tarixi h aqida, u iar q ad im d a q a n d a y bo'lg an lik larin i
ko'rsatish uchun qisqacha t o ‘xtalib o'tam iz.
Qadimda yirik tashkilotlarning vujudga kelishi ular m enejm ent
darajalarini a jra ta olish m u m k in b o 'lg a n ra sm iy tu z i l m a g a ega
bo'lganliklarini aniq ko'rsatadi. Bobil osm a bog'lari,
M a c h u Pik-
chu ink shahri va M isr piramidalari faqat muvofiqlashtirilgan, tash-
killangan boshqarish natijasida paydo bo'lgan.
Iso tu g 'ilis h id a n an c h a oldin yirik siyosiy ta s h k ilo tla r h am
m avjud bo'lgan. B uyuk Iskandar davrida ular M akedoniya, Fors,
keyinroq Rimdan Osiyo va Yevropagacha yoyilgan. Bu tashkilot
lar rahbarlari - qirollar va generallar edi. Albatta, mavjud bo ‘lgan
tashkilotlar faoliyatini t a ’m inla shga yordam bergan leytenantlar,
g'alla omborlari asrovchilari, podachilar va ish nazoratchilari, hudud-
lar gubernatorlari va g ‘aznachilar ham bo'lgan.
Yillar o ‘tdi, b a ’zi bir tashkilotlarni
boshqarish ancha aniqlasha
boshladi va m urakkablashdi, tashkilotlarning o ‘zi esa, borgan sari
kuchli va borgan sari barqaror b o ‘la boshladi. B unga yuzlab yillar
mavjud bo ‘lgan Rim imperiyasi yaxshi misol b o iadi. General va
ofitserlardan iborat aniq boshqaruv tuzilmasiga, armiyalarining di-
viziyalarga bo'linishiga, rejalashtirishga va intizomga ega bo'lgan
Rim legionlari, yomon tashkillangan Yevropa mamlakatlari, 0 ‘rta
Sharq davlatlari ustidan g'alabali yurish bilan o'tdi.
Bosib olingan
hududlar Rimga bo'y singan generallar boshqaruviga berilgan, Rim
bilan aloqani tezlashtirish uchun yo'llar qurilgan. Aloqa (biz buni
keyinroq batafsil ko'rib chiqamiz) bu tashkilot muvaffaqiyatining
en g m uhim tarkibiy qismidir. Hozir ham ayrim joylarda ishlatila-
y o t g a n m a s h h u r y o i l a r i m p e r a to r foydasiga soliq va to 'lo v la r
yig‘ishga yordam bergan. U ndan ham muhimi, ag a r mahalliy aholi
yoki mahalliy m a ’m uriyat rim boshqaruviga qarshi bosh ko'tarsa,
yaxshi yo'llar m am lakat ichida joylashgan legionlarga chetda joy-
lashgan provinsiyalar bilan tezda b o g ‘lanishga imkon bergan.
22
Zamonaviy m enejm ent ko'rinishlarining deyarli h am m a turlari,
shakllarini ular bilan s h u g 'u lla n g a n qadimgi yirik tashkilotlarda
ko'rishimiz mumkin, ammo,
u m um an olganda, u vaqtdagi m enej
m e ntning xarakteri va tuzilmasi bugungidan farqlanadi. Masalan,
rahbarlar va norahbarlar orasidagi mutanosiblik, o‘rta bo‘g ‘indagi
rahbarlar kamroq bo'lgan. Oldingi tashkilotlar muhim qarorlarning
deyarli barchasini o‘zlari qabul qiladigan yuqori bo ‘g ‘indagi rah-
barlarning kam sonli guruhlariga ega bo'lishiga intilganlar. Rah-
barlik, ko'pincha, bir odam tomonidan amalga oshirilar edi, bu bir
aktyor teatriga o'x shar edi. Agar m enejm entning yuqori darajasi-
dagi shaxs (bu, deyarli ham m a vaqtda, erkak kishi bo'lgan) Yuliy
Sezar yoki Adrian kabi yaxshi lider va hukm dor bo‘lsa, unda h am
m a narsa birmuncha silliq o‘tar edi. Hokimiyatga N eronga o ‘xshash
noshud rahbar kelganda, hayot zim-ziyoga aylanishi mumkin edi.
Dostları ilə paylaş: