Dilorom qosimova menejment nazariyasi


E lektoronika ishlab ch iq arish i soh asid agi



Yüklə 8,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə157/230
tarix27.09.2023
ölçüsü8,03 Mb.
#149835
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   230
Menejment nazariyasi. Qosimova D.S

2. E lektoronika ishlab ch iq arish i soh asid agi
m u am m olar
Sanoat sektorida elektronika mahsulotlarini ishlab chiqarishni 
yanada keng yo'lga qo'yish ahamiyati va o'rni salmoqli ekanligini 
yana bir bor qayd etgan holda, shuni alohida ta ’kidlash joiz-ki, bu 
soha korxonalarida mulk shakli va boshqarish tizim lari tubdan 
o'zgartirildi. Korxonalarni texnik jihatdan qayta jihozlash va ularni 
raqobatbardosh zamonaviy m ahsulotlar ishlab chiqarishga qaratil­
gan chora-tadbirlar am alga oshirilmoqda. Ammo bu yo'nalishda 
qo'lga kiritilgan yutuqlar
bil
an
bir qator m uam molar ham mavjud.
247


Ana shunday elektronika tarm og'idagi muammolardan biri bu ish­
lab chiqarilgan m ahsulotlarni o'z vaqtida ham ichki, ham tashqi 
bozorda sotishdir. Bu holat, o'z navbatida tovarlar bahosi va iste’molchi 
to'lov qobiliyatini o'zaro nomuvofiqligidan hamda ishlab chiqaruvchi 
maqsadi va iste’molchi talablarini o'zaro mos kelmasligidan kelib 
chiqmoqda.
Shuningdek, hozirda tijorat yo'nalishida faoliyat yuritayotgan 
kichik biznes subyektlarining moliyaviy holati kuchsiz ekanligi 
ularning «Foton» OAJ korxonasi tomonidan ishlab chiqarilayotgan 
televizorlar va quyosh batareyalarini sotib olish qobiliyatini pasay- 
tirm oqda.
Bir vaqtning o'zida lokalizatsiya qilingan qismlardan foydalan- 
gan holda tayyor mahsulotni ishlab chqarishga ketgan xarajatlar 
natijasida tovarlar sotuvi narxi chet eldan import qilingan zamona­
viy brend televizorlar (SUM SUNG, SONY, LG, SHARP, PANA­
SO N IC) va quyosh b a tarey alari bahosidan yuqori bo'lm oqda. 
B uning asosiy sababi sifatida lokalizatsiya qilinayotgan mahsulot 
qismlari uchun zarur bo'lgan xom-ashyo materiallari narxining ichki 
bozorda goh tushishi, goh ko'tarilishidir.
Maishiy-texnik m ahsulotlarni ishlab chiqaruvchi korxonalar ol- 
dida tu rg an sotish m uam m osiga chuqurroq nazar tashlaydigan 
bo'lsak, bu masalaga umuman boshqacha yondashishga to'g'ri kela­
di. Ayni davrda korxonada bugungi kunning eng dolzarb elektron 
jihozlarni ishlab chiqarishni shakllantirishda aholining xarid ehti- 
yojlaridan kelib chiqish maqsadga muvofiq bo'ladi. Buning uchun 
ratsional ishlab chiqarishni tashkil qilish, korxonalarni, avvalam- 
bor, texnik-texnologik m odernizatsiya qilish, ularni m oliyaviy 
sog'lom lashtirish choralarini belgilash zarur bo'ladi. Aks holda 
vatanim iz elektoroniklari ulkan tashqi va ichki bozor ulushlarini 
yo'qotishlari turgan gap.
Bozor iqtisodiyotining rivojlanishi muammolarini yechish yangi- 
dan-yangi yondashuvlarni talab etadi. Tarmoqda ishlab chiqarishni 
texnik moslashuvchanligi, m ahsulot sifat darajasi va uning jahon 
bozoridagi raqobatdoshligini oshirishni tubdan qayta ko'rib chiqili- 
shi va o'zgartirilishi kerak bo'lgan m asalaga aylanib bormoqda. 
Sanoat ishlab chiqarish korxonalarida ishlab chiqarilayotgan mah-
248


sulot zamonaviy texnik talab darajasiga javob berishi kerak. Ularning 
foydali ish koefitsienti aniqligi va umumdorligi, uzoq davr ishonchli 
ishlash qobiliyati yuqori bo‘lm og‘i, ekspluatatsiya davrida yuqori 
tejamkorlikka ega bo'lish lozim.
Yuqoridagi keltirilgan muammolarni hal etish uchun esa kor­
xonalar ishlab chiqarish faoliyatida qo'llayotgan lokalizatsiya das­
turini to 'g 'ri tashkil etishi kerak. M ahalliylashtirish rejasi muvaffa­
qiyatli bajarilishi esa aniq dastur asosida amalga oshirilishi bilan 
bevosita bog'liqdir. Shuning uchun, «Foton» OAJ korxonasining 
ishlab chiqarish faoliyatida aniq va samarali lokalizatsiya dasturini 
ishlab chiqish o'ta muhim va hal etilishi zarur bo'lgan muammo 
hisoblanadi.

Yüklə 8,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   230




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin