Dilorom qosimova menejment nazariyasi



Yüklə 8,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə155/230
tarix27.09.2023
ölçüsü8,03 Mb.
#149835
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   230
Menejment nazariyasi. Qosimova D.S

Keys tavsifi: 
mazkur keys syujetsiz hisoblanadi. Ushbu keysdagi 
vaziyat korxonaning tahliliy ko'rsatkichlari asosida tuzilgan. Keysning 
obyekti «Foton» OAJ korxonasi hisoblanadi. Keys m a’lumotlar va 
dalillar asosida ishlab chiqilgan bo'lib, tuzilmaviy va o'rta hajmdagi 
keys-stadi hisoblanadi. O ’quv vazifasi topshiriqlar sifatida berilgan.
Didaktik m aqsadlarga ko'ra, keys tahlil- qilish, baholash va 
rejalashtirishni o'rgatishdan iborat. Keys muammosining shakllani- 
shi va tuzilishi davriy ketma-ketlikda berilgan.
Keysning afzalliklariga quyidagilar kiradi: o'quv mashg'ulotini 
keys-texnologiya bo'yicha o'qitish talabalarning mustaqil ishlashi-


ni ta ’minlaydi. Keysda natijaviy bahoni belgilovchi «Vaziyatli tahlil 
varaqasi» mavjud.
U shbu keysdan «Korporativ boshqaruv», «Moliyaviy m enej­
ment», «Marketingni boshqarish» va «Biznes strategiyasi» fanlarining 
m ashg'ulotlarida foydalanish mumkin.
KIRISH
O ’zbekistonda iqtisodiyotni erkinlashtirish va unda tub islohot- 
larni amalga oshirish uchun birinchi navbatda ishlab chiqarishni 
keng yo‘lga qo'yish talab etiladi. Ko‘p tarmoqli iqtisodiyotni shakl­
lantirish va uni diversifikatsiya qilishda yaratilayotgan mahsulot- 
larning raqobatbardoshligini ta ’minlash darkor. Tovarlarni ishlab 
chiqarishda uning sifati bilan bir qatorda narxini ham muqobil dara- 
jaga keltirish menejerning asosiy vazifalaridan biri bo'lib hisoblanadi.
Shuni inobatga olgan holda, O ’zbekiston Respublikasi Prezi- 
dentining «Mahalliy xom-ashyo asosida tayyor m ahsulotlar, ehti­
yot qism lar hamda m ateriallarni ishlab chiqarishni lokalizatsiya 
qilish Dasturi to ‘g ‘risida»gi Р -3 8 6 -sonli qarori qabul qilindi. Maz- 
kur qarorning asosiy maqsadi, mahsulot qismlarini import qilishni 
kamaytirish, uni mahalliy sharoitda arzon va sifatli ishlab chiqarish- 
dan iborat. Buning uchun Davlat tomonidan korxonalarga yetarli 
ravishda imtiyozlar yaratilmoqda. Xususan, mahsulot ehtiyot qism­
larini ishlab chiqarish uchun kerak bo'ladigan texnika va texnologi- 
yalarni chetdan olib kelayotgan tadbirkorlar uchun bojxona to'lovlari, 
daromad, mulk solig'i, yagona ijtimoiy to‘lov stavkalari pasaytirilgan.
M a h alliy lash tirish d a stu ri korxona im k o niy atlaridan kelib 
chiqqan holda qo'llanishi lozim, buning uchun Ishlab chiqarishni 
chuqur tahiil qilish va uni strategik rejalashtirish kerak bo‘ladi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib shuni alohida ta ’kidlash lozim-ki, 
tay y orlangan keys talab alarn in g ishlab chiqarishni boshqarish 
bo'yicha bilimini chuqurlashtiradi. Ushbu keysni yechish natijasida 
talabalar mahsulotlarni mahalliylashtirish dasturini baholash, korxo­
na ishlab chiqarish maqsadlarini aniqlash, tovar va baho siyosati 
hamda tovar sotuvini jadallashtirish bo'yicha (rhwa-tadbirlarni ish­
lab chiqish ko‘nikmalariga ega bo'ladilar.,
2 № i


Talabalar keysda shakllantirilgan muammoni hal etish uchun 
ishlab chiqarish faoliyatini tahlil qilishi, baholashi va rejalashtirishi 
zarur bo'ladi.

Yüklə 8,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   230




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin