M a k t a b k u t u b x o n a s i d a
1. ARM va kutubxona xodimlari bilan xushmuomilada bo’lish.
2. Kitoblar va jihozlarga ehtiyotkorona munosabatda bo’lish.
3. Baland ovozda so’zlashmaslik va boshqa kitobxonlarga xalal bermaslik.
4. Qog’oz va boshqa chiqindi buyumlarini qoldirib ketmaslik.
5. Kitoblarni olish va topshirish qoidalariga rioya qilish.
Maktab o`quvchilar turar joyida
1. Sinf uchun ma’sul tarbiyachining so’zlariga quloq solishi.
2. O’zi uchun ajratilgan xonani ozoda saqlashi.
3. Ruxsatsiz boshqa xona yoki tashqariga chiqmaslik.
4. Yotoqxona yo’lagida yugurmaslik.
5. Yotoqxona atrofiga chiqindi tashlamaslik.
6. Yotoqxonadagi jihozlarni asrab avaylash.
7. Yotoqxona xojatxonasini iflos qilmaslik.
8. Yotoqxonaga doim tarbiyachi nazoratida sinf bilan qator bo’lib kirib chiqish.
9. Dars vaqtida yotoqxonaga kelmaslik.
10. Kechki ro’xatdan o’tkazish vaqtida xonasini tark etmaslik.
“Sog’lom turmush tarzi”
Sog‘lom turmush tarzi va uning yetti qoidasi.
Sog‘lom turmush tarziga rioya etish ko‘plab muammolarning oldini olish demakdir. Bugun ushbu mavzuga juda ko‘p duch kelayapmiz. Bir qaraganda qiyin ko‘rinuvchi, anchagina kuch, sabr va iroda, vaqt va sharoit talab etuvchi sog‘lom turmush tarzining asosiy qoidalari nimalardan iborat? O‘zgalarga maslahat berishdan oson ish yo‘q bo‘lib turgan bugungi kunda qanday qilib sog‘lom turmush tarziga rioya etish mumkin? Quyidagi sog‘lom turmush tarzining eng muhim 7 qoidasi sizu bizga avvaldan ma’lum bo‘lgan, biroq hayotning mayda-chuyda tashvishlari bilan yodimizdan ko‘tarilgan va amalga oshira olmay qolgan tartiblarni yodga solsa ne ajab.
1. Sport.
Sport — umrimiz oxiriga qadar sog‘lom hayot kechirishning asosiy shartlaridan. U yosh ham, joy ham, hattoki shart-sharoit ham tanlamaydi. Uning ko‘rinishlari, shakllari, usullari ko‘p. Yoga, pilates, piyoda yurish, yugurish, turnikka tortilish, otjimaniya, raqs, rafting, bodibilding, gimnastika, futbol va hokazo turlari bor. Istaganingizni tanlang, jismonan faol bo‘lsangiz kifoya. Har kuni emas, kunora 30-60 daqiqa sport bilan shug‘ullansangiz, sog‘lom bo‘lishingiz uchun yetarli.
Kamroq o‘tirish va ko‘proq harakatlanish kerak. Agarda kasbingiz o‘tirib ishlashni taqozo etsa, har soatda kamida 5 daqiqa tanaffuz qiling va bu vaqtda turli yengil mashqlarni bajarib, yelka, bel va oyoqlar chigilini yozing.
Dostları ilə paylaş: |