Din sotsiologiyasi. Din – jamiyat munosabatlarini, bu munosabatlar ortidan kelib chiquvchi voqea-hodisalarni o‘rganadi. SHu tufayli bu ilm sohasi ijtimoiy diniy muassasalarni, dinning davlat, xalq, oilaga nisbatan munosabatini, din sohasida yuzaga keluvchi ijtimoiy voqea-hodisalarni, turli din jamoalarining jamiyat bilan bo‘lgan munosabatlarini asosiy mavzu sifatida tadqiq qiladi. Demak, din sotsiologiyasining mavzusi, jamiyatning asos shakllari va dinning tashqi ko‘rinishlari bilan ijtimoiy jarayonlar, ularning tuzilish va qonunlaridan iborat ekan. Boshqacha qilib aytganda bu ilm sohasi, tarix bo‘yicha xususiy va mushohadaga suyanuvchi din va jamiyat tadqiqotlarini; dinning ijtimoiy hayotdagi ko‘rinishlarini o‘rganadi.
Din sotsiologiyasi, bir tomondan jamiyat, bir tomondan diniy ilmlarga tayanadi; bu ikki asos ustida yakdillikni keltirib chiqarishga harakat qiladi.
Dostları ilə paylaş: |