Din antropologiyasi nazariyasi va uning umumiy tasnifi reja



Yüklə 31,45 Kb.
səhifə4/12
tarix02.04.2022
ölçüsü31,45 Kb.
#54614
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Din antropologiyasi nazariyasi va uning umumiy tasnifi

Din fenomenologiyasi. Fenomen, namoyon bo‘luvchi, ko‘zga ko‘rinuvchi narsa bo‘lib, fenomenologiya ko‘zga ko‘rinuvchi narsaning sistematik shaklda tadqiq qilinishidir. Dinning ko‘zga ko‘rinuvchi, tashqarida aks etuvchi jihatlarini o‘rganuvchi ilm sohasiga «Din fenomenologiyasi» deyiladi. Din fenomenologiyasi, tarixiy shakllanishlarni e’tiborga olmagan holda diniy fakt va voqelikning bizga namoyon bo‘lgan jihatlarini asosiy o‘ringa ko‘taradi. Turli dinlarning ibodat va marosimlarini, muqaddas joy, zamon, narsa va shaxsiyatlarini tadqiq qilib, mushtarak jihatlarini topishga harakat qiladi.

Din fenomenologiyasi diniy tuyg‘u va bu tuyg‘uning ko‘rinishlari deyarli butun dunyoda bir-biriga o‘xshashiga ishora qiladi; barcha dinlarning asli va g‘oyasining bir ekanligini isbotlashga harakat qiladi. SHuning bilan birga diniy ramz (belgi) larda yashirgan ma’nolarni ochish va majoziy so‘zlarning muqaddas mazmunini yoritish kabi ishlar ham uning vazifalariga kiradi.

Din fenomenologiyasi, materiallarini dinlar tarixidan oladi. Lekin u bu materiallarga tarixiylikdan ham ko‘ra ko‘proq sistematik jihatdan yondashadi. SHunday qilib diniy asoslar, diniy fenomen va shakllanishlarni muqoyasa qiladi. Din fenomenologiyasi boshqa din ilmlarini bilan ba’zi nuqtalarda birlashishiga qaramasdan, mustaqil bir ilm sohasi sifatida, ba’zan farqlangan jihatlari ham bo‘lib turadi.


Yüklə 31,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin