Din va ijtimoiy hayot


Ijtimoiy me'yorlashtirish funksiyasi



Yüklə 31,63 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/3
tarix19.12.2023
ölçüsü31,63 Kb.
#187146
1   2   3
004 2 kurs dunyo dinlari tarixi. Din va ijtimoiy xayot (1)

Ijtimoiy me'yorlashtirish funksiyasi. Barcha
dinlar unga e'tiqod qiluvchilaming ijtimoiy
munosabatlari diniy qoidalar bilan tartibga
solinadi. Masalan, ota - onalar, farzandlar, qoʻni
- qo'shnilar, qarindosh - urug'lar va hatto
boshqa dinga e'tiqod qiluvchilarga nisbatan
bo'ladigan
munosabatlar
ham
tartiblab
qo'yiladi.


Ijtimoiy nazorat funksiyasi. Din kundalik hayot uchun
me'yorlari belgilash bilan cheklanmasdan, kishilarning
xulq - atvorini ham nazorat qiladi. Diniy guruhning
aksariyat cheklovlari faqat uning a'zolari ga taalluqlidir.
Lekin, ayrim me'yorlar diniy jamoaga taalluqli
bo'lmagan
kishilarga
ham
tegishli
hisoblanishi
mumkin. Masalan, giyohvandlik moddasini iste'mol
qilish, boshqa dinga e'tiqod qiluvchilarga zo'ravonlik
qilish, oʻziga tegishli bo'lmagan mulkka egalik qilishga
intilish va boshqa salbiy hodisalarga qarshi turish
umumiy cheklov va nazoratga bog'liqdir.



Moslashuv funksiyasi. Din odamlarning yangi ijtimoiy
muhitga moslashishiga yordam beradi. Ayrim sabablarga
ko'ra, boshqa mamlakatlarga ko'chib ketgan kishilar
yangi joyda notanish mahalliy urf - odatlarga oson
ko'nika olmaydilar. Bunday sharoitda ular oʻzlari e'tiqod
qiladigan dinning rasm - rusumlarini va e'tiqod
normalarini hamda ona tilini saqlab qolish orqali
madaniy va milliy qadriyatlarini keyingi avlodlarga
uzatadilar Albatta, din yuqorida ko'rsatib oʻtilgan muhim
ijtimoiy funksiyalarni bajarib, jamiyat a'zolari dunyo
qarashiga sezilarli ta'sir ko'rsatadi.


Mamlakatimizda islom dinidagi mo'tadillik tamoyili
kishilarning shaxsiy va ijtimoiy hayotlaridagi mavjud
muammolarga bag'rikenglik, saxovat, savob, himmat
kabi axloqiy qadriyatlar asosida oqilona yondashishga
undaydi.
Bu tamoyil Oʻzbekistonning bugungi kundagi shiddat
bilan kechayotgan ijtimoiy taraqqiyoti uchun ma'naviy
omillardan biri bo'lib xizmat qiladi .

Yüklə 31,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin