2. Yahudiylik (ludaizm) — asosan, yahudiylar o'rtasida tarqalgan din. Miloddan awalgi I ming yillik boshlarida Falastin (Quddus)da vujudga kelgan. Arabiston yarim orolida ko'chib yurgan yahudiy qabilalari miloddan avvalgi XIII asrda Falastinni bosib olib, yahudiy davlatini tuzgan. 1948-yilda u yerda Isroil davlati tashkil topdi.
3. Buddizm(miloddan awalgi VI—V asrlarda) Hindis-tonning shimolida vujudga kelgan. Keyinchalik Janubi-Sharqiy va Markaziy Osiyo hamda Uzoq Sharq mamlakat-larida keng tarqalgan. Budda diniga hind, xitoy, koreys,yapon, vetnam, mo'g'ul, buryat. Ularning sig'inadigan joyi: LLx Nepalga yaqin). Buddistlar LLx, ladilar va u yerda dalay-lama budda dini peshvosi) bilan uch
4. Islom dini.Islom — dunyo biri bo'lib, 1,3 mlrd. ga yaqin qilishadi. Osiyo qit'asidagi Arab ya, Suriya, Iroq, Eron. Tu Afg'oniston, Pokiston; Afrika qi Tunis, Eiviya, Misr Arab Resput lakatlar xalqlari, Efiopiya. G'ai ning bir qismi, Malayziya. Ir Hindiston, Xitoy hamda Filipi qismi, Yevropa qit'asidagi Bolq xalqlarning bir bo'lagi islomga laming haj qiladigan joyi — Mal eng muqaddas hisoblangan Ka'b tulloh») deb nom olgan ibodat:
«bo'ysi bildiradi. Shundan bu dinga ishonuvchilar muslim deb ataladi. Uning ko'plik shakli
«muslimun». Islom dini Arabiston yarim orolida VII asr Payg'ambarimiz Muhammad
alayhissalom (570-632) Makkada Quraysh qabilasiga mansubbo’lgan. Hoshimiylar xonadonida tug'ilganlar. Ular (609-610)-yillarda Makkada yakka xudoga e'tiqod qilish to’g’risida targ’ibot boshlaganlar.Biroq zodagonlarning qarshiligiga uchrab 622-yilda o'z tarafdorlari bilan Madina (Yasrib) ga ko’chganlar (hijrat qilganlar). Musulmonlarning hijriy yilihisobi o’sha yildan boshlanadi. 630-yilga kelib Makka ham musulmonlar qo'liga o'tib, u yerda musulmon davlati shakllanadi. Makka birinchi marta Ptolomey asarida (II asr) Makoraba nomi bilan tilga olingan. Islom dinigacha ma’jusiy qabilalarning diniy markazi bo'lgan.Shu o’rinda Madina haqida qisqacha ma'lumot berib o'tish joiz.Qadimda uni Yasrib (Yatrib) —savdo-sotiq shahri, deb atashgan. Yuqorida aytil-ganidek, 622-yili Muhammad alayhissalom Makkadan Madinaga ko'chib o'tgan. Uning daxmasi Madinada bo'lganligi uchun shahar musulmonlarning Makka (Ka'ba) dan keyingi ikkinchi ziyoratgohi hisoblanadi. Madina markazida VII asrda qurilgan katta Jome' masjidi bor.
Muhammad alayhissalom vafotlaridan keyin bu dav-latni ularning o'rinb'osarlari, ya'ni noib-xalifalar boshqaradilar. Shu munosabat bilan ham musulmonlar davlati tarixda «Arab xalifaligi» deb nom olgan. Dastlab arab xalifaligi katta hududni egallagan edi. O'rta Osiyo yerlari — Movarounnahr VIII asr boshlaridan VIII asr o'rtalarigacha arablar tomonidan fath etilib, ular bilan birga islom dini kirib keldi. Islom dini Turonga Arab xalifaligining amiri Qutayba ibn Muslim va askarlari tomonidan 705—715-yillarda yoyilgan.
Arab fotihlari bosib olingan yerlarda xalqni islom diniga kirita boshladilar. Arablar islom dinini tarqatishda turli usullardan foydalandilar. Jumladan, islom dinini qabul qilganlar soliqlardan ozod etilgan. Ana shu davrdan bosh-lab O'rta Osiyo mintaqasida islom madaniyati va ma'rifati o'ziga xos ravishda shakllandi hamda taraqqiyot bosqi-chini bosib o'tdi.
Islom aqidalarining asosiy axloqiy-huquqiy tamoyillari Muqaddas «Qur'on»da o'z ifodasini topgan. Qur'oni karim, hadisi shariflarda ma'no va maz-mun teran, umuminsoniy qadriyatlarni himoya etuvchi va targ'ib qiluvchi falsafiy xulosalar chuqur.
Bu muqaddas kitob Yer yuzi musulmonlarining das-turilamali, diniy ahkomlar manbayidir. Qur'oni karim sa-hifalarini bir kitobga jamlash xalifa hazrati Abu Bakr davrida boshlanib, xalifa hazrati Usmon davrida yakun-langan va 4 nusxada ko'chirilgan. Ana shu ko'chirilgan dastlabki nusxalardan biri O'zbekiston musulmonlari ido-rasida saqlanadi. «Qur'on» — dunyo madaniyatining ul-kan boyligi, barcha musulmonlarning kitobi bo'lib, arab tilida «qiroat» ma'nosini anglatadi. Islomning shar'iyma'nosi — Allohning yagonaligiga iymon keltirib, unga bo'ysunish va butun qalb bilan unga ixlos qilmoqlik, Al-loh amrini bajarmoqlikdir. Allohga iymon keltirgan va Alloh yuborgan payg'ambarlarga ergashgan kishi musulm-on deyiladi.
Qur'oni karimning eng muhim hikmati shuki, unda har bir inson uchun bevosita ahamiyatli bo'lgan so'zlar, yo'1-yo'riqlar, asosiy qoidalar, ta'limotlar aniq ko'rsatilgan.
Qur'oni karimdagi ilm haqidagi, madaniyat, ma'naviyat, ma'rifat haqidagi g'oyalar umumbashariyat-ga tegishlidir. Unda ilm-ma'rifatga inson ma'naviy-axlo-qiy barkamolligining ustuvor sohalaridan biri sifatida qar-algan. Axloq va odob masalasiga alohida e'tibor berilgan.
«Qur'on» kishilarni tenglikka, birodarlikka, tinch-totuv yashashga, ezgulikka undaydi. Shunga ko'ra, u katta axlo-qiy qimmatga ega. «Qur'on»da saxovat, mehmonnavozlik, jasorat, sabr va qanoat, qo'li ochiqlik, bag'ri kenglik, mu-ruwatlilik, keng fe'llik, to'g'rilik, vafodorlik va sodiqlikka katta e'tibor berilgan va yuksak ma'rifat belgisi, deb qarala-di. Unda ehson mazmuni keng qamrovda olinadi. Unga muomala ham, inson amalga oshiradigan barcha yaxshi ishlar ham kiritiladi. Ehson insonning tabiiy vazifasi bo'lishi ke-rakligi talqin etiladi. Kim birovga ehson qilsa, uning foydasi o'sha kimsaning o'ziga qaytishi, chunki birovga yaxshilik qilgan kishi o'zida ruhiy qanoat his etishi, boshqalar tomo-nidan hurmat-ehtiromga sazovor bo'lishi ta'kidlanadi.
Qur'oni karimda ehsonga loyiq kishilarga buinchi nav-batda ota-onalar kiritiladi va ota-ona haqi belgilab beriladi. «Al-Isro» surasining 23—24-oyatlarida ota-onaga yaxshihk Alloh taologa ibodat qilishdan keyin ikkinchi vazifa sifatida ta'kidlanadi. Ota-ona qanday bo'lishidan qat'i nazar, farzand ularga nisbatan hurmat saqlashi, ularning so'zlarini qaytar-masligi, ota-ona bolani dunyoga keltirish bilan birga, farzandga ta'lim-tarbiya ham berganligini unutmay, ularning haqqini ado etishga doimo tayyor turishi lozimligi ta'kidlanadi.
Mazkur oyatlarda eng oliy insoniy muomala qoidalari sifatida quyidagilar belgilangan:
— ota-onaga ehtirom bajo keltirish;
— ota-onaga rahm-shafqat qilish;
— ularning haqiga duo qilish.
«Qur'on»ni o'rganish jarayonida faqat ota-ona emas, oilaning boshqa a'zolariga: qarindoshlar, yetimlar, kambag'allar, qo'ni-qo'shnilarga ham yaxshilik qilish zarurligi haqidagi ma'lumotlarni bilib olish mumkin. Ezgulik qilish, el-yurtga foyda keltirish, yomonlarni yo'ldan qaytarish, to'g'ri yo'lga solish yuksak ma'naviy fazilat sifatida e'zozlanadi. Yurtboshimizning Imom al-Buxoriy yodgorlik majmuining ochilishiga bag'ishlangan marosimda so'zlagan nutqidagi fikrlari bu masalada katta ta'lim-tarbiyaviy ahamiyatga ega: «Savob — ulug' insoniy fazilat, yuksak islomiy qadriyatlardan biridir. Mening komil ishonchim shuki... savobli ishlarni qilgan odamga, uning el-u yurtiga, albatta, Allohning rahmatlari yog'iladi. Muqaddas Qur'oni oyatda ta'kidlanganidek, yaxshilikning mukofoti faqat yaxshilikdir».
«Qur'on»da sabr ham ehson bilan bir qatorda sanaladi: «Hud» surasi 115-oyatida: «Ey Muhammad, mashaqqat va ozorlarga sabr qiling! Zotan Alloh chiroyli amal qiluvchi-larning ajr mukofotlarini zoye etmas»,— deyiladi. «Qur'on» da oliy xislatlardan yana biri sadoqat, deb ta'lim beriladi. Sadoqat bor joyda ishonch, e'tiqod mavjud. Sadoqat barcha yaxshiliklarning debochasi sifatida talqin etiladi. Kishilarda bir-biriga ishonch faqat sadoqat orqali paydo bo'ladi. «Qur'on» insonlarni shunga undaydi. «Qur'on»da kishilar o'rtasida o'zaro munosabatlarni yaxshilash to'g'risida ham gap boradi va bu oliy darajadagi insoniy xislat bo'lib, pok qalbli kishilargina bunga erisha oladi, deyiladi.
Unda odob-axloq madaniyati, huquqiy munosabatlar va insonni ulug'lashga old muhim ko'rsatmalar mavjud. Jumladan, «Bandalarimizga aytingki, ular eng go'zal so'zlardan so'zlashsinlar», «Biz odam bolalarini mukar-ram qildik... ularga halol-pok narsalardan rizq-u ro'z ber-dik va ularni o'zimiz yaratgan juda ko'p jonzotlardan afzal — ustun qilib qo'ydik», «Yer yuzida kibr-havo bilan yurmagin! Chunki sen hargiz yerni teshib ketolmaysan va bo'y-ibastda tog'larga yetolmaysan», — deb ko'rsatiladi.
Ijtimoiy hayotda bir shaxs yoki farovon va baxtli hayoti ko'p jihatdan ularning tinch-totuv yashashiga bog'liq. «Qur'on» da yaxshilik tushunchasi ostida rostgo'ylik, qanoat, saxiylik shijoat kabi fazilatlar ko'zda tutiladi. Har bir kishiga zarar yetkazuvchi yomonlik bilan dushmanlik qoralanadi.
«Qur'on»da shirinsuxanlik. to’g’ri so’z va muomala madaniyatiga rioya qilish qonun-qoidalari keltiriladi.Shirinsuxanlik insonning muomala madaniyatigaega ekanligini ko'rsatadi, obro'yini orttiradi. hurmatga sazovor qiladi. «Qur'on»da insonning ma'naviy pok bo’lishi havofi nafsdan saqlanish masalalariga ham e’tibor berilgan.
Insonni axloqiy kamolga yetkazishda zid xususiyatlar:manmanlik, ichkilikbozlik, qimorbozlik,yolg’onchilik boshqalarni kamsitish, badgumonlik ochko’zlik kabilar xususida ham ibrat oladigan fikrlar bildirilgan.Manmanlik — o'z aybini tan olmaslik, takabbur sanaladi.Manmanlik illati kishilarni sog'lom fikr yuritishdan o’zini, takomillashtirib borishdan mahrum etadi
«Qur'on»da yolg'onchilik va uning turlari, zararli oqibatlari haqida ham fikr bildiriladi.Yolg’onchilikning eng xavflisi xiyonat deyiladi. Chunki xiyonat jamiyat uchun ham, odamlar uchun ham zarar keltirib, uni xarob etadi. Yolg'onchilikning yana bir turi va’daga vafo qilmaslik, deb ko'rsatiladi. Irodasiz, birovga yaxshilikni ravo ko’rmaydigan, ishonchsiz kishilar va’dasigavafo qilmaslik — munofiqlik, va'da bersa — vafo qilmaydi va omonatga xiyonat qiladi.
Prezident Islom Karimov MDHxorijiy muxbirlar xalqqro uyushmasi a'zolari bilan suhbatida shunday degan edi: «Islom dini mutaassib din emasligiga iymonim komil.Qur’onni yaxshi bilgan kishi bu ilohiy kitobda
insonparvarlik,tinchlik,osoyishtalik va boshqa dinlarga murosa bilan qarash targ'ib qilinishini juda yaxshi biladi... islom dini insonni gunohlardan forig' qilishiga ishonaman... shu sababli odamlarda dinga e'tiqod tug'ilishini aslo qoralab bo’lmaydi.Bizda masjidlar tiklanmoqda. Qur'on ilk marta o’zbek tilga tarjima qilindi. Bu bizning tariximizda katta voqeadir».
Qur'oni karim oyatlarining har biri obyektiv mavjud boqiy qonuniyatlarga asoslangan. Janobi Rasulullohning aytishlariga qaraganda, u zotga bu oyati karimalar vahiy orqali goh aniq ovoz bilan, u kishigagina eshitiladigan tarzda, goho tushlari orqali ma'lum bo'lgan. Ul zot Payg'ambar bo'lmaslaridan oldin ismlariga «amin», ya'ni «rostgo'y» qo'shimchasini olishga muyassar bo'lganlar.