Din va ma'naviyat



Yüklə 58,1 Kb.
səhifə3/4
tarix13.12.2023
ölçüsü58,1 Kb.
#174673
1   2   3   4
Din va ma\'naviyat

Hadislar — xalq mulki
Janob Payg'ambarimiz (s.a.v.) hikmatli so'zlari yig'indisidan iborat bo'lgan hadislarda Muhammad alayhissalomning muloyimligi, bag'rikengligi, kechlrim-liligi, sharm-hayoliligi, o'ch olish o'rniga afv etishga moyilligi, qiyinchiliklarni chidam bilan yengishlari, adolat-parvarligi, saxiyliklari va shijoatlari hamda barcha oliy-janob fazilatlari chuqur va ixcham ifoda etilgan. Hadislar islomda Qur'oni karimdan keyin ikkinchi manba hisoblanadi va xalqning turmush tarzidagi barcha qonun-qoidalarni belgilab beradi.
Hadislarni to'plash, ayniqsa, VIII asrning 2-yarmidan boshlab g'oyatda avj olib, ilm darajasiga yetgan. VIII asr-dan XI asr o'rtalarigacha hadis ilmi bilan Sharqning turli tomonlarida mingdan ortiq kishi shug'ullangan. Lekin payg'ambar nomlari bilan bog'langan 14 mingga yaqin hadis to'plangan. Shu bois ular qayta-qayta tekshirilib, olimlar-ning betinim mehnati natijasida, asl holiga keltirilgan. Hadis ilmining rivojida oltin davr hisoblangan hijriy uchinchi (milodiy to'qqizinchi) asr katta bosqich bo'ldi. Butun musulmon olamida eng nufuzli manbalar deb tan olingan 6 ta ishonchli hadislar to'plami (As-Sahih as-sitta) mual-liflari Markaziy Osiyo xalqlari vakillari bo'lganlar. Ular:
1. Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy, 194 (810)-256 (870).
2. Imom Muslim ibn al-Hajjoj, 206 (819)-261 (874).
3. Imom Iso Muhammad ibn Iso at-Termiziy, 209 (824)-279 (892).
4. Imom Ahmad an-Nasoiy, 215 (830)-303 (915).
5. Imom Abu Dovud Sulaymon Sijistoniy, 202 (817)— 275 (888).
6. Imom Abu Abdulloh Muhammad ibn Mojja, 209 S24)-273 (886).
Ushbu muhaddislarning har biri hadis ilmining rivoji--2 salmoqli hissa qo'shgan benazir olimlar hisoblanadi. Hadis ilmida «Amir ul-mo'miniyn», «Imom ad-dunya», «Imom al-muhaddisiyn» («Barcha muhaddislarning imo-mi») degan sharafli nomlarga sazovor bo'lgan Imom al-Buxoriy hazratlari alohida e'tiborga molik zotdir.
Imom al-Buxoriy (809—870) Buxoroda dunyoga kel-gan. Uning otasi Ismoil o'z davrining ilm-ma'rifatli kishi-iaridan bo'lgan. U o'g'lining tug'ilgan kunini yozib ket-gan qog'oz zamondoshlari qo'liga yetgan. Imom al-Bu­xoriy yoshligida otasi vafot etib, onasi tarbiyasida o'sgan. Bolaligidan aql-idrokli, o'tkir zehnli va ma'rifatga havasi kuchli bo'lgan, turli ilm-fanlarni, ayniqsa, Payg'ambarimiz hadislarini alohida mehr va ixlos bilan o'rgangan. Ko'p olimlardan eshitgan hadislarni, to'plamlarni yodlagan, us-tozi Dohiliy bilan qizg'in bahslarda qatnashgan. Bugungi kunda Imom al-Buxoriyning 20 dan ortiq katta va kichik kitoblari orasida «Al-Jome' as-sahih» alohida o'rinda tura-di. Bu shoh asarda axloq va odobga xos hadislar maxsus bir bobda mujassamlangan va ahamiyati jihatidan Qur'oni karimdan keying! ikkinchi diniy manba deb e'lon etilgan. «Al-Adab al-mufrad» («Adab durdonalari») kitobida ham axloqiy qadriyatlar o'z ifodasini topgan.
Imom al-Buxoriy hadisga bag'ishlangan asarlarida ax-loq-odob haqida fikr bayon etar ekan, odamlarni ota-ona' hurmatini joyiga qo'yish, ularni e'zozlash, dillariga hech bir ozor bermaslik, farzandlar o'z ota-onalari oldidagi burchlarini mukammal ado etishlari zarurligi, bolalarning solih-qobil bo'lishlari, ta'lim-tarbiyaga, oilaviy muhitning barqarorligi kabi masalalarga alohida e'tibor bergan. 1998-yil 23-oktabrda hadis ilmining sultoni Imom al-Buxoriy­ning 1225 yilligi keng nishonlandi. «Imom al-Buxoriy va uning dunyo madaniyatida tutgan o'rni» mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi. Samarqandning Chelak tumani Xarsang qishlog'ida maqbara qurildi. Imom Bu-xoriy kompleksi hozir katta ziyoratgoh joyga aylandi.
«Imom al-Buxoriy» xalqaro xayriya jamg'armasi tashkil etildi.
Alloma Imom Iso at-Termiziy (824—892) — Termiz shahrida dunyoga kelgan. Boshqa hadischi olimlar kabi at-Termiziy ham yoshlik chog'idan hadis mutolaasiga kirishib, Imom al-Buxoriyga shogird bo'lgan. Alloma Termiziy asari tarkibiy jihatdan bir qancha boblarga bo'linadi, unda tahorat, salot (namoz), zakot, ro'za, haj, janoza, nikoh, emizish, taloq, savdo-sotiq, rozilik ahkom-lari, tovon to'lash, me'yor, sayd, qurbonlik, nazr-niyoz, iymon, siyratlar, jihod, kiyim-kechak (libos), taomlar, ichimliklar (al-ashriba), xayr-ehson va saxovat, tabobat, huruju fitnalar, bashoratlar, shahodat, jannat sifatlari, jahannam sifatlari, ilm, izn so'rash va odob masalalari, Qur'on fazilatlari, qiroat, tafsir, duolar, manoqiblar (fa-zilatlar), illatlar haqidagi boblar keltiriladi.
Islom axloqi Rasululloh hadislarining yana bir muhim mavzu yo'nalishi, jismoniy va ma'naviy intilishdir. Taho­rat, g'usl masalalari tashqi ozodalik talablari bo'lsa, ha-romdan, yolg'on so'z, g'iybat, tuhmat, zinokorlik, o'zgalar haqiga hiyonatga va zulmga yo'l qo'ymaslik, ulardan qat'iy saqlanish ichki ma'naviy poklikka oid talablardir. Ma'lumki, hadislarda insonning inson oldidagi mas'uliyati «savob», «gunoh» tushunchalari orqali boshqarilishi ayti-ladi. «Savob» mohiyatini ochib beruvchi umuminsoniy qadriyatlarni quyidagicha berishimiz mumkin:



Yüklə 58,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin