Ishqalanish va ishqalanish turlari
Stolning ustida turgan kitobni itarib yuboraylik. Kitob stolning gorizontal sirtida harakatga keladi va boshqa ta’sir ko’rsatilmasa, o’z harakatini sekinlashtirib ma’lum vaqtdan keyin to’xtaydi. Bunga sabab uning stol ustida sirpanishiga tuskinlik qiluvchi va bir-biriga tegib turgan sirtlar orasida vujudga kelgan ishqalanish kuchidir. Yuqoridagi misol asosida, ishqkalanish kuchi jismlarning bir-birlariga nisbatan tezliklariga bog’liq ekanligiga ishonch hosil qilamiz.
Odatda ishqalanishni tashki va ichki ishqalanishlarga ajratishadi. Tashki ishqalanish deb – bir-biriga tegib turgan jismlarning biri ikkinchisining sirtida harakatlanganda sirtlar orasida vujudga keladigan ishqalanishga aytiladi.
Yuqoridagi misolda, kitob va stolning bir-biriga tegib turgan sirtlari orasidagi ishqalanish tashki ishqalanish buladi.
Agar jismlar bir-biriga nisbatan harakatsiz bulsa tinchlikdagi ishqalanish, sirpansa-sirpanish ishqalanish va harakat turiga qarab aylanma, tebranma harakatdagi ishqalanishlarga ajratiladi.
Dostları ilə paylaş: |