O'RTA OSIYO XALQLARI TARIXIDA DIN. Markaziy Osiyo xalqlari shakllanish tarixining murakkab va o'ziga xos tomonlari mavjuddir. Bu vaziyat ularning diniy e'tiqodlarida ham o'z aksini topgan. Bu tarixiy jarayonning mazmunini dinning qadimgi shakllari va elementlari, zardushtiyliq monixeyliq buddizm, xristianliq yahudiylik va islomdan tashkil topgan dinlarning tarixi tashkil qiladi. qayd qilingan bu dinlar Markaziy Osiyo xalqlari tarixida oldinma-ketin o'rin olgan. Bu hudud xalqlarining dastlabki manzilgohlari Farg'ona vodiysi tosh davrida, ya'ni eramizgacha bo'lgan 1 mln. – 500 minginchi yillarda vujudga kela boshlagan. Quyi paleolit davridayoq (eramizgacha bo'lgan 10 ming yillar) bu yerlarda Teshiktosh, Sherobod va boshqa makonlar) ma'naviy madaniyatini shakllanganligini ifoda etuvchi qoyalarga o'yib tasvirlangan rasmlarYU xaykaltaroshlikning eng oddiy turlari paydo bo'la boshlagandi. Ibtidoiy odamlar o'simlik va hayvonlarning ramziy ifodalarini xayoliy tarzda o'zaro biriktirgan, uyg'unlashtirgan; bu ilk badiiy asarlar voqelikni insonning real va hayoliy o'zlashtirishlarini o'zida ifoda etgan; shu bilan birga bular diniy qarashlarning ham vujudga kela boshlaganligini ham bildirgan. Keyinchaliq nealit davrida «muqaddas» hayvonlarga, ona-xudoga bag'ishlangan xaykallar, toat-ibodatlar, diniy urf-odatlar bilan bog'liq buyumlar paydo bula boshlagan. Sharq xalqlarining qadimgi diniy qarashlarida samoviy jismlarga, hodisalarga itoat qilishlar ham keng o'rin olgan. Bu borada yulduzlar harakatiga keng o'rin berilgan. Markaziy Osiyo xalqlarining «Tangri»ga ishonishi, samoviy jism va hodisalarni muqaddaslashtirishlar bilan bog'liq qadimgi bir qancha diniy tasavvurlarning o'zaro uyg'unlashuvining natijasidir. Ko'pgina turkiy xalqlarda Tangri xudo sifatida osmonga, yerga, oyga nisbatan ham qo'llanilgan. Bu vaziyat osmon, yer, suv, tog' xudolarini u davrlarda birbiridan ajratilmaganligidan dalolat beradi. Sharq xalqlari orasida ajdodlar ruhlariga sig'inishlar, ulardan madadlar kutishlar, yer, inson salomatligi uchun foydali bo'lgan chashma va buloqlarni muqaddaslashtirishlar, ular bilan bog'liq qurbonliklar qilishlar hanuzgacha uchrab turadi. Tog' balandliklari, dovonlari, so'qmoqlari bilan bog'liq ruhlar eng kuchli va qudratli ruhlar hisoblangan. Ular sharafiga bag'ishlangan tosh buyumlari, muqaddas tepaliklar, sun'iy to'siqlar, ayrim hollarda esa xom g'ishtlardan qurilgan gumbaz tom bilan yopilgan maxsus inshootlar barpo qilingan. Odatda bular atrofiga tog' echki va quylarning shohlari terib qo'yilgan, uzun tayoqlarga bir tutam jun, latta, paxta va yovvoyi qo'toslarning dumlari osib qqo'yilgan. Hozirgi davrda ham bunday «muqaddas joylar»da, garchi hech kim dafn qilinmagan bo'lsa ham, mozorlar deb atalaveradi. Bular islom bilan bog'liq marosimchiliq toat-ibodatlarning tarkibiy qismiga aylanib qolgan. Dinning qadimiy shakllariga ona xudo (Onaxit) bilan bog'liq tasavvurlar ham kiradi. Ona xudo hosildorlikning, mo'l-ko'lchilikning ramziy ifodasi, oila o'chog'ini, yangi yosh avlodning homiysi ham xisoblangan. O'zbeklardagi Anbar ona, qirg'izlardagi Umoy enelar shular jumlasiga mansubdir. Dehqonlarga «Bobo dehqon» haqidagi tasavvur ham shular qatoriga kiradi. O'rta Osiyo xalqlarining ilk qarashlari tarixi totemistik qarashlar bilan bog'liqdir. Bu qarashlar asosan yirtqichlarni muqaddaslashtirish orqali namoyon bo'ladi. Muayyan insonlar guruhlari hayvon turidan kelib chiqqan deb faraz qilish totemistik qarashlarning asosiy mazmunidir. Masalan, it, buri, kiyik yoki bug'u, burgutlar turkiy xalqlarning bosh totemlari hisoblangan. Ular muayyan urug'larning asoschisi va homiysi deb bilingan. Markaziy Osiyo xalqlarining ilk diniy qarashlarida tuya va otlarni muqaddaslashtirish keng o'rin olgan. Bu jarayon eramizdan oldingi davrlarda kuchmanchilik turmush tarzi va u bilan bog'liq xujalik ishlarining shakllanishi tufayli yanada rivojlangan. Eramizning III-IV asrlaridan boshlab 300 yildan kuproq davr mobaynida qadimgi Buxoroda zarb etilgan tangalarda, garchi turli-tuman ko'rinishlarda bo'lsa ham, tuyaning tasvirlari chop etilgan. Markaziy Osiyo xalqlarining diniy qarashlarida bunday xayvon shakllaridagi muqaddaslashtirishlarning g'oldiqlari uzoq davrlar mobaynida saqlanib qolgan. Fetishizm, animizm va boshqa shu kabilardan iborat bo'lgan qadimgi xalqlarning ilk diniy qarashlarni urug'chilik tuzumining yemirilishi va uning o'rnida sinfiy tabaqaviy jamiyat tashkil topishi jarayonida o'zgarib borgan. Ovchilik bilan bog'liq sehrgarliq afsungarlik va totemistik xislatlarga ega bo'lgan qarash va harakatlar, keyinchalik ruhlar yoki shaytonlar haqidagi tasavvurlarga, hamma narsa va hodisalarni, odamlarni ikkilantirishga, ya'ni bir-biriga nisbatan mustaqil moddiy va ruhiy tomonlari bor degan qarashlarni vujudga keltirgan. Kishilik jamiyatining ilk bosqichlarida; toat-ibodatlar bilan bog'liq ijtimoiy hayotda jamoaning, urug'ining hamma a'zolari bir xil shakllarda qatnashganlar. Chunki bu bosqichlarda urug'dosh va qabiladoshlar orasida ijtimoiy tenglik hukm surgan. Keyinchalik urug'chilik-qabilachilik tuzumining yemirilish davrida, mas'ul kishilar uchun maxsus joylar, ruhoniylikni kasb-hunar qilib olgan kishilar toifasiga (kohinlar, sehrgarlar va boshqalar) vujudga kelgan. Diniy tasavvurlarning ilk shakllari Markaziy Osiyo xalqlarining keyingi diniy qarashlarining tarkibiy qismlarida tarixiy sharoitlar ta'sirida o'zgargan xolda saqlangan: ularning san'ati, madaniyati va turmushiga ham muayyan darajada ta'sir ko'rsatgan.
Mustaqil ta'lim uchun adabiyotlar : 1. Karimov I.A. Olloh qalbimizda, yuragimizda.-T.: O'zbekiston, 1999. 2. Mustaqillik izohli lug'ati.-T.: «Fan», 1998, 53-54, 74-75, 155-157 betlar. 3. Islom. Spravochnik.-T.: 1989. 4. Dinshunoslik asoslari.-T.: O'zbekiston, 1995, 11-19 betlar.