O`zbekiston Respublikasining 1-Prezidenti Islom Abdug`niyevich Karimov tavalludining 83 yilligi munosabati bilan "Qalbimizda mangu barhayot" deb nomlangan Xotira kechasining senariysi. Musiqa xonasi tadbirga mos bezatilgan. A.K.T. orqali mungli musiqa bilan 3-4 daqiqali videorolik ko`rsatiladi. Sahnaga boshlovchi chiqib keladi. Boshlovchi:Assalomu alaykum aziz mehmonlar, mehribon ustozlar, jajji bolajonlar. O`zbekiston Respublikasining 1-Prezidenti Islom Abdug`aniyevich Karimov tavalludining 83 yilligiga bag`ishlab o`tkazilayotgan "Qalbimizda mangu barhayot" deb nomlangan tadbirimizga xush kelibsizlar. Sahnaga bolajonlarimizni taklif qilamiz.
Dilshoda: Xotira o`zlikni anglashga, o`tmishni doimo yodda tutishga da`vat etib turadigan muqaddas tuyg`udir. U orqali inson o`ziga yaxshi hislatlarni qaror toptirib boradi. Biz "Millat", "Vatan", "Istiqlol" kabi so`zlarni hurmat bilan tilga olamiz. Ana shu tushunchalar haqida so`z yuritganda gapning bir uchi xotiraga borib taqaladi. Inson xotirasi buyuk va muqaddasdir.
Mirzohid: Insonni e`zozlash, izzat hurmatini qilish, o`tgan ajdodlar ruhini ardoqlash, har bir fuqaroning Vatan oldidagi hizmatini qadrlash, xalqimizning turmush tarzi ruhiyati, an`ana va hayotiy odatlariga aylanmoqda.
Ma`suma: O`zbekiston Respublikasining mustaqillikka erishishida, demokratik davlat barpo etishida yetakchilik qilgan Islom Karimov 1938 yilning 30 yanvarida Samarqand shahrida xizmatchi oilasida dunyoga kelgan.
Akbarjon: Mustaqillik bizga olloh bergan oliy ne`matdir, Mustaqil yurt farzandiman demoqlik ham bir baxtdir. Yurtboshim o`gitlarin unutmaylik xech qachon, Yonib yasha degan so`zi bilsak buyuk hikmatdir.
Boshlovchi: Rahmat bolajonlarim, endigi navbatni bolajonlarimiz ijrosidagi "Islom bobo" qo`shig`iga beramiz.
Boshlovchi: Rahmat bolajonlar. Sahnaga bolajonlarimizni taklif qilamiz, ular kechamizni yod olgan she`rlarini aytib davom ettiradilar.
Omina: Do`stim bir lahza sukut saqlaylik,
Baxtimiz qurboni bo`lganlar haqqi.
Nomini yod etib, bir-bir yo`qlaylik,
Xalqim deb, yurtim deb o`tganlar haqqi.
Muhammadrizo:Kel, do`stim, bir lahza quloq beraylik,
Tinglaylik mardlarning yurak sasini.
Mangulik bog`idan gullar teraylik,
Qalblarga yozaylik xotirasini.
Dilbar: Kel do`stim bir lahza sukut saqlaylik,
Shu qutlug` dargohni qilaylik ta`vof.
El-u yurt chekmasin sira iztirob,
(barcha bolalar birgalikda)
Kel, do`stim, bir lahza sukut saqlaylik.
(bir lahza sukut saqlanadi).