Salom shirin so`zimiz


Boshlovchi: Endigi navbatni qizlarimiz ijrosidagi "O`zbekiston" raqsiga beramiz. Boshlovchi



Yüklə 281,04 Kb.
səhifə2/30
tarix07.01.2024
ölçüsü281,04 Kb.
#207615
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
Islom Karimov ssenariylar

Boshlovchi: Endigi navbatni qizlarimiz ijrosidagi "O`zbekiston" raqsiga beramiz.
Boshlovchi: Sahnaga bolajonlarimizni taklif qilamiz.
Nurhayo: Istiqlol quyoshi charog`on,
Esmoqda bir mayin sabolar.
Nomlari tirikdir har qachon,
O`lmaydi xech qachon daholar.
Azizbek: Ollohning erdagi soyasi,
Doston-u tillarda yashaysiz.
Xalqimning ulug`vor qoyasi,
Siz mangu dillarda yashaysiz.
Soliha: Quyoshsiz charog`on, yulduzsiz,
Nur sochib yashaysiz siz abad.
Yuksaldi jahonga tutdi yuz,
Siz qurgan ulug`vor saltanat.
Asadbek: Shod bo`lsin ruhingiz jannatda,
Shu tilak tilagay barcha qalb.
O`zbek deb atalgan millatga,
Istiqlol bitildi siz sabab.
Sharofat: Istiqlol safosi gullarda,
Esmoqda xur vatan sabosi.
Siz mangu yashaysiz dillarda,
O`zbekning ey buyuk dahosi.
Boshlovchi: Sahnaga yigitlarimizni taklif qilamiz va ular ijrosida raqs tomosha qilamiz.
Boshlovchi: Marhum yurtboshimizning har bir aytgan so`zlari biz yoshlarga juda katta tarbiya va o`gitdir. Endigi navbatda bolajonlarimiz marhum prezidentimiz aytgan o`gitli so`zlari bilan tadbirimizni davom ettiradilar.
1.O`zbekiston-kelajagi buyuk davlat.
2.Elim deb, yurtim deb yonib yashash kerak.
3.Vatan menga nima berdi deb emas, men Vatanga nima berdim deb yashash kerak.
4. XXl-asr intellektual yoshlar asri.
5.Eng buyuk jasorat-ma`naviy jasoratdir.
6.Tarixiy xotirasiz kelajak yoq.
7.Biz xech kimdan kam emasmiz va kam ham bo`lmaymiz.
8.Farzandlarimiz kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli bo`lishi shart.
9.Dunyoda xech narsa davlatni sportchalik tez dunyoga tanita olmaydi.
Boshlovchi: Tadbirimizni bolajonlarimiz ijrosidagi qo`shiq bilan davom ettiramiz.
Boshlovchi: Biz muhtaram prezidentimizni yurtimiz mustaqilligi, tinchligi, obodligi, bunyodkorligi va farovonligi yo`lida olib borgan ishlari haqida qancha gapirsak ham kamdir.Biz faqat yurtboshimiz boshlab bergan ishlarini davom ettirib, ular xohlagandek kuchli, bilimli, dono va baxtli bo`lib ularni ruhini shod etishimiz mumkin. Shunung bilan bugungi "Qalbimizda mangu barhayot" nomli xotira kechamiz o`z nihoyasiga yetdi. Istardimki xotira va qadr tuyg`usi xech birimizdan yiroqlashmasin, hamisha qalbimizda aks-sado berib tursin. Bizning kelajagimiz bo`lgan siz bolajonlar bir kun ulg`ayib prezidentimiz orzu qilganiday aqilli, zukko, bilimli bo`lib, O`zbekistonimiz ravnaqi, rivoji uchun o`z hissangizni qo`shasiz degan umiddaman.
Namangan viloyati Uchqo`rg`on tumani

  1. MTT tarbiyachisi S. Ismailova

Tayyorlov guruhi uchun.



Yüklə 281,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin