Mustaqil O‘zbekiston davlati asoschisi, buyuk davlat va siyosat arbobi, o‘zbek xalqining ardoqli farzandi, mamlakatimiz Birinchi Prezidenti Islom Karimov jonajon Vatanimizni mustabid tuzum qaramligidan ozod qilib, halokat yoqasiga kelib qolgan mamlakatimizni qayta tikladi. Islom Karimov serqirra siyosiy faoliyati, olijanob insoniy fazilatlari bilan xalq farovonligi, mamlakat taraqqiyoti yo‘lida fidoyilik ko‘rsatib, tarixda o‘chmas iz qoldirdi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning “O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimovning xotirasini abadiylashtirish to‘g‘risida”gi qarori asosida har yili Islom Karimov tavallud topgan sana — 30-yanvar jamoat birlashmalari, turli tashkilotlar va ta’lim muassasalarida keng nishonlanishi belgilangan.
Tadbir maktab zalida yoki sinf¬xonada o‘tkaziladi. Sahna Islom Karimov surati, 80 raqami va gullar bilan bezatiladi. Atrofga turli rangdagi bayroqchalar va sharlar ili¬na¬di.Tadbirga ota-onalar, ustozlar va o‘quvchilar taklif etiladi.
Qatnashchilar “Hech kimga bermaymiz seni, O‘zbekiston” qo‘shig‘i ostida kirib keladi. Maktab direktori yoki o‘rinbosari kechani ochib bergach, O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi yangrab, badiiy qism boshlanadi.
1-boshlovchi: — Assalomu alaykum, hurmatli ustozlar! Aziz ota-onalar, qadrli o‘quvchilar. O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimovning 80 yillik yubileyi munosabati bilan o‘tkaziladigan “Qalbi quyoshday balqqan, mehribon bobojonim” deb nomlangan tadbirimizga xush kelibsiz! Bolajonlar, bobomiz hayoti va faoliyati haqida nimalarni bilasiz? Keling, bugun bilganlarimiz haqida fikrlashamiz.
1-o‘quvchi: — O‘zbekiston Respublikasining mustaqillikka erishishida, demokratik davlat barpo etilishida yetakchilik qilgan Islom Karimov 1938-yilning 30-yanvarida Samarqand shahrida xizmatchi oilasida tug‘ilgan.
2-o‘quvchi: — Millati o‘zbek. Oliy ma’lumotli. O‘rta Osiyo politexnika va Toshkent xalq xo‘jaligi institutlarini tugatgan. Muhandis-mexanik va iqtisodchi mutaxassisliklarini egallagan.
3-o‘quvchi: — Islom Karimov mehnat faolyatini 1960-yili Toshkent qishloq xo‘jaligi mashinasozligi zavodida boshlagan. 1961-yildan 1966-yilgacha yetakchi muhandis, konstruktor bo‘lib ishlagan.
4-o‘quvchi: — 1966-yili O‘zbekiston SSR Davlat plan komitetiga ishga o‘tib, bosh mutaxassislikdan Respublika Davlat plan komiteti raisining birinchi o‘rinbosari lavo¬zimigacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tdi.
5-o‘quvchi: — 1983-yili Islom Karimov O‘zbekiston SSR moliya vaziri, 1986-yilda O‘zbekiston SSR Ministrlar Soveti Raisining o‘rinbosari, Respublika Davlat plan komiteti raisi etib tayinlangan.
6-o‘quvchi: — 1986–1989-yillarda Qashqadaryo viloyati partiya komitetining birinchi kotibi, 1989-yilning iyunidan O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining 1-kotibi lavozimida ishlagan.
7-o‘quvchi: — 1990-yil 24-mart kuni O‘zbekiston SSR Oliy kengashining sessiyasida Islom Karimov O‘zbekiston SSR Prezidenti etib saylandi. Shu tariqa O‘zbekiston Respublikasida birinchi marta Prezidentlik lavozimi joriy qilindi.
1-boshlovchi: — 1991-yil 31-avgust kuni Islom Karimov muhim tarixiy voqea — O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligini e’lon qildi.
2-boshlovchi: — Shu kuni O‘zbekiston Respublikasi¬ning mustaqilligi to‘g‘risidagi qonun qabul qilindi. Xalqimiz erishgan barcha yutuqlar haqli ravishda aynan bobomiz nomi bilan bog‘liq.
(O‘quvchilar Vatanni madh etuvchi she’rlar o‘qiydi).
1-boshlovchi: — Islom Karimov 1991-yil 29-dekabr kuni muqobillik asosida o‘tkazilgan saylovda 86 foiz ovoz to‘plab, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylandi.
2-boshlovchi: — Bobomiz mustaqil O‘zbekiston Respublikasini barpo etish, fuqarolar tinchligi va milliy totuvligini ta’minlashga qo‘shgan ulkan hissasi hamda bu borada matonat va jasorat ko‘rsatgani uchun “O‘zbekiston Qahramoni” unvoni, “Mustaqillik”, “Amir Temur” ordenlari bilan taqdirlangan.
(O‘quvchilar Vatanni madh etuvchi she’rlar o‘qiydi).
Masalan:
Bu tuproqning farzandlari bek bo‘ladi,
Topgan-tutgan davlatlari erk bo‘ladi,
Ildizlari hazrati o‘zbek bo‘ladi,
Beshigida avliyolar o‘sgan elim,
Sadoqatni Yurtboshingdan o‘rgan, elim!
1-boshlovchi: “Qat-qat qatlama, aqling bo‘lsa tashlama”. Bu topishmoqning javobini toping-chi.
2-boshlovchi: — Axir, bu hammamiz sevib mutolaa qiladigan kitob. Nega birdan topishmoq aytishni ixtiyor etdingiz?
1-boshlovchi: — Inson o‘z bilimlarini kitob orqali oshiradi. Bobomiz ham ancha kitoblar yozib, biz yoshlarga meros qilib qoldirgan. Keling, ularning ayrimlarini esga olamiz.
1-o‘quvchi: — “O‘zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura”.
2-o‘quvchi: — “Bizdan ozod va obod Vatan qolsin”.
3-o‘quvchi: — “Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir”.
4-o‘quvchi: — “Yangicha fikrlash va ishlash — davr talabi”.
5-o‘quvchi: — “Xavfsizlik va barqaror taraqqiyot yo‘lida”.
6-o‘quvchi: — “Biz kelajagimizni o‘z qo‘limiz bilan quramiz”.
7-o‘quvchi: — “O‘zbek xalqi hech qachon, hech kimga qaram bo‘lmaydi”.
1-boshlovchi: — Har bir yozgan asari bizni Vatanga sadoqatli farzand bo‘lishga chorlaydi. Marhamat, ting¬lab, tomosha qiling. “Kitob — mening do‘stimsan” qo‘shig‘ini 3-sinf o‘g‘il-qizlari ijro etadi.
2-boshlovchi: — Bobomizning bizga qarata aytgan bir gapi doimo yodimizda: “Ey bolam, sening Vataning bitta — barchamizga aziz, betakror mana shu O‘zbekiston. Ota-bobolaring xoki ham shu yerda yotibdi. Shu muqaddas zamin seni dunyoga keltirgan, sen uni obod etishing, himoya qilishing shart. Nafaqat sening o‘z hayoting, balki senga umid ko‘zini tikib turgan ota-onang, opa-singillaring, yosh go‘daklar, nuroniy qariyalarimizning hayoti ham ana shu burchingni nechog‘lik ado etishingga bog‘liq”.
1-boshlovchi:
Mustaqillik bizga Olloh bergan oliy ne’matdir,
Mustaqil yurt farzandiman, demoqlik ham bir baxtdir.
Yurtboshimiz o‘gitlarin unutmaylik hech qachon,
Yonib yasha, degan so‘zi, bilsak buyuk hikmatdir.
4-sinf qizlari raqs ijro etadi.
1-boshlovchi:
Bir xabar tarqaldi, yarim tun edi,
Go‘yo g‘am seliga botdim, yo‘qoldim.
Kimdir, yo‘lboshchidan ayrildik, dedi,
Men-chi, aziz do‘stdan ayrilib qoldim.
(Bu satrlar 2016-yil 4-sentabr kuni O‘zbekiston Qahramoni, Xalq shoiri Abdulla Oripov tomonidan bitilgan).
2-boshlovchi: — Shu kuni butun O‘zbekiston ahli yig‘ladi. Biz bobomizni bugun dunyodan o‘tgan, deb ayta olmaymiz. Chunki bobomiz har bir qilgan ishimizning boshida, yo‘limizda nur, qalbimizda quyosh bo‘lib porlamoqda.
1-boshlovchi: — O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov xotirasi qalbimizda mangu yashaydi. Abadiylik va ehtirom ramzi sifatida bobomizga atab haykallar o‘rnatildi. O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bobomiz haykali ochilishi marosimida shunday degan edilar: “Milliy mustaqilligimizning asoschisi, muhtaram Islom Abdug‘aniyevichning so‘nmas xotirasiga qo‘yilgan eng buyuk haykal — bu mustaqil va suveren, erkin va ozod O‘zbekiston davlatidir, desak ayni haqiqatni aytgan bo‘lamiz”.
2-boshlovchi: — Shuning bilan bobomizning 80 yillik yubileyiga atab o‘tkazilgan kechamizni yakunlaymiz. Islom Karimovning xotirasi doimo yodimizda. U kishining pand-nasihatlarini hech qachon unutmaymiz.
O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Abdug'aniyevich Karimov tavvaludiga bag'ishlab o'tkaziladigan “Mustaqil yurtimning –millat otasi”mavzusidagi Xotira kechasining sennariysi Sahnada proektorda mungli musiqa bilan 3 daqiqali videorolik ko’rsatiladi so’ng sahnaga boshlovchilar chiqib keladi