Diniy tashkilotlar faoliyati



Yüklə 31,19 Kb.
tarix16.01.2023
ölçüsü31,19 Kb.
#79348
mustaqil ish falsafa


Diniy tashkilotlar faoliyati

Reja
1. Diniy tashkilotlar haqida


2. o’zb.dagi diniy tashkilotlar
3.O’zbda diniy ta’lim haqida
4. Diniy tashkilotlar to’g’risidagi qonun
5. Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar

1.
Diniy tashkilot - diniy ehtiyojlarni birgalikda qondirish yoki qondirishga koʻmaklashish maqsadida tuziladigan va diniy marosimlarni ado etish asosida ish koʻradigan ixtiyoriy, teng huquqli va oʻz-oʻzini boshqaruvchi uyushma. Ayni vaqtda u fuqarolarning vijdon erkinligini kafolatlovchi tuzilmalardan hisoblanadi. D.t.larning taʼlimoti, tarixiy anʼanalari, diniy uyushmalar tuzilishida tutgan oʻrni va roli turli-tuman boʻlishi mumkin. Fuqaroning D.t.ga aʼzoligi uning huquqiy maqomini, jumladan boshqa shaxslar bilan tengligini cheklab koʻya olmaydi. D.t.larning eng muhim belgisi — ularning oʻz-oʻzini boshqarishidir, yaʼni, ular maʼmuriy jihatdan davlat idoralaridan ajratilgan. D.t.larning faoliyati qonunlarga zid kelmasa, davlat ularning ichki aqidaviy ishlariga aralashmaydi. Ular oʻz ustav (nizom)lariga muvofiq tashkil topish va ish yuritish, xodimlarni tanlash, tayinlash va almashtirish huquqiga egadirlar. D. t.larning ustavlari ularning tuzilishi, diniy taʼlim va faoliyatning boshqa masalalarini belgilab beradi. Baʼzi D.t.lar iyerarxiya tizimida tashkil topgan. Mas, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi, Rus pravoslav cherkovining Toshkent va Oʻrta Osiyo Yeparxiyasi masjidlar, cherkovlar, oʻquv yurtlari, mahalliy tashkilotlar va oʻz boshqaruv organlariga ega.


Oʻzbekistan Respublikasining "Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisida"gi (1998) qonunida taʼkidlanganidek, Oʻzbekistan Respublikasi fuqarolarining dinga eʼtiqod qilish, ibodat, rasm-rusum va marosimlarni birgalikda ado etish maqsadida tuzilgan koʻngilli birlashmalari (diniy jamiyatlar, diniy oʻquv yurtlari, masjidlar, cherkovla r, sinagogalar, monastirlar va b.) D.t.lar deb eʼtirof etiladi. Tegishli ustav (nizom) asosida faoliyat yurituvchi respublika diniy uyushmalari Oʻzbekistan Respublikasining Adliya vazirligi tomonidan roʻyxatga olinadi. Viloyat, tuman va shahar, shaharcha va qishloq hududida boʻlgan D.t.lar tegishli viloyatlar, shuningdek, Toshkent sh. hokimligi adliya boshqarmalari tomonidan roʻyxatga olinadi. D.t. roʻyxatga olingandan sung u yuridik shaxsga aylanadi. D.t. yuridik shaxs sifatida qonunlarga va oʻz nizomiga muvofiq holda huquqlardan foydalanadi hamda majburiyatlarni oʻtaydi. D.t. rahbarining tashkilot ustavini roʻyxatdan oʻtkazishd an boʻyin tovlashi qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka olib keladi. Roʻyxatdan oʻtmagan D.t.larning faoliyat koʻrsatishiga yoʻl qoʻygan mansabdor shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar. D.t.lar faoliyati ikki holda: ular oʻz nizomlariga muvofiq tugatilganda va "Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻtrisida"gi qonun qoidalari yoki boshqa qonun hujjatlariga rioya qilinmaganda toʻxtatiladi. D.t. faoliyatini toʻxtatish haqidagi qaror Oʻzbekistan Respublikasi Adliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent sh. hokimligining adliya boshqarmalari tomonidan qabul qilinadi. D.t.lar qabul qilingan qaror ustidan xalq sudiga shikoyat qilish huquqiga ega, shikoyat fuqarolik ishlarini yurituvchi sud tomonidan koʻrib chiqiladi. D.t.lar tasarrufida binolar (masjidlar, cherkovlar, sinagogalar, kirxalar, monastirlar, ibodatxonalar va b. inshootlar), i.ch. korxonalari (bosmaxonalar, fermalar, badiiy-tikuv sexlari va h.k.), ijtimoiy va xayriya obʼyektlari (yetimxonalar, qariyalar uylari va h.k.), diniy anjomlar (diniy kitoblar, ikonalar, shamlar va h.k.), ular faoliyatini taʼminlash uchun zarur transport vositalari, pul va b. mulklar boʻlishi mumkin. D.t.larning mulkiy huquqi qonun tomonidan himoya qilinadi.

2.
Ochiq va erkin fuqarolik jamiyatini qaror toptirishga qaratilgan amaliy choralar natijasida mamlakatimizda nodavlat notijorat, shu jumladan, diniy tashkilotlar uchun zarur sharoitlar yaratildi. Xususan, diniy tashkilotlarni ro‘yxatdan o‘tkazuvchi adliya idoralariga taqdim etiladigan hujjatlar soni keskin qisqardi. Ularni ko‘rib chiqishning muddati esa 3 barobarga kamaydi, ya’ni 3 oydan 1 oyga tushirildi. Diniy tashkilotni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etish asoslari qonun bilan belgilanib, unda ko‘rsatilmagan asoslarga ko‘ra rad etishga yo‘l qo‘yilmasligi ta’minlandi. – 2021 yilda “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi qonunning yangi tahrirda qabul qilingani soha rivojiga yo‘l ochdi. Qonunni tayyorlashda xalqaro me’yor va talablar, birinchi navbatda, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi, Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt hamda BMTning Inson huquqlari bo‘yicha qo‘mitasining umumiy tartibdagi sharhlari puxta o‘rganilib, ulardagi asosiy qoida va tamoyillar inobatga olingan.


Diniy tashkilotning faoliyatini to‘xtatib qo‘yish va tugatish faqatgina sud orqali bo‘lishi mustahkamlab qo‘yildi.
Diniy tashkilotlarni ro‘yxatdan o‘tkazadigan va boshqa davlat organlari bunga haqli emasligi, mansabdor shaxslarning muayyan diniy tashkilot qonuniy manfaatlarini buzuvchi xatti-harakatlari ustidan sudga murojaat qilinganda diniy tashkilot davlat bojini to‘lashdan ozod etilishi kabi qo‘shimcha kafolatlar ham berildi.
Diniy qarash va ta’limotlarning turlicha talqin qilinishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida “noqonuniy diniy faoliyat” bilan “qonuniy diniy faoliyat” o‘rtasidagi chegara aniq belgilab qo‘yildi. “Diniy ta’lim” tushunchasiga huquqiy jihatdan aniqlik kiritildi.
Shuningdek, qonun bilan belgilab qo‘yilayotgan vijdon erkinligini ta’minlash sohasidagi asosiy ustuvorliklar konfessiyalar o‘rtasida tinchlik va totuvlikni ta’minlash, dunyoviy davlatchilik tamoyilini kafolatlashga qaratilgan. Shuningdek, aholi ongi va qalbiga yot g‘oyalarning singdirilishiga qarshi ma’rifat yo‘li bilan kurashish qonunning muhim jihatlaridan biridir.
– O‘zbekiston – ko‘p konfessiyali mamlakat. Unda istiqomat qiladigan 130 dan ortiq millat va elat vakillari 16 konfessiyaga amal qiladi.
Adliya vazirligi va uning hududiy bo‘linmalari tomonidan jami 2 ming 318 diniy tashkilotlar ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Shulardan 2 ming 127 tasi islomiy, 191 tasi noislomiy. Bulardan 2099 tasi masjid va 184 tasini cherkovlar tashkil etadi.
Ularning o‘zaro tinch, totuv va hamkor faoliyat ko‘rsatishi Vatanimiz ravnaqi, yurtimiz tinchligini ta’minlashga xizmat qiladi.

3.
Aytib o‘tish kerkki, diniy ta’limning professional maqomi rasman e’tirof etildi, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining dinga bo‘lgan munosabatidan qat’i nazar, dunyoviy ta’lim olish huquqi ta’minlanishi qayd etildi.


Har qanday shaxsning “o‘zicha” aholiga diniy ta’lim berishi – noan’anaviy aqidalarning tarqalishiga, mutaxassis bo‘lmagan shaxslar tomonidan sof diniy masalalar bo‘yicha biryoqlama tushunchalar berilishiga olib keladi.
Bu esa jamiyatda diniy masalalar bilan bog‘liq ixtiloflar kelib chiqishiga, aholining yot g‘oya va qarashlar ta’siriga tushishiga sabab bo‘ladi. Shu maqsadda, diniy ta’lim muassasasidan tashqarida diniy ta’lim berish noqonuniy faoliyat sifatida belgilandi. O‘zbekiston dunyoviy xarakterdagi davlat va diniy tashkilotlar davlatdan
ajratilgan bo‘lishiga qaramay, ularni jamiyatdan ayri holda tasavvur etib
bo‘lmaydi. Shu sababli davlat diniy tashkilotlarning qonuniy faoliyatini qo‘llab
quvvatlaydi, jamiyatning ma’naviy qadriyatlarini tiklanishi va rivojlanishida
diniy tashkilotlar ko‘magiga tayanadi, ya’ni O‘zbekistonda din davlatdan
ajratilgan bo’lsada, jamiyatning ajralmas bo‘lagi hisoblanadi.
Bugungi kunda din bilan bog‘liq huquqiy munosabatlarda ishtirok etuvchi
fuqarolar va davlatning o‘rni va ahamiyati birmuncha oydin bo‘lsa-da, diniy
tashkilotlar haqida, ularning maqomi va vazifalari, faoliyati haqida ma’lumotga
ega bo‘lish vijdon erkinligi sohasidagi bilim va ko‘nikmalarning yanada ortishiga
xizmat qiladi.

4.
O‘zbekiston Respublikasining «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi


Qonunining 8-moddasi diniy tashkilotlarga bag‘ishlangan bo‘lib, unda
aytilishicha, «O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining dinga e’tiqod qilish,
ibodat, rasm-rusumlar va marosimlarni birgalikda ado etish maqsadida tuzilgan
ko‘ngilli birlashmalari (diniy jamiyatlar, diniy o‘quv yurtlari, masjidlar,
cherkovlar, sinagogalar, monastirlar va boshqalar) diniy tashkilotlar deb e’tirof
etiladi» [2].
Diniy tashkilotga berilgan bu kabi ta’rif boshqa davlatlar qonunchiligida ham
uchraydi. Jumladan, Armaniston Respublikasining «Vijdon erkinligi va diniy
tashkilotlar to‘g‘risida»gi qonunida «Diniy tashkilot – bu fuqarolarning dinga
e’tiqod qilish, ibodat, rasm-rusumlar va marosimlarni birgalikda ado etish
maqsadida tuzilgan ko‘ngilli birlashmalari (cherkovlar, diniy jamiyatlar,
eparxiyalar, monastirlar, diniy kongregatsiyalar, diniy o‘quv yurtlari,
nashriyotlar) dir» deya ta’rif berilgan.
Rossiya Federatsiyasining «Vijdon erkinligi va diniy birlashmalar to‘g‘risida»gi
federal Qonuni[4]ning 8-moddasi 1-bandida: «Rossiya Federatsiyasi fuqarolari,
Rossiya Federatsiyasi hududida doimiy va qonuniy asoslarda istiqomat
qiladigan boshqa shaxslarning dinga birgalikda e’tiqod qilish va tarqatish
maqsadlarida tuzilgan va yuridik shaxs sifatida qonun bilan belgilangan tartibda
ro‘yxatdan o‘tgan ko‘ngilli birlashmalari», diniy tashkilot deb e’tirof etiladi.
Demak, diniy tashkilot tushunchasiga berilgan ta’riflar o‘rtasida mushtarak
jihatlar mavjud. Umuman olib qaraganda diniy tashkilot inson va fuqarolarning
vijdon erkinligi huquqini amalga oshirishlariga ko‘maklashuvchi notijorat
ko‘ngilli tashkilot hisoblanadi.
Mamlakatimizda faoliyat yuritadigan barcha diniy tashkilotlar O‘zbekiston
Respublikasining Konstitutsiyasiga, O‘zbekiston Respublikasining «Vijdon
erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi yangi tahrirdagi qonuniga va
amaldagi boshqa qonunchilik hujjatlariga asosan tashkil etiladi va faoliyat
ko‘rsatadi.

Xulosa
Diniy tashkilotlarni vijdon erkinligini ta’minlashdagi o‘rni va ahamiyatini hisobga olib davlat tomonidan ularga bir qator imtiyozlar ham belgilangan. Jumladan, «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi qonunning 16- moddasida diniy tashkilotlar muayyan miqdorda davlat mulkidan foydalanishlari mumkin ekani ko‘rsatilgan. Shunga ko‘ra, diniy tashkilotlar o‘z ehtiyojlari uchun davlat organlari tomonidan shartnoma asosida beriladigan binolar va mol-mulkdan foydalanishga haqlidir. Bu esa tegishli hokimiyat organlari ruxsati bilan amalga oshiriladi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining «Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida»gi Qonuni [5]ning 27- moddasiga muvofiq tarixiy va madaniy yodgorliklar ob’ektlari va buyumlar diniy tashkilotlarga tekin foydalanish shartnomasi shartlarida berib qo‘yilishi ko‘zda tutilgan. Bundan tashqari, Vazirlar Mahkamasining «Din sohasidagi ma’naviy-ma’rifiy, ta’lim ishlarini va faoliyatni takomillashtirishda ijtimoiy ko‘mak va imtiyozlar berish to‘g‘risida»gi Qarorini bir so‘z bilan diniy tashkilotlarga nisbatan belgilangan sanatsiya deb atash mumkin. Chunki, bu Qaror diniy tashkilotlarga 34 «Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar: nazariy va amaliy izlanishlar» nomli ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya kommunal xizmatlar uchun olinadigan to‘lovlarni yuridik shaxs sifatida emas, balki jismoniy shaxslardan olinadigan miqdorda to‘lash huquqini berdi. Kommunal xizmat to‘lovlaridagi farq tufayli yuzaga kelgan tushumlar va ziyoratgohlardan tushadigan xayriya mablag‘larini O‘zbekiston musulmonlari idorasi tizimidagi masjidlarni ta’mirlash, diniy ta’lim muassasalarining o‘quv va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, o‘qituvchi-mudarris va imomxatiblarning mehnatini rag‘batlantirish ishlariga sarflash belgilab qo‘yildi.


Foydalanilgan adabiyotlar


Adabiyotlar 1. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. – Toshkent: “O’zbekiston” 2021. 2. O’zbekiston Respublikasi Qonuni «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi O’RQ-699-son. https://lex.uz/docs/-5491534 3. O’zbekiston Respublikasi Qonuni «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi O’RQ-699-son. https://lex.uz/docs/-5491534 4. Федеральный закон "О свободе совести и о религиозных объединениях" от 26.09.1997 N 125-ФЗ (последняя редакция) 5. O‘zbekiston Respublikasining Qonuni «Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida»gi O’RQ-228-son.
Yüklə 31,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin