Baptizm. Protestant ta’limotining eng ko’p sonli davomchilari baptistlardir. Baptizm (yunoncha «suvga cho’ktirish») XVII asr boshlarida vujudga kelgan bo’lib, hozirgi kunda dunyoning 130 mamlakatida o’z tarafdorlariga ega. Bu ta’limot tarafdorlari faqat o’spirinlarnigina cho’qintirishga olib boradilar. «Hech kim, jumladan, ota-onalar ham kishi uchun biror dinni tanlay olmaydi. Kishi dinni ongli ravishda o’zi ixtiyor qilmog’i zarur», degan qoida baptistlar va zabur xristianlarining asosiy qoidasidir, ularda ibodat o’ta soddalashtirilgan bo’lib, diniy qo’shiq, ibodat va mav’izadan iborat. Zabur xristianlari to’rtta rusumni saqlab qolishgan: cho’qintirish, (o’spirinlar uchun) tanovul, nikoh, qo’l bilan silab qo’yish. Bu xristianlar uchun but ehtirom ramzi emas.
Adventistlarharakati. Adventistlar (lotincha - kelish) harakati Amerikada XIX asrning 30 yillari og’ir iqtisodiy buhron (krizis), umumiy ishsizlik davrida vujudga keldi. Uning asoschisi Vilyam Miller (1782-1849). Adventistlar bir necha mustaqil cherkovlarga bo’lingan bo’lib, ularning eng kattasi «Ettinchi kun adventistlari». Ularning asosiy g’oyasi Isoning ikkinchi bor erga tushishi va insoniyatni xalos etib, shayton va uning tarafdorlarini bilan urushib, ularni mutlaq yakson qilishidir. Ular kishilarni Isoni kutib olish uchun yaxshi axloqli bo’lishga chaqiradi. Adventistlar dindorlardan o’z mablag’laridan o’ndan birini cherkov hisobiga o’tkazishlarini va tinmasdan targ’ibot ishlarini olib borishlarini talab qiladi. Iso payg’ambarning ikkinchi marta erga qaytishi haqidagi bashorat najot yo’li deb hisoblanadi.
Hozirgi paytda Farbiy hamda Sharqiy cherkovlarning rahbarlari ko’p asrli ixtiloflarning ayanchli oqibatlarini bartaraf qilishga intilmoqdalar. Masalan, 1964 yili Rim Papasi Pavel VI va Konstantinopol patriarxi Afinagor ikkala cherkov vakillarining XI asrda aytgan o’zaro qasamyodlarini tarqoqligini bartaraf qilish uchun birinchi qadam qo’yildi.