Dinshunoslik ma'ruza doc



Yüklə 4,2 Mb.
səhifə19/42
tarix09.09.2023
ölçüsü4,2 Mb.
#142146
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   42
dinshunoslik 14

XRISTIANLIKNING DINIY TA'LIMOTI. Xristianlikning muqaddas diniy yozuvi Bibliyaning ikkinchi g'ismi «Yangi ahd» bo'lib, u eramizning I-II asrlarda grek tilida yaratilgan.
Bibliyaning xristianlik paydo bo'lmasdan birmuncha oldin yaratilgan 1 - qismi «Eski ahd» deb atalib, u iudaizmning muqaddas yozuvi hisoblanadi. Bibliyaning ikkinchi qismi «yangi ahd» deb atalib, u xristianlikning muqaddas yozuvi deb hisoblanadi.
«Yangi ahd» 27 kitob (bob) dan tashkil topgan. Uning tarkibiga 4 ta «Injil» (Yevangiliye, ya'ni Xushxabar), havoriylarning (Iso shogirdlari, xristianlikning dastlabki tartibotlari) amallari, 21 risola va Ioanning «Vahiynomasi» kiritilgan.
Xristianlikning ta'limoti boshqa jahon dinlari kabi mutlaq, abadiy, o'zgarmas karomatni, bilimni, benihoya qudratning egasi bo'lgan yakka xudo haqidagi g'oyani o'zlashtirgan. Lekin ulardan (islom va iudaizmdan) farqi shundaki, u uch ko'rinishdagi yakka xudoni o'zida mujassamlashtirganlik aqidasini yaratgan. Uch ko'rinishdagi xudo haqidagi ta'limotga binoan, xudoning ichki hayoti sababi o'z-o'zidan mavjud bulgan uchlikdagi uch asos yoki «muqaddas uchlik» bo'lgan ota-xudo, o'g'il-xudo va
muqaddas ruhning o'zaro munosabatidir. O'g'il iso bayon qilingan tarjimai xoliga ko'ra ota-xudodan, muqaddas ruh ham ota-xudodan yaratilgan (pravoslav yunalishi ta'limoti), (katolisizmda esa ota-xudo va o'g'il-xudo ham xudodan tug'ilgan).
Xudoning mujassamlanishi yoki Isoning ikki mohiyati odam mohiyati, xudo mohiyati haqida,
«gunohni yuvish», ya'ni «Isoning o'zini ixtiyoriy tarzda qurbon qilishi» haqidagi ta'limot bilan mustahkamlangan. Xristianlik muqaddas ruh ota xudo bola xudo va muqaddas ruh uch yuzli xudo to'g'risidagi ta'limoti, targ'iboti, tashkilotchiligi, jannat va do'zah oxirat ya'ni dunyoning oxiri borligi, Isoning qayta tirilishi haqidagi va boshqa aqidalarni o'z ichiga olgan. 381 yili xristianlarning Konstantinopolda bo'lib o'tgan 11 jahon yig'ilishida cho'qinish va tirilish haqidagi yangi aqida qabul qilingan.
Ota xudo tabiat, odam va farishtalarni yaratgan, deb hisoblanadi. Xudoning gavdalanishi aqidasiga ko'ra, Iso xudoligicha qolgan xolda Mariya ismli qizdan tug'ilgan odam ham bo'lib qolgan. Butga parchinlangan xudo Iso tortgan azoblari va o'limi bilan o'zini odamlarning gunohlari uchun ota xudoga qurbon qilgan va shu bilan gunohini yuvgan. Ushbu aqidaga ko'ra, Iso odamzodga gunohlardan xalos bo'lish yulini ko'rsatib bergan. Isoning tirilishi ag'idasi kelgusida hamma odamlar tirilishining garovi, deb e'lon qilingan. U tirilgandan so'ng osmonga ota xudo xuzuriga chiqqanligi, ya'ni osmonga chiqib tushishi (islomda me'roj) aqidasi bu dunyodagi hayot oxiratdagi mangulikka nisbatan hech narsaga arzimaydi, deb uqtiradi.
Xristianlikda iymon kaliamsi «yagona, muqaddas sobo va opostol cherkovi»ga ishonishni, cho'qintirish zarurligini tan olishni, qiyomatda o'liklarning tirilishiga, shundan so'ng savob egalariga mangu rohat-farog'at ko'rish, gunohkorlarga doimiy azob-uqubat tortish davri kelishiga ishonishni buyuradi.
Diniy g'oyalar tarkib topishi bilan bir qatorda xristian ibodat marosimlari ham shakllanib borgan. Xristian marosimchilining eng muhim elementlari sirli ibodat (tainstvo) deb yuritiladi. Bular qatoriga cho'qintirish (suvga sho'ng'itib olish), miropomozaniye (cho'qintirilgan kimsaga xushbo'y qatron-miropa surtilgach, «muqaddas ruh»ning huzur-halovati unga o'tishi); yevxaristiya yoki prichisheniye (non va vinoni Isoning tanasi va qoni deb tasavvur etgan holda iste'mol qilish), tavba qilish(dindorning ruhoniy vositasida xudodan kechirim so'rashi va o'z gunohlarini unga aytib berishi), nikoh, ruhoniylikka fotixa berish, soborlashtirish, ya'ni bemoni muqaddaslashtirilgan zaytun moyi yelega bo'yash kabilar kiradi.
Xristianlikning bosh ibodati liturgiya (obednya, messa) bo'lib, u har xil afsungarliklar, mo'zika chalish, ashula aytish, «muqaddas» yozuvlarni o'qish, qad bukib ta'zim bajo keltirish, sham va chiroqlarni yondirish, xushbo'y narsalarni chekish bilan qo'shib olib boriladigan diniy amallardan biri.
«Muqaddas uchlik»ning har birini, Bibi maryamni ulug'lash «xudoga xush kelgan avliyolarga», xudo yarlaqaganlarga ham sig'inishni keltirib chiqargan. Xristianlikda butga cho'qinish ham muhim o'rinni egallaydi. Unda pasxa (Isoning tirilishi), tariqa (yoki pyatidesyatnisa), rojdestvo (Isoning tug'ilishi) va boshqa bayramlarga katta o'rin berilgan.

Yüklə 4,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin