Dinshunoslik ma'ruza doc



Yüklə 4,2 Mb.
səhifə20/42
tarix09.09.2023
ölçüsü4,2 Mb.
#142146
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   42
dinshunoslik 14

XRISTIANLIKDAGI YO'NALISHLAR. Eng birinchi ajralish xristianlikda IV-V asrlarda ro'y bergan, ya'ni Iso masihni talqin qilishda farqlanadigan ikkita diniy-aqidaviy yo'nalishlar monofizilar va nestorianlar yuzaga kelgan.
Hozirgi kunda monofizitlikka Yaqin sharqdagi Yakobitchilar, Janubiy Hindiston va Efiopiya xristian axolisining 96 foizi amal qiladi. Nestorianlar, eng avval, Ossuriylar orasida tarqalgan. Bularning diniy jamoalari hozirda ham Suriyada, Iroqda, Eronda, Hindistonda bor.
1054 yilga kelib xristianlikning pravoslav va katolik cherkoviga bo'linishi rasman tan olingan. Bu bo'linish Rim imperiyasining Sharqiy va G'arbiy qismlari orasidagi feodal munosabatlarining tafovutlarini o'zida aks ettirgan; Rim papasi ilan Konstantinopol patriarxi o'rtasidagi jamii xristian cherkovlari ustidan yakka xokimlik o'rnatish uchun shiddatli kurashlar bilan bog'liq bo'lgan. Xristianlikning alohida va mustaqil g'arbiy tarmog'i Rim katolik cherkovi, ya'ni umumiy, jahon Rim cherkovi deb atala boshlagan. Dunyoviy xokimiyatga tobe bo'lgan Shprqiy xristianlik grek-kefilik (grekcha butun dunyo) yoki izchil, sobitqadam (ortodoksal) xristianlik deb atala boshlangan. Pravoslaviye va katolisizm oralarida umumiylik ham, bir-biridan farqlanadigan jahatlari ham bor.
Katolisizmdan bir necha Yevropa cherkovlari ajralib chiqishi natijasida xristianlikda protestantlik xarakatlari vujudga kelgan. Buning doirasida lyuteranliq anabaptizm, anglikanlik va kalvinizm cherkovlari shakllangan. Har bir cherkovning asosiy marosimlari jihatidan o'zlariga xos bo'lgan
tomonlarga ega bo'lishi bilan bir qatorda, bular ham o'z navbatida bir necha yunalishlar, mazhablar va oqimlarga bo'lindi.
KATOLISIZM – bu xristianlikda eng ko'p tarqalgan yo'nalishdir. U Yevropa, Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlarida tarqalgan bo'lib, muxlislari taxminan 800 mln. kishini tashkil qiladi.
Katolisizm ta'limotida jannat va do'zaxlar oralig'idagi dunyo, gunohkorlarning ruhi, joni haqidagi, Iso masihni benihoya hurmatlash, uning tanasi va jonini ko'klarga ko'tarish sohalaridagi diniy aqidalar mavjud.
Katolisizmda Bibliyani sharhlash huquqi faqatgina ruhoniylarga beriladi; chunki ular uylanmaslik haqidagi diniy talabga amal qiladilar. Diniy ibldatlar dabdabali va sahnalashtirilgan ko'rinishga ega; diniy o'qish, duo, iltijolar lotin tilida olib boriladi. Pravoslaviyedagi kabi katolisizmda ham farishta, ilohiy kuch, chirimaydigan marhum jasadlariga sig'inish odatlari saqlanib qqolgan.
Katolisizm boshqa yunalishlardan farqli o'laroq markazlashgan tizimga ega. Vatikan ana shunday markaz sifatida (maydoni 44 gektar) 1924 yildan boshlab Papa Piy X1 ning Mussolini hukumati bilan tuzgan bitimiga muvofiq mustaqil teokratik davlat hisoblanadi. Rim Papasi cherkovning yakka rahbari bo'lib, u Iso masihning yerdagi noibi hisoblanadi.
Son jihatdan unchalik katta bo'lmagan katolik jamoalari Markaziy Osiyoning yarim hududlarida ham mavjud. Toshkentda 1990 yilda katolik markazi to'zilgan, uning qoshida jumhuriyatimizning boshqa hududlaridan ruyhatga o'tgan katolik diniy jamoalari ham o'z faoliyatlarini olib bormoqdalar.

Yüklə 4,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin