|
|
səhifə | 28/42 | tarix | 09.09.2023 | ölçüsü | 4,2 Mb. | | #142146 |
| dinshunoslik 14
Islomni e'tiqodga aylantirish davrida O'rta Osiyo xalqlari madaniyati. Islom g'oyalari yoyilishi arafasida O'rta Osiyo xalqlari arablardagiga nisbatan rivojlangan madaniyatga ega bo'lganlar. VIII-IX asrlar
bo'sag'asida Amudaryo bilan Sirdaryo oralig'ida yashagan xalqlarni ilmiy adabiyotlarga saq massaget, xorazmiy, sug'd, baqtriyaliq uyosho'n, tohir, qo'ng'ir, eftalit (oq xun)lar deb kelingan. Hozirgi O'zbekiston hududida, hususan Toshkent vohasida miloddan avvalgi 1 min yillikning o'rtalaridayoq turk elati va madaniyatini o'zida ifodalagan qabilalar vujudga kelgan. Ko'chmanchm turkiy qabilalarning ko'pchiligi miloddan oldingi X-U! Arlardayoq o'troqlangan, shaharlarda hunarmandchiliq savdo-sotiq, qishloq joylarda, tog' etaklarida chorvachilik rivojlangan, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy yaqinlashuv ham amalga osha boshlagan.
O'rta Osiyoda boshqa joylardagi kabi sof quldorlikka asoslangan munosabatlar bo'lmagan. Feodal munosabatlari ham demokratik elementlari bilan ajralib turgan. Chunki sun'iy sug'orishga asoslangan dehqonchiliqerkin hunarmandchilik an'analari u munosabatlarga alohida mazmun kiritganki, bu xolat chuqur ilmiy tadqiqotga muhtojdir. Eron, Hindiston va Xitoy mamlakatlari bilan savdo-sotiq olib borilgan. Yunon, hind va O'rta Osiyo xalqlari madaniyatining aralashib ketishi tufayli Sharqda o'ziga xos juda yuksak ellinistik madaniyat vujudga kelgan. O'rta Osiyo «Ipak yo'li» orqali Sharq bilan G'arbni bir-biriga bog'lovchi, tajribalarni yoyuvchi maskan bo'lgan. Natijada Gresiya va Hindiston madaniyatiga ham ijobiy ta'sir ko'rsatgan. Bu yerda pul-tovar munosabatlari ham rivojlangan. Tarixiy asarlarda Baqtriya «2000 shaharli mamlakat» sifatida tilga olingani bejiz emas. 1932 yilda Amudaryo bo'yida eski Termiz yaqinidagi Ayritom xarobasidan ikkita toshtaxta topilgan. Ularda kuy chalayotgan uch ayol obrazi tasvirlangan. Bu faqat monumental san'at bo'libgina qolmay, balki o'tmishda O'rta Osiyoda musiqa madaniyati ham rivojlanganligidan dalolatdir. 1965 yilda Qadimiy Afrosiyob shaharchasi xarobalaridan topilgan tasviriy san'at obidalari VII asrga oid bo'lib, go'zalligi jihatidan shu vaqtgacha jahonda topilgan yodgorliklardan ustun turadi.
Markaziy Osiyo xududida ibtidoiy djamoa tuzumining yemirilishi bilan miloddan avvalgi 2-ming yillikning oxiri, 1-ming yillikning boshlarida Baqtriya, So'g'd, Xorazm, Parfiya kabi davlatlar vujudga kelgan.
Miloddan avvalgi VI asrda O'rta Osiyoning katta qismini Eron shohi Kir P bosib olib, uni ahmoniylar davlati tarkibiga kiritgan, so'ngra Iskandar Zulqarnayn bu yerlarni ishqol qilib, juda katta boyliklarni, madaniy obidalarni, jumladan, 12 ming xo'kiz teriga tilla suvi bilan yozilgan «Avesto»ning yagona kitobini ham olib ketgan.
VII asr oxirlari va VIII asr boshlaridan boshlab arablar O'rta Osiyo yerlarini istilo qilishga kirisha boshlaganlar va VIII asrning birinchi yarmida uni o'zlariga to'la bo'ysundirishga muvaffaq bo'lganlar.
O'lkada arab istilochilariga qarshi qattiq qo'zg'olonlar bo'lib o'tgan. Muqanna boshliq qo'zg'olonchilarni arablar faqat mahalliy aholining orasini bo'zish vositasi bilan bostirishga muvaffaq bo'lganlar. Ammo bir yomon ishning yaxshi tomoni ham bo'lar ekan. Arablar O'rta Osiyoda VII-VIII asrda avj olib ketgan va xalqni holdan toydirgan qabilalar o'rtasidagi urushlarga barham berdilar. Natijada arab xalifaligiga qaram bo'lgan yirik davlat vujudga keldi. Bunda Somoniylarning alohida o'rni bor.ular islomni keng yoyishda katta rol o'ynaganlar. Ayni chog'da dehqonchiliq hunarmandchilikni rivojlantirish uchun ilm- fanga yo'l ochganlar. «davlati Somoniyon» asarining muallifi .Ne'matovning yozishicha, o'sha zamonda Movarounnahr va Xurosonda qishloq ho'jaligi, hunarmandchilik va chorvachilik yuksak darajada rivojlangan. Chunonchi, Buxoro viloyatida, Zarafshon vodiysida, Shohrud, Karmish, Shopurkon, Varaxsha kanallarida suv limmo-lim oqib, butun atrofni yashnatib turgan. Samarqand, So'g'd, Afg'oniston, Shimoliy Eron, Xorazm yerlaridan iborat juda katta xududda tarkiy qabilalar jamoasining o'zaro birikishidan iborat Qorahoniylar saltanati vujudga kelgan. Bular davrida ilm-ma'rifat, madaniyat ancha rivoj topib, qator yuksak ilmiy,ijtimoiy-falsafiy asarlar asosan turkiy tilda yaratilgan. Bu asarlar sirasiga birinchi navbatda eslatib o'tilgan Mahmud Qoshg'ariyning «Devoni lug'otit turk», Yusuf Xos Hojibning «Baxt-saodatga eltuvchi bilim» asarlari bilan bir qatorda Ahmad Yugnakiyning «Hibat-ul-haqoyiq», Tavsif, Rabg'o'ziyning
«Qissai Rag'bo'ziy» kabi asarlari kiradi.
Ma'naviy va moddiy hayotning turli sohalarida islom nuri ila yo'g'rilgan qadriyatlar izchillik bilan saqlanib, davom etib kelmoqda. To'ylaru ma'rakalarda, turli taomillarda, turmushning turli onlarida xayrli an'analar ko'pincha Qur'on suralari, oyatlari, hadis namunalari orqali odamlar qalbidan o'rin olmoqda. Bunday ehtirom o'tmish avlodlar urf-odatlariga sadoqat ramzi sifatida qabul qilinmoqda va ardoqlanmoqda. Oddiy xalq - ziyoli ham, ishchi ham, dehqon ham faqat tinchlik va hayot farovonligini orzu qiladi. Buni amalga oshirishda esa asriy ezgu aqidalar, qadriyatlar timsoli bo'lgan islom an'analari ham ma'naviy va amaliy yordam beradi.
Dostları ilə paylaş: |
|
|