Dinshunoslikka


Noilmiy tasniflar va ularning xususiyatlari



Yüklə 4,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/106
tarix05.09.2023
ölçüsü4,86 Mb.
#141570
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   106
Dinshunoslikka kirish

2. Noilmiy tasniflar va ularning xususiyatlari.
Dinshunoslar tur­
li ilm­fan sohalari vakillari bo‘lib, dinlarni o‘zlari mansub bo‘lgan 
ilm yo‘nalishi nuqtayi nazaridan o‘rganib, turlicha tasniflaganlar. 
Shuning uchun bu tasniflar o‘rtasida ba’zi tafovutlar bo‘lishi ta­
biiy. Masalan, din tarixi bilan shug‘ullanuvchi olimlar dinlarning 
yuzaga kelish tarixiga ko‘ra davriy jihatdan tasniflaganlar. Bosh­
qa bir guruh olimlar dinlarni paydo bo‘lgan va tarqalgan minta­
qalariga ko‘ra tasniflaganlar. Ayrim dinshunoslar diniy mavzusi­
ga ko‘ra dinlarni tasniflaganlar. «Tarix al­adyon» asarida tasniflar 
ikkita katta guruhga ajratilgan:
– tarix, jo‘g‘rofiya yoki dinshunoslik kabi muayyan fan so­
hasiga tayangan xolis­ilmiy tasniflar;
– muayyan fan sohasi bilan bog‘lanmagan noilmiy tasniflar.
Noilmiy tasniflar: A) tirik va o‘lik dinlar.
Bunda hozirgi zamon kishisining diniy hayotida mavjud yoki 
mavjud emasligi nuqtayi nazaridan tasniflanadi. Unga ko‘ra tirik 
dinlar – hozirda mavjud bo‘lib, unga e’tiqod qiluvchi o‘z tarafdor­
lariga ega bo‘lgan dinlardir. O‘lik dinlar esa, tarixda o‘z nihoya­


58
siga yetib, bugungi kunda mavjud bo‘lmay, hech kim unga e’tiqod 
qilmaydigan dinlardir.
Bu tasnifning noilmiyligi shundaki, aslida dinlar haqiqiy ma’no­
da o‘lmaydi, balki bir dindagi aqidalar boshqa bir dinga o‘tadi. Asl 
tarixiy kelib chiqishi bir o‘zakka borib taqaladigan diniy guruhda­
gi biror din bilan o‘zaro ta’sir jarayonida diniy g‘oyalar tarixiy ke­
lib chiqishi jihatidan bir aslga taalluqli boshqa bir dinda saqlanib 
qoladi. Umuman, bir diniy o‘zakka taalluqli bo‘lgan dinlar guruhi 
tarkibidagi diniy g‘oyalar o‘zaro meros bo‘lib o‘tadi. Tarixda biror 
dinning o‘z nihoyasiga yetganini ko‘rsak, bu uning diniy g‘oya­
si butkul o‘lganligini bildir­
maydi. Dinlar tarixida bun­
ga ko‘plab yorqin misollar 
bor. Masalan, qadimgi Brah­
manlik diniy g‘oyalari butkul 
o‘lgan emas, balki Hinduviy­
lik, Buddaviy 
lik, Jayniylik 
dinlarida davom etib, yashab 
kelmoqda. Shu 
ningdek, ibti­
doiy diniy g‘oyalar hozir ham 
yo mustaqil shaklda, yo ba’zi 
zamonaviy dinlar bilan uyg‘unlashgan holda mavjud.
Masalan, Afrika qit’asida Xristianlik va Islom dinlari tarqal­
ganidan so‘ng u yerdagi ibtidoiy diniy qarshlar bilan uyg‘unlash­
gan. O‘zining ibtidoiy qadriyatlaridan xalos bo‘la olmagan afri­
kalik dindor ularni yangi din bilan omuxta qilgan. Shuningdek
ibtidoiy qarashlarga asoslangan dinlar Uzoq Sharq dinlari bilan 
uyg‘unlashib, ularning asosiy tarkibiy qismlaridan biriga aylan­
gan. Ayni bir muhitda keyinchalik paydo bo‘lib, ma’lum davr yon­
ma­yon davom etib kelgan va tarixiy jarayonda o‘z nihoyasiga yet­
gan ko‘plab qadimgi dinlarda o‘zaro nomutanosiblik yuz bergan. 
B) tabiiy va metafizik dinlar.
Bunda dinlar diniy g‘oyasini tabiatdan oladigan tabiiy dinlar 
va tabiat orti metafizik tafakkurga asoslangan g‘ayritabiiy dinlar 
Xristianlik, islom, hinduizm, buddizm va 
yahudiylik dunyoda eng ko‘p e’tiqod qiluv­
chilariga ega dinlar hisoblanadi


59
tarzida ajratiladi. Bunday tasnif dinlarni zo‘rma­zo‘raki ajratish 
bo‘lib, xolis emas. Chunki, dinlar odatda tabiatga, vujudga yoki 
koinotga, borliqqa umumiy nazar bilan qaraydi. Tabiiy va tabi­
at orti­metafizik olam haqida keng tushuncha hosil qiladi, gar­
chi bu ikki olamning ikkinchisisiz markazlashgan bo‘lsa ham. 
Ibtidoiy dinlardan, masalan, tabiiy dinlarda inson tabiat bilan 
bog‘liq bo‘lib, o‘zini moddiy­hissiy tabiat unsurlaridan biri deb 
hisoblaydi. Shuningdek, bu inson tabiat orti olam haqida ibti­
doiy tushunchasidan qat’i nazar ajratilmaydi. Bu olam qarshisi­
da unga nisbatan ibtidoiy odam hayoti haqida afsona­asotirlar 
to‘qilgan.
Dunyo dinlariga e‘tiqod qiluvchilarning jahon aholisining umumiy 
soniga nisbatan ulushi (2015­y.)
Uning fikriy yoki ilmiy saviyasi tabiatdan fikriy mustaqil 
bo‘lishga yo‘l qo‘ymaydi. Tarixda uning ilmiy yuksalishi bilan 
diniy mafkurasi ham tabiatdan mustaqil bo‘la boshlagan. Yer bi­
lan bog‘liq diniy­tabiiy mafkurasi o‘zgarib, diniy­metafizik tafak­
kurga o‘ta boshlagan. Bunday o‘zgarish bilan diniy bilimlarning 
tashqi manbasi asosida tabiat fikrlash va tafakkur obyekti bo‘lib 
qolgan. YakkaXudolik ma’lum bo‘lganidan so‘ng tabiat yagona 
iloh yaratgan bir mavjudotga aylandi. Tabiatning diniy tafakkur­


60
dagi mavqei o‘zgardi. Har qanday shakllari va bir qancha unsur­
larida muqaddaslik va ibodat obyektiga aylanganidan so‘ng Alloh 
yaratgan maxluqotlari sirasiga qo‘shiladi. Tabiatning inson bilan 
aloqasi ham yangicha asosda muayyanlashdi. Inson tabiatga qul 
bo‘lib sig‘inganidan so‘ng uning imkoniyatlaridan foydalanuvchi 
egasiga aylandi. Tabiat insonga xizmat qiluvchi, inson esa uni 
tasarruf etuvchi rahbarga aylandi. 
D) haq va botil dinlar.
Bu muayyan diniy yoki mazhabiy qarash bilan bog‘liq subyek­
tiv tasnifdir. Bu odatda bir dinni haqiqiy deb, boshqasini botil 
e’tiqod guruhi deb tasniflash mumkin emas. Bunday tasnif asos­
chilari o‘z dinini haq deb, boshqa dinlarni botil, soxta, noto‘g‘ri 
deb hisoblaydi. Bu tasnif dinlarni tanqid qilish yoki baholash 
ruhyasiga hamda dinlarni to‘g‘ri va xato, haq va zalolat, yang­
lish, adashish deb ataydi. Shuning uchun bu barcha dinlarni ayni 
payt da haqiqiy yoki botil deb hukm qilish bilan yakunlanadigan 
tasnifdir. Har qanday dinga e’tiqod qiluvchi dindor o‘z dinini haq 
deb, boshqa dinlarni boshqa dinlar botil deb hisoblaydi. Bunday 
tasnif mutaassiblik boshqa dinlarga qarshi kayfiyatdagi bir din 
qobig‘iga o‘ralib qolgan mutaassiblikka asoslanadi. Lekin taas­
subni bir qancha ichki firqalarga bo‘linadigan bir din ichida ham 
ko‘rish mumkin. Bunday firqalarga mansub kishilar o‘z firqala­
rini boshqa botil firqalar ichida sof dinga asoslangan deb hisob­
laydi. Bu tasnif nisbiy bo‘lgani va o‘z qobig‘iga o‘ralib qolganli­
gi sababli dinlarni tasniflashda mezon bo‘la olmaydi. Chunki, 
barcha dinlar ham haqiqatga erishish yo‘llari bo‘lib, o‘sha ha­
qiqat darajasi va usullari turlicha. Shuningdek, dinlar bir­biri bi­
lan bog‘liq va bu bog‘liqlik ularning har birini haqiqatdan nasiba­
dor qiladi.
E) dinlarning statistik tasnifi.
Bunday tasnifda dinlar ularga e’tiqod qiluvchilar soniga ko‘ra 
yuqoridan pastga tomon tadrijiy sur’atda tartiblanadi. Biroq bu 
nisbiy va doimo o‘zgarib boradigan tasnif bo‘lib, bir qator man­
balarga asoslanadi.


61
Birinchidan, dinlarning 
ahamiyati va qadr­qimmati 
ularning tarafdorlari miqdori 
bilan o‘lchanmaydi. Diniy ji­
hatdan yuqori darajada rivoj­
langan shunday dinlar ham 
borki, ularga ergashuvchilar 
soni ozchilikni tashkil qila­
di. Masalan, yahudiylar o‘z 
dinlarini o‘zlariga xoslab olib, 
uning o‘zgarishi va keng yoyi­
lishiga qarshilik qilganlar. 
Ammo, asosan Afrika, 
Osiyo va Janubiy Amerika­
da ko‘proq tarqalgan, diniy 
g‘oyasi va ahamiyati u darajada yuqori bo‘lmagan, lekin taraf­
dorlari ko‘pchilikni tashkil etuvchi ibtidoiy dinlar ham bor. Ya­
na tarafdorlari kam bo‘lib, boshqa dinlarga katta ta’sir ko‘rsatgan 
dinlar ham bor. Masalan, zardushtiylik xristianlikka va ko‘proq 
yahudiylikka katta ta’sir ko‘rsatgan. 
Ikkinchidan, dinlarning asl statistik hisobi aniqlanishiga qa­
dar ularga e’tiqod qiluvchilar soni o‘zgarib boradi.
Uchinchidan, eng muhim muammo va statistikaga ta’sir 
etuv chi monelik shundaki, g‘arb mamlakatlaridagi ba’zi statis­
tik ma’lumotlarda diniy taassub yuzasidan o‘zi mansub bo‘lgan 
din tarafdorlari sonini o‘zga dinlarga e’tiqod qiluvchilar sonidan 
yuqori qilib ko‘rsatish hollari uchrab turadi. Ushbu muassasalar­
da olib boriladigan hisobotlarda Xristianlikka katta e’tibor qa­
ratilib, boshqa dinlardan uning tarafdorlari soni jihatidan doimo 
yuqori deb ko‘rsatiladi.
To‘rtinchidan, statistik hisobotlar ko‘p va ular turli dinlar­
ga mansub bir qancha idoralar tomonidan olib boriladi. Ularda 
asosan bir­biriga qarama­qarshi nomutanosib diniy bayonotlar va 
statistik xulosalar beriladi.
Afrika qat’asining diniy manzarasi
Xristianlik
Islom
Mahalliy dinlar


62
Beshinchidan, ba’zi davlatlardagi statistik amaliyotlar turli­
cha va hisobotlarni amalga oshirish uchun imkoniyatlar yetar­
li emas.
Oltinchidan, dunyoning 
ba’zi mintaqalarida dinlar va 
oqimlar aralashib ketmoqda. 
Ayniqsa, mavjud diniy yo‘na­
lishlar o‘rtasida yaqinlik yuza­
ga kelayotgan bir paytda har bir 
dinning o‘sishini alohida qam­
rab olish qiyin. Hindiston atro­
fidagi diniy g‘oyalari bir­biriga 
yaqin bo‘lgan firqa va jamoa­
larga o‘xshash dinlarda sodir 
bo‘layotgan jarayonlar bunga 
misol bo‘la oladi. Soxta taraf­
dorlarga ega bo‘lgan bahoiylik, 
qodiyoniylik, sikxiylik, dao­
lik, sintoiylik kabi dinlar ham 
bir qancha dinlarning aqidaviy 
g‘oyalarini o‘zlashtirgan. Shu­
ningdek, yahudiylik, xristianlik
islom, hinduviylik, buddaviylik 
ta’limotlarini qorishtirib yuborgan dinlar masalani chigallashti­
radi. Bunda o‘zaro nizoda bo‘lgan dinlarning mohiyati haqida 
biror tayinlik xulosaga ke lish mushkul. 
Yettinchidan, diniy firqalarning bir din ichidan mustaqil 
aqidalar sifatida ajralib chiqqan mazhablar statistik hisobotlarda 
alohida hisob qilinadi. Masalan, pravoslav, katolik, protestant­
lik kabi xristianlik yo‘nalishlari, somiriylar va qarosiylar kabi ya­
hudiylik oqimlari bunga misol bo‘la oladi. Ortodoksal yahudiy­
lik ularni e’tirof etmaydi va yahudiylik dini hisobiga kiritmaydi.
Sakkizinchidan, statistikadagi yana bir muammo, dinlarning 
shakllanishi masalasidir. Bu muammo g‘arb mamlakatlarida va so­
G‘arbiy Yevropaning xristianlik 
yo‘nalishlari tarqalganligi bo‘yicha 
diniy manzarasi


63
biq Sovet Ittifoqida yorqin ko‘zga tashlanadi. Yevropa va Shimoliy 
Amerikada dunyoviylik va ateizm tarqalgan. Yahudiylik va xristian­
likning mutlaq ustunligi yakunlanib, uning o‘rnini dinni inkor etuv­
chi yoki u har qaysi insonning shaxsiy ishi deb qaraydigan dunyo­
viy jamoalar egalladi. Sovet Ittifoqi respublikalarida kommunizm 
va uning turli shakllari tarqalgan edi va din butunlay inkor etilardi.
Diniy mazhablarni mustaqil din sifatida hisobga olinishi dinlarning statistik 
tasnifini ishlab chiqishda murakkablik tug‘diradi
Mazkur yorqin haqiqatlarga qaramay, g‘arb statistikasi buni 
e’tiborga olmaydi. Dinni inkor etish, qatag‘on qilish va qarshi­
liklarga qaramay, G‘arb statistikasi to‘laligicha xristianlik doirasi­
da olib boriladi. Shuningdek, haqiqiy dinning kelib chiqishi, din­
dorlarning asl voqelikda qaysi dinga taalluqli ekanligini aniqlash 
masalasi ham shu bilan bog‘liq. Moddiy va iqtisodiy avrashlar 
kabi turli vositalarni qo‘llash, ta’limiy va tibbiy xizmat ko‘rsa­
tish yo‘llari bilan xristianlikning statistik ko‘rsatkichlarini yuqori 
deb belgilashda missionerlik harakatlari katta muvaffaqiyatlar­
ga erishdi. Shunday yo‘llar vositasida Xristianlikni qabul qilgan 
kishilar ongli ravishda undan taskin topib, qoniqib, uning asl mo­
hiyatini anglagan holda qabul qilmagan. 
To‘qqizinchidan, dinlarning tarqalish harakati va uning nati­
jasida kelib chiqqan diniy o‘zgarishlar ham statistikaning aniq 


64
va to‘g‘ri bo‘lishiga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. Diniy o‘zgarish, ya’ni 
bir dindan chiqib, ikkinchi dinga o‘tish natijasida muayyan din 
tarafdorlarining soni oshadi, boshqalariniki esa kamayadi. Bu is­
lom, xristianlik va buddaviylik kabi jahon dinlari tarafdorlari­
ning ko‘payishi va boshqa dinlar tarafdorlari o‘z dinlaridan bosh­
qa dinga o‘tib ketishi sababli kamayib ketishiga olib keladi. Bu 
bir dindan boshqa dinga o‘tish harakatini aniq belgilash mumkin. 
Chunki, bu harakat muttasil davom etadi.
Dinlarning tarqalish harakati va uning natijasida kelib chiqqan diniy o‘zgarishlar 
ham statistikaning aniq va to‘g‘ri bo‘lishiga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi
O‘ninchidan, diniy statistikaning to‘g‘ri bo‘lishida dindor­
larning boshqa mintaqalarga ko‘chishi ham jiddiy ta’sir ko‘rsata­
di. Masalan, ko‘pchilik musulmonlarning Yevropa va Amerika­
ga, yahudiylarning Isroilga, Hindiston yarim orolidagi ko‘pchilik 
aholining o‘zlarining turli xil dinlari bilan g‘arb mamlakatlariga 
ko‘chib ketayotganligi bunga misol bo‘la oladi. Ko‘chish harakati 


65
dunyoning turli mintaqalariga ko‘chib borgan dindorlarning haqi­
qiy hisobini o‘rganishda qiyinchilik tug‘diradi. Ko‘chish harakat­
lari joylashish imkoniyatlariga ko‘ra ba’zan doimiy va vaqtincha­
lik bo‘lib turadi va statistikaning takrorlanib qolishi yoki ko‘plab 
shaxslarning ikkilantirilish xatosi yuz beradi.
Umuman dinlarning muttasil harakati va ba’zi mintaqalarda 
tarqalib, boshqa joylarda esa, tarqalishning to‘xtashi, ba’zi din­
dorlarning sobiq dinlariga qaytish harakatlari – bularning bar­
chasi statistikaning aniq bo‘lishiga ta’sir ko‘rsatadi. Dinlarning 
tarqalish harakatlari dindorlar sonining aniq hisobotlariga eri­
shishga monelik qiladi. 

Yüklə 4,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin