74
lanadi. Qutqarish – najot va uni amalga oshirish mavzusidagi
ixtiloflarga ko‘ra bu barcha dinlar «najot dinlari» deb ataladi.
Islom bunday nom bilan atalmaydi. Chunki, u muayyan diniy
uslub asosida insonning najot topishi uchun xalos bo‘lishi zarur
bo‘lgan muayyan muammoni cheklab, belgilab qo‘ymagan. Is
lomdagi pirovard maqsad insonning Allohga itoat etishi hamda
insoniy irodani ilohiy irodaga taslim bo‘lishi va bo‘ysunganligi ni
e’lon qilishdir. Unda boshqa dinlardagi kabi insonni qutqarish
ga urinadigan muayyan bir muammo yo‘q. Shuning uchun uni
«qutqarish (najot) dinlari» guruhiga qo‘shish mumkin emas.
Ba’zi dinshunoslar Uzoq Sharq dinlarini «nirvana dinlari» deb
ham ataydilar. Chunki, bu dinlar insonning najot topishi ham
da uni dunyo qiyinchiliklari, baxtsizlik va azobuqubatlaridan
chiqarib, Nirvanaga erishishga harakat qiladi. Nirvana – inson
ning o‘tkinchilikdan xalos bo‘lib, osoyishtalik qaror topadigan
yoki inson ruhi olam ruhi bilan qo‘shilib ketadigan zehniy holat
dir. Bu hinduviylikda «hol» deb ataladi yoki Nirvanada fano to
pish – yo‘q bo‘lib ketish. Bu insonning baxtsizlik, qiyinchiliklar
va azobuqubatlarga sabab bo‘ladigan moddiy talabehtiyojlar va
dunyoviy olamga ehtiyojmandlikni his etmaydigan ruhiy osoyish
talik va yo‘qlik holatidir.
Dinlarning maxsus tasniflari borasidagi mazkur tafsilotlardan
ma’lum bo‘ladiki, dinlarning mavzusiga ko‘ra tasnif dinlardan
tashqarida bo‘lgan qandaydir tashqi omillarga emas, diniy tu
shuncha va omillarga asoslanganligi uchun eng maqbul va afzal
tasnif hisoblanadi. Shu sababli tasnifning bunday turi din ta rixi
fani bilan bog‘liq diniy fanlar va dinlarni qiyosiy o‘rganishda keng
tarqalgan.
Dostları ilə paylaş: