95
Masalan, U.Jeyms nazariyasiga asosan subyektiv progmativ qa
rashlar uning asarlarida o‘z o‘rnini topgan. Masalan, «Diniy
malakaning ko‘p xilligi» asarida batafsil bayon qilib o‘tganligi
unga yaqqol da lil bo‘la oladi. Uning fikricha, individning din
ga ishonuvchanligi uning psixik xususiyatlaridan kelib chiqa
di. Ushbu fikrlarimizga uning quyidagi so‘zlari dalil bo‘la oladi:
«....din deganda alohida shaxsning hissiyoti ta’siri va malaka
larini umumlashmasi sifatida tushuntirishni kelishib olamiz,
qaysiki ularning mohiyatida Xudoga bo‘lgan munosabatning
asosi yotadi». Boshqacha qilib aytganda, insondagi emotsio
nal kechinmalarga din paydo bo‘lishining asosi sifatida qaraydi.
Shu ningdek, Jeyms «diniy malaka» tushunchasini ham ishlab
chiqdi. Bu ning asosida u diniy fenomenlarning turli shaklla
rini ya’ni, mistik ko‘rinish, ekstaz holati, xayolot holati, gallyut
sinatsiya va boshqa holatlarni asoslab berdi. O‘z nazariyasida
diniy hissiyotni ilmiy tahlil qilib berdi. «Ilohiy sevgi, ilohiy
qo‘rquv, diniy ulug‘vorlik hissi, diniy xursandchilik va boshqa
shularga o‘xshash hissiyotlar mavjudligini isbotlab berdi. Ilohiy
sevgi bu ilohiy obyektlarga qaratilgan sevgidir, ilohiy qo‘rquv esa
insonning oliy ilohdan ojizligi tufayli vujudga keladigan qo‘rqish
hissiyotida namoyon bo‘ladi. Ilohiy ulug‘vorlik hissi bu qaltirash
ga o‘xshash bo‘lib, xuddi qorong‘u o‘rmonda yoki tog‘li daradagi
holatlar bilan so lishtirishimiz mumkin». Umuman olganda, U.
Jeyms turli insonlar bir dinga e’tiqod qilsalarda, ularning diniy
amaliyoti, taj riba va dunyoqarashlari turlicha shakllanishi bilan
ajralib turadi, deb ta’kidlaydi
1
.
Dostları ilə paylaş: