84
va jamiyat munosabatini tahlil qilar ekan umuman din to‘g‘risida
emas, muayyan davrdagi muayyan din yoki diniy oqim to‘g‘risi
da fikr yuritadi.
Maks Veberning fandagi eng katta xizmatlaridan biri uning
xristian dinidagi protestantlik yo‘nalishining iqtisodiy taraqqi
yotga o‘tkazgan ta’sirini kashf etishida bo‘ldi. Uning nazariyasi
ga ko‘ra, boylikni, boylik orttirishga intilishni uncha xushlamay
digan xristian dini yo‘nalishlari iqtisodiy
taraqqiyotga muayyan
darajada to‘sqinlik qilganlar. Boylikni Xudoning ne’mati, unga
intilishni esa bandalarning burchi, deb talqin qiladigan protes
tantlik esa iqtisodiy taraqqiyot va kapitalistik munosabatlarning
rivojlanishiga kuchli turtki beradi. Veber talqinida, protestant
lik kapitalizm vujudga kelishidagi asosiy sabablardan biri bo‘lgan.
Veber izdoshlari uning fandagi xizmatlarini ko‘klarga ko‘ta
rib maqtashdi. Uning xizmatlarini e’tirof
etish bilan birga, shuni
ham ta’kidlash lozimki, u iqtisodiy taraqqiyotga faqat bir diniy
mazhab – protestantlikning o‘tkazgan ta’sirini keng tadqiq qildi.
M. Veber dinlarni tahlil qilar ekan, ular sanoat kapitalizmi rivoj
lanishiga g‘ov bo‘lmoqda, degan xulosaga keldi. Veber fikricha, dinlar
moliyaviy munosabatlarga cheklovlar qo‘yish, ijtimoiy hayotga pas
siv munosabatni targ‘ib qilish orqali ijtimoiy taraqqiyotga to‘sqinlik
qiladi. Uning talqinida xristian dini, ayniqsa, protestantlik hayotda
gi adolatsizlikni passiv kuzatib o‘tirmay, uni bartaraf qilish uchun faol
kurashga chaqirish orqali ijtimoiy taraqqiyotga katta turtki beradi.
Buyuk nemis mutafakkiri M. Veber tomonidan ilgari suril
gan bilimlar, g‘oyalar,
metodologik yondashuv, bilish nazariyasi,
ideal tiplar g‘oyasi, madaniyat, etika, din sotsiologiyasi haqida
gi qarashlari ilmiy jamoatchilik tomonidan e’tirof etilgan. Uning
fikricha, sotsiologiya ijtimoiytarixiy faoliyatlarning subyektiv so
halarini
hisobga olish, voqelikni ilmiy metodologiya talablari
ga mos ravishda obyektiv va empirik jihatdan tadqiq etish im
koniyatlarini yuzaga chiqarishi mumkin. Sotsiologiya, M. Veber
85
ta’kidlashicha, ijtimoiy fanlar orasida shunday o‘rin tutishi lozim
ki, uning asosiy vazifasi – insonning ijtimoiy xulqi mohiyati va
ahamiyatini
tushunish, jamiyat rivojiga sabab bo‘lgan qonunlar
yechimini ko‘rsatib berishdan iborat bo‘ladi. Inson xulqini talqin
qilish metodiga Veber tomonidan qanchalik katta ahamiyat be
rilganligiga qarab, uning sotsiologiyasini ko‘pincha tushunuvchi
yoki «interpretativ» sotsiologiya ham deb atashadi
1
.
Dostları ilə paylaş: