83
histuyg‘u va ishharakatlarni davomiyligini, balki u an’anaviy
kichik madaniyatlarni rivojlanishiga ham turtki bo‘ladi. Shu
ningdek, ba’zi bir umumiy falsafiy kategoriyalar, jumladan, vaqt,
fazo, mohiyat ham dastlab diniy tushunchalarda ifodalanadi.
Vaqt tushunchasi, masalan, diniy marosimlarning davomiyligini
hisoblash zarurati tufayli paydo bo‘lgan.
Diniy marosimlar va rasmrusumlar insoniyat hayotining oz
qismini ifodalasa ham jamiyat hayotida muhim ahamiyat kasb
etadi. Dyurkgeym Marksning an’anaviy dinlar (ya’ni g‘ayritabiiy
kuchlar va ilohlarga asoslangan dinlar) yo‘qolish arafasida de
gan fikriga qo‘shiladi. Lekin shu bilan birga din ma’lum ma’noda
o‘zgargan shaklda saqlanib qoladi. Hatto jamiyatning hozirgi za
mon turi ham ularning qadriyatlari tasdiqlovchi va mustahkam
lovchi diniy marosimlarga ehtiyoj sezadi. Ehtimol, eski marosimlar
o‘rniga jamiyat uchun muhim ahamiyat kasb etuvchi yangi ma
rosimlar paydo bo‘lishi mumkin. Demak, dinlar jamiyat hayoti
da, inson ruhiyatida, sababiyat va mohiyatini anglashda muhim
rol o‘ynaydi. Bundan tashqari diniy hayot tarzi va uning mohiyati
hamda unda uchraydigan muammolarni yechishda muhim ahami
yat kasb etadi. Shunday qilib, din sotsiologiyasi ijtimoiy fikrda din
atamasi bilan bog‘liq bo‘lgan barcha ijtimoiy jarayonlar va ijtimoiy
xulqni o‘rganadi.
Dostları ilə paylaş: