Dinshunoslikka


 Din antropologiyasining boshqa dinshunoslik sohalaridan



Yüklə 4,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/106
tarix05.09.2023
ölçüsü4,86 Mb.
#141570
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   106
Dinshunoslikka kirish

2. Din antropologiyasining boshqa dinshunoslik sohalaridan 
farqi. 
Avvalgi bo‘limda zikr qilinganidek, ilk yunon faylasuflari­
dan boshlab G‘arb xalqlari dinning kelib chiqishini o‘rganish­
ga va turli madaniyatlarni o‘zaro solishtirishga intilib kelganlar. 
Chunonchi, Xenofanes Xudolar insonlarni tasavvuri mahsu­
li deya qaragan bo‘lsa, Gerodot bir madaniyatga oid ma’budlar 
panteoni boshqa madaniyatga transformatsiya bo‘lishi va u yer­
da qanday shaklda adoptatsiyaga erishishi xususida bahs qilgan. 
Keyinchalik bu kabi faylasuf va tarixchilarning muayyan avlodi 
din antropologiyasining dastlabki nazariyotchilariga aylandi. 
Bugungi ko‘rinishdagi antropologiya fani XVIII asrda «ma’ri­
fatparvarlik davri» ruhida ildiz otgan yaqin zamonlar fenomeni hi­


102
soblanadi. Aslida, antropologiya («anthropos» – «inson», «logos» 
– «fan») insonni o‘rganuvchi fan sohasi sanaladi. Fanning ushbu 
nomda atalishi tarixi XV asrda boshlangan buyuk geografik kashfi­
yotlar va mustamlakachilik harakatlari bilan bog‘liq.
Yevropaliklar Yangi dunyo madaniyati, ayniqsa, Afrika va 
Sharq dunyosi jamiyatlari bilan tanishishlar natijasida ular­
ning tashqi ko‘rinishi, xulq­atvori va o‘ziga xos jihatlari yev­
ropaliklarning e’tiborini torta boshladi. 1858­yilda Charles 
Darvinning «Turlarning kelib chiqishi» asari chop etilishi bilan 
dastlabki antropologlar o‘z izlanishlarini «inson kelib chiqishi­
ni tushu nish» sifatida baholay boshladilar. Jumladan, Gerbert 
Spenser (1820–1903) turlarning kelib chiqishi (evolutsiyasi) naz­
ariyasini jamiyatlarning vujudga kelishi (ba’zida «sotsial Darv­
inizm» ham deb ataladi) mavzusiga ekstrapoliyatsiya qildi (ek­
strapolyatsiya – narsa va hodisaning bir qismini kuzatish asosida 
olingan xulosalarni uning boshqa qismiga yoyish yoki tatbiq 
etish). Natijada, «yevrotsentrizm» qarashlari bosh ko‘tarib, yev­
ropa jamiyatlari evolutsion jarayonning eng cho‘qqisini, yevropa­
lik bo‘lmagan jamiyat va xalqlar mazkur jarayonning quyi qis­
mini ifodalashi haqidagi fikrlar keng yoyildi. Hatto, ko‘plab ilk 
antropologlar o‘z qarashlarini isbotlash uchun hozirgi kungacha 
saqlanib qolgan ibtidoiy hayot tarzida yashovchi qabila a’zolari­
ning bosh suyak lari yoki boshqa tana a’zolarini eng qadimgi 
odamning arxeologik qoldiqlari bilan solishtirishga kirishdilar. 
Bu orqali tabiatga bog‘liq ravishda (ovchilik, dehqonchilik orqa­
li) ibtidoiy jamiyatlarda yashagan insonlar jismoniy, ruhiy, ijti­
moiy va diniy jihatdan neandertal kabi dastlab inson ko‘rinishiga 
yaqin ekanligi ko‘rsatilishga harakat qilindi. Biroq, keyinchalik 
bunday turdagi antropologiyadan insonning biologik evolutsiya­
si bilan shug‘ullanish jismoniy antropologlar (‘hysical anthro‘olo­
gists), arxeologlar va biologlar «qo‘li»ga o‘tgach voz kechildi. 
XIX asrning oxirlariga kelib, antropologiya inson madaniyati bi­
lan shug‘ullanishga urg‘u bera boshladi va bugun bu jihat uning 


103
xususiyatiga aylandi. Ijtimoiy va madaniy evolutsiya tushuncha­
si hanuz turli shakllarda qo‘llanib kelinayotganligiga qaramay, u 
evolutsiya chegarasining zaruriy belgisini ifodalovchi yuqori tex­
nologiyalar va ulkan shaharlarning tasavvuriy yo‘lida joylashma­
gan va o‘ziga xos tarixiy va atrof­muhit sharoitiga ko‘ra rivojlan­
gan deb hisoblanuvchi muayyan jamiyat va madaniyatlarga oid 
keng tarqalgan nazariyalarga zid keladi.
Frans Boas (1858–1952) Amerika madaniy antropologiyasi ota­
si sifatida tilga olinadi. Olim va geograf sifatida (fizika fani dok­
tori) faoliyat olib borgan Boas hech qachon madaniyatshunoslikning 

Yüklə 4,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin