7-mavzu. Islom.
R e j a
1.
Joxiliya. Islom dinining paydo bulishi va uning ta`limoti.
2.
Muxammad xaeti va faoliyati.
3.
Islom dinida Makka davri.
4.
Madina Islom davlati.
1. Joxiliya. Islom dinining paydo bulishi va uning ta`limoti.
Joxiliya (arabcha “Joxil” suzi “nodonlik” ma`nosini anglatadi) suzi Arabiston
yarimorolining islomgacha bulgan davriga nisbatan ishlatiladi. Bu davrda arablar orasida asosan
politeizm ya`ni kupxudolik xukmron edi, alabcha al`-Vasaniya Arabiston yarimorolining Makka,
Madina. Toif, Xaybar singari shaxarlarni uz ichiga olgan kismi kodimdan Xijoz deb atalgan va
aynan shu erda politeizmning ta`siri kuchli edi. Arablar orasida totemizm, fetishizm, animizm va
boshkada dinning ibtidoi shakllari mavjud edi. Masalan totemizmning ta`sirin ayrim arab
kabilalarining nomlarida uchratish mumkin: asad (sher), kalb (it), bakr(butalok), sa`lab(tulki),
zib(buri) va xokazo.
Islom –Allox yagona degan e`tikod bilan unga buysunmoklik itoat etmoklik va butun kalb
bilan unga ixlos kilmoklik Alloxga itoat kilgan va uning paygambariga ergashgan kishi
musulmon (“musldim” -sadokatli) deyiladi.
Bundan tashkari miloddan avvalgi VIII asrdan arablarda Sanamlarga siginish urin oldi. Xar
bir arab kabilasining uzining Sanami bulgan va Arabistonning ayrim joylarida mua`yyan
sanamlar ibodatxonalari bulgan. Makka Arabistonning diniy markazi aylangach, bu erda
joylashgan Ka`ba sanamlarning panteoniga aylandi.
2. Muxammad xaeti va faoliyati.
Arab tadkikotchisi Ibn al`-Asirning ma`lumot berishicha 630 yil Muxammad (a.s.)
Makkani egallagach bu erdagi 360 sanamni yuk etishga xukm bergan. Bu sanamlarning fakat
beshtasining nomi Vadd, Suva, Yagus. Yauk va Nasr nomlari saklanib kolgan chunki ular
Kur`oni –Karimda xam eska olingan. Bu davrda Xijoz xududidan kadimgi duneda mashxur
bulgan xalkaro savdo yuli utgan edi. Bu karvon yulining kachon paydo bulganligi ma`lum emas.
Ba`zi manbalar bu yul tuyalar kulga urgatilgan vaktdan paydo bulganligini ta`kidlashadi. 2000
km ga chuzilgan bu yul orkali Arabiston kushni davlatlar Vizantiya, Eron, Misr Falestin bilan
iktisodiy madaniy munosabatlarda bulgan. Lekin vaktning utishi bilan bu savdo yul uz nufuzini
yukatadi va shu sababli Arab jamiyati inkirozga yuz tutadi va kelishmovchiliklar boshlanadi. Shu
sababtan yangi mafkuraga ya`ni arablarni birlashtirishga kodir yangi dinga extiej paydo buldi.
Aynan shu davrda Kuraysh kabilasining Xoshimiylar xonodaning vakili, Makkali savdogar
Muxammad ibn Abdullox yangi din ya`ni islom dini paygambari va targibotchisi sifatida tarixiy
saxnaga chikdi.
Islom dini jaxon dinlari ichida eng esh dindir, e`tikod kiluvchilar soni jixatdan esa
xristianlikdan keyin ikkinchi urinda turadi. “Islom ” suzi kuyidagi ma`nolarni anglatadi. 1. Itoat
va buysunish. 2.Ixlos va turli ofatlardan salomat bulish. 3. Sulx va omonlik.
Islom dini ta`limoti uning mukaddas kitobi Kur`oni- Karimda baen etilgan. Islom
ta`limotining asosini iymon, islom va exson tashkil etadi. Iyman (e`tikol, ichki ishonch) 7
akidaga asoslanadi. Bular: 1) Alloxga; 2) Farishtalarga; 3) Mukaddas Kitoblarga; 4)
Paygambarlarga 5) Oxiratga 6) takdirga; 7) ulgandan keyin tirilishga ishonishdir.
Barcha 7 akida tulaligicha Iymoni mufassal deb ataladi. Shuningdek Islom dinida “ islom
arkonlari” degan tushuncha xam mavjud. Bu tushuncha 5 ta asosiy narsani –diniy marosim
talablarini uz ichiga oladi. Bular: 1) Kalimai shaxodat 2) namoz ukish 3) Ruza tutish 4) zakot
berish 5) Xaj kilish.
2.
Kur`oni Karimda 25 nafar paygambarning nomi zikir etilgan. Diniy ta`limotga
kura xech kim paygambarlikka uz xarakati, bilimi va niyati bilan erisha olmaydi. Paygambarlik
Alloxning uzi suygan bandasiga xodya etadigan exsondir. Muxammad ibn Abdullox 570 yilda
Makkada kuraysh kabilasiga mansub Xoshimiylar xonadonida tugilgan. Otasi Abdullox
Muxammad tugilmasidan ikki oy oldin 25 eshida vafot etgan edi. Usha zamondagi Makka shaxri
odatiga kura Muxammad boshka bir xonadonda 4 eshgacha Xalima ismli ael tarbiyasida buldi.
Muxammad 6 eshida onasi Aminadan, 8 eshida bobosi Abd al-Mutallibdan ular vafoti tufayli
ayrildi va amakisi Abu Tolib karamogiga utdi. Abu Tolib Muxammadni tijorat ishlariga jalb etdit
va savdo karvonlari bilan chet davlatlarda bulib tijorat bilan shugullandi. 25 eshida u Yammanlik
40 eshli ael Xadicha bilan tanishadi va u bilan oila kuradi. Xadicha uz davrining ukimishli aeli
boy. Komil odob egasi bulgan. Ular 6 nafar farzand (2 ugil, 4 kiz) kurgan edilar. Afsuski
farzandlari asosan eshlik choglaridaek vafot etgan edilar, fakat kizi Fatima unib ulgaydi va
otasining izidan borib katta xurmatka sazovar bulgan. Xadicha eriga paygambarligidan oldin
xam, paygambarlik davrida xam xar tomonlama madadkor bulgan. Natijada Muxammad
Makkaning ancha badavlat kishilarining biriga aylandi. Amakisining kichik ugli Alini uz eniga
oldi va keyinchalik kizi Fotimani unga turmushga berdi.
610 yilda diniy manbalar buyicha muxammadning xaetida keskin burilish pallasi yuz
berdi. Endi uning xaetida paygambarlik davriboshlandi. Ya`ni ilk iloxiy vaxiy kela boshlagan.
Ana shu adabietlarda kursatilishicha paygambarlik iloxiy vaxiyga suyanadi. Chunki Allox
insonlardek gapirmaydi. Allox bilan gaplashishga inson kodir emas. Shu sababli Allox xikmatiga
kura, vaxiy orkali gapiradi va u uz irodasini 3 xil shaklda bildiradi.
1.
Vaxiy orkali (bu paygambarlarning kalbiga tushgan ilxomdir).
2.
Parda orkasidan gapirish orkali.
3.
Farishtalar yuborish orkali..
Bu vaktda Muxammad 40 eshda edi, va paytdan boshlab u paygambarga Alloxning
rusuliga (elchisiga) aylandi. Bu faoliyat 23 yil davom etdi va uning bir kismi Makkada (610-
622), bir kismi Madinada (622-632) uch yillik yashirin faoliyat davomida islom diniga kirganlar
30 nafarni tashkil etdi xolos. Islom paydo bulishi bilan endi makkaliklar ikkiga ajralishdi bular
Alloxning birligiga va Muxammadning paygambar ekanligiga ishonganlar ya`ni mumin
musulmonlar va ishonmaganlar ya`ni mushriklar edi. Mushriklar 23 yil davomida muxammad va
uning tarafdorlariga karshi kurashdi buning sabablari: Birinchidan: islom utish bu
butlar(sanamlarga) siginishdan voz kechish edi. Buni arablar istamagan edi, chunki ular kuz
kurib bulmaydigan Alloxga siginishdan kuzi kurib turadigan sanamlarga siginishni afzal
kurdilar. Ikkinchidan Makkalik zodangonlar emon, axloksiz ishlarga fe`l atvorlarga berilib
ketgan edi, chunki butlarimizga kurbonlik keltirsak gunoximiz yuviladi deb xisoblar edilar.
Islom bunday ishlarni man etdi. Uchinchidan Kur`oni Karim oyatlari xammaning Allox
oldidagi tengligini e`tirof etgan. Insonlar bir biridan mol dunesi bilan emas, balki takvosi, kalb
sofligi bilan ajralib turadi. Butparastlik yukori tabakalarga uchun boylik va shon shuxrat manbai
edi va ular bulardan ajralishni istamas edi. Turtinchidan Kuraysh kabilasining Xoshimiylar
xonadoniga karshi bulgan boshka xonadonlar xoshimiylardan paygambar chikishni istamas
edilar.
Mushriklar kundan kunga musulmonlarga karshi kurashni kuchaytirdi. Ular xatto
Muxammadni jismonan yuk kilmok payiga xam tushganlar. Natijada musulmonlar 3 yil toglarda
yashirinib yurishga majbur bulganlar. 619 yili Muxammadning amakisi Abu Tolib va xotini
Xadicha vafot etdilar va mushriklar kurashni yanada kuchaytirdilar. 622 yili Muxammad uz
safdoshlari bilan Makkadan Madinaga kuchadi va xodisa tarixida Xijrat deb nom oldi. Bu
kuchish musulmonlar xijriy yil xisobining boshlanishiga asos kilib olingan. Kuchib borganlar
islom tarixida “Muxojirlar” degan nom olganlar. Bu erda Muxammad avvalo tarkok arablarni,
yaxdiylarni va muxojirlarni birlashtirdi. Madinadagi bir biri bilan rakobat kilib kelgan eng katta
kabila AVS va xazrajli yarashtirib, bir jamoa (umma) tashkil etdi.
Shunday kilib, Madina shaxrida rakobatlar yukotilib, Muxammadga ishonadigan umma
tashkil topdi va u kiska vakt ichida kichik, lekin kuchli davlatga aylandi. Diniy, ma`muriy va
xarbiy xokimiyat butunlay Muxammad paygambar kuliga utdi. Madina atrofidagi barcha arab
kabilalari buysundirildi. 630 yilda Makka xam buysundirildi. Makka zodogonlari
Muxammadning erdamchilariga aylandilar, keyinchalik musulmonlar jamoasida katta
lavozimlarni egalladilar. 632 yili Paygambar Makkaga xaj kildi. Bu xaj tarixda “vidoloshuv xaji”
deb yuritildi va u 10 kun davom etdi. Mazkur xam chogida muxammad xajga tuplangan 124
ming musulmonga karata tuya ustida utirib Vido xutbasin suzlagan. 632 yilning 8 martida
suzlangan bu nutk katta tarixiy xodisa buldi, chunki bu nutk insoniyat tarixida eng buyuk inkilob
yasagan. Vido xutbasi ukilaetgan kuni musulmonlik bor kudrati saloxiyati bilan butun dunega
xitob etar, eski joxiliyat davrining butun xurofotlarni butun emonliklarni, kon da`volarini,
sudxurlikni, kimor, foxishalikni urgadan bir bir yukotar edi. Muxammad Vido xajidan Madinaga
kaytgach 632 yilning 27 mayida 63 eshida vafot etadi. Bu davrga kelib anchagina mustaxkam
bulgan musulmon davlati vujudga kelgan edi va Muxammad vafotidan keyin uning urinbosarlari
(xalifalar) davlatni boshkarganlar va shu munosabat bilan musulmonlar davlati tarixda «Arab
xalifaligi» deb nom olgan. 632 yildan –661 yilgacha bulgan nisbatan kiska vakt ichida turt nafar
xalifa xukmroklik kildilar. Bular Abu Bakr, Umar, Usmon va Ali. Bu davrda Arab xalifaligi er
yuzining katta kismida uz xukmronligini urnatdi. 661-750 yillar islom tarixida Umaviylar
sulolasining xukmronlik davri deb ataladi. Bu davrdan boshlab arablar istilosining yangi davri
boshlandi.
Dostları ilə paylaş: |