Diplomatik nutqning til xususuiyatlari



Yüklə 254,79 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix25.06.2023
ölçüsü254,79 Kb.
#135024
1   2   3
diplomatik-nutqning-til-xususuiyatlari

qabul etgaysiz
-Sintaktik jihatdan ergash gapli qoʼshma gaplardan keng foydalaniladi. 
Chunonchi “ Ishonch bildirib aytamanki, “ Mening… qabul etgaysiz”. 
Diplomatik hujjatlarni turi ham har xil boʼlib, har birini yozishning oʼziga xos 
qonun- qoidalari borki, ularga qatʼiy rioya qilinishi shart. 
Diplomatik ѐzishmalarning turlari: 
1. Nota va bayonotlar. 
2. Rasmiy xatlar. 
3. Ilova xatlar. 
4. Yarim rasmiy shaxsiy xatlar. 
5. Esdalik ѐzishmalar. 
6. Diplomatik bayonnomalar. 
7. Memorandumlar. 
Nota - davlatlararo yozishmalarning eng asosiy va keng tarqalgan turi boʼlib, 
biror muhim masala yuzasidan axborot beruvchi oliy darajadagi hujjatdir. Hozirgi 
vaqtda jahon hamjamiyatida notalarning ikki turi keng qoʼllanilmoqda: shaxsiy nota 
va verbal nota. 
Shaxsiy va verbal notalarga xos umumiy xususiyatlar quyidagilar: 
1. Notalar yuqori qismiga davlatning nomi yozilgan va davlat gerbining tasviri 
tushurilgan eng toza, sifatli qogʼozga ѐziladi. 
2. Qogʼozning yuqori oʼng burchagiga nota yoʼllayotgan davlat poytaxtining 
nomi va sana yoziladi. 
3. Notaning hajmidan qatʼiy nazar birinchi betning pastki chap tomoniga u 
yoʼllanayotgan davlat nomi toʼliq yoziladi, konvert ustida ham shu manzil 
koʼrsatiladi. 
Shaxsiy nota - bevosita davlat boshliqlari yoki yuqori mansabdor shaxslar 
oʼrtasidagi diplomatik yozishmadir.U quyidagi masalalar boʼyicha yuboriladi: 
1. Ishonch yorliqlarini topshirish; 
2. Elchixona, vakolatxonalarning ochilishi munosabati bilan; 
3. Davlatning tashkil topgan yoki mustaqillik eʼlon qilingan kuni bilan qutlash; 
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.848
March 2023 / Volume 4 Issue 3
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
926


4. Milliy bayramlar munosabati bilan qutlash; 
5. Prezidentlik saylovi yoki referendum munosabati bilan qutlash; 
6. Mamlakatda roʼy bergan muhim ijtimoiy- siyosiy voqea munosabati bilan. 
Verbal nota - hozirgi vaqtda davlatlararo tashqi aloqalarda keng qoʼllanuvchi 
hujjat boʼlib, tashqi ishlar vazirliklari, elchixonalar, vakolatxonalarni asosiy 
yozishmasidir. 
Diplomatik hujjatlar shakli va so’z qo’llanishi jihatidan o’ziga xos ko’rinishga 
ega. Ulami yozishda hujjatning qay shaklda bo’lishiga e’tibor berish muhimdir.
Ma’lumki, diplomatik yozishmalar bir davlatdagi oddiy korxonalar yoki 
tashkilotlar orasida bo’lmaydi. Ular boshqa-boshqa davlatlar o’rtasida bo’lgani uchun 
hujjat yuborilayotgan mamlakat an’analari hisobga olinadi. U yoki bu davlatga 
hujjatning qaysi turi yuborilayotgan bo’lsa, xuddi shu turi bilan javob 
qaytariladi.Diplomatik hujjatlarga bayonot, rasmiy nota vaxatlar, ilovaxatlar, 
yarimrasmiy shaxsiy xatlar, diplomatik protokol - qaydnomalar, memorandumlar va 
boshqalar kirishi haqida yuqorida ham aytib o’tilgandi. Diplomatik yozishmalarda 
hujjat yuborilayotgan mamlakatning nomlanishida, shaxsning ismi-sharifi va 
lavozimini yozishda, unga qilinayotgan murojaat ifodalarida xatoga yo’l qo’yilishi 
mumkin emas. Chunki xatolar bepisandlik, hurmatsizlik sanaladi. Bu hujjatlar tashqi 
ko’rinish jihatidan ham nuqsonsiz bo’lishi, fikr aniq, to’g’ri, mantiqiy, izchil, asosli 
va ikkinchi tomonning xususiyatlarini hisobga olgan holda bayon etilishi zarur. 
Rasmiy stilda fonetik xususiyatlar bo’lmaydi. Chunki unda talaffuzga xos belgilar 
uchramaydi, adabiy me’yorga qat’iy rioya qilinadi.
Rasmiy stilning leksik xususiyatlari. Asli rasmiy stilda bo’yoqdor so’zlar 
ishlatilmaydi. Lekin diplomatik uozishmalarda bo’yoqdor so’zlar bo’lishi taqozo 
qilinadi. Unda maqtov ifodalari: hurmatli janob,janobi oliylari, Sizga bo’lgan 
hurmatimga ishonch bildirgaysiz, bosh ustiga, boshimiz ko’kka yetdi, eng samimiy 
tabrik, ezgu tilaklar ila, Sizga chuqur hurmat bilan, minnatdorlik izhor etaman 
kabilar faol ishlatiladi. Rasmiy stilda jargonlar, shevaga oid so’zlar, eskirgan so’z va 
birikmalar odatda ishlatilmaydi. 0’rni bilan arxaizm va istorizmlardan foydalaniladi: 
shahzoda, shoh, malika, janob, hazrati oliylari kabilar. Yuridik hujjatlardan 
Konstitutsiyada ham har bir so’z va jumla fikr-mulohazaning aniq, to’g’ri 
ifodalanishiga xizmat qilishi lozim. Unda kasb-korga, yuridik, diplomatik, ma’muriy 
va boshqa hujjatlarga oid terminlar mavjud: akt, guvohnoma, qaror, elchi, nota, 
shartnoma, bayonot, deklaratsiya, vfait, kodeks, qonun, modda, poshlina, protest 
(shikoyat), kassatsiya kabilar.
Rasmiy stilning grammatik xususiyatlari. Bu stilning ariza, tushuntirish xati, 
tilxat, taklifnoma kabi ko’rinishilari jumlalaming qisqaligi va fikrlaming aniqligi 
bilan ajralib turadi. Hujjatlardagi nutqiy shtamplar matnga rasmiylik belgisini 
kiritadi. Hujjatlarda ot turkumiga oid so’zlar ko’p qo’llaniladi. Hatto fe’l 
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.848
March 2023 / Volume 4 Issue 3
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
927


islilatilganda, uning otga yaqin shakli - harakat nomidan foydalaniladi. Masalan, 
qabul qilishingizni so’rayman, qarorning bajarilishi, stipendiya tayinlash, talabalar 
safiga tiklash kabilar. Fe’llar majhul nisbatda va buyruq-istak mayli shaklida 
qo’llaniladi: qaror qilindi, ko’rib chiqildi, eshitildi, bajarilsin, tayinlansin, amalga 
oshirilsin kabilar. Yuridik qonun va hujjatlarda jumlalar juda uzun, ba’zan bir fikr 
yarim betlik gap orqali ifodalanadi (Qonunlardan parchalar o’qiladi). 
Demak, rasmiy hujjatlarni tayyorlash va rasmiylashtirishda, eng avvalo, uzbek 
tilining barcha asosiy qonuniyatlari va koidalarini ma’lum darajada tasavvur etish 
zarur. Xujjatlar matniga kuyiladigan eng muxim talablardan biri xolislikdir. Ular 
rasmiy munosabatlarni ifodalovchi va qayd etuvchi rasmiy yozma vositalar sifatida 
axborotni xolis aks ettirmog’i lozim. Shuning uchun xujjatlar tilida suz va suz 
shakllarini kullashda muayyan chegaralanishlar mavjud. 

Yüklə 254,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin