Diplomatik nutqning til xususuiyatlari
Shahlo Jamolovna Sobirova
Sobirovasahlo23@gmail.com
Annotatsiya: Ushbu maqolada diplomatiya va siyosiy leksik birliklarni ingliz
va o’zbek tillarida tadqiq qilishning o’ziga xos lingvistik ko’rinishlari haqida so’z
boradi. Diplomatik munosabatlar va immunitetlar masalalari bo’yicha Vena
konvensiyasi, diplomatiya va siyosiy leksik birliklarning asosiy negizi grekcha va
lotincha so’zlar-terminlardan iborat ekanligi, keyinchalik aynan shu tillar asosida
paydo bo’lgan fransuz va ingliz tillariga xos sohaga oid leksika va leksik birliklarning
xalqaro miqyosda keng qo’llanilishi, ularni tasniflash va tavsiflash, lingvistik tahlil
qilish kabi masalalar undan joy olgan.
Kalit so’zlar: diplomatik munosabatlar, diplomatic yozishmalar, immunitet,
nota, memorandum, diplomatik bayonnomalar, protocol, rasmiy stil, leksik va
morfologik xususiyatlar, qaydnomalar
Linguistic features of diplomatic speech
Shahlo Jamolovna Sobirova
Sobirovasahlo23@gmail.com
Abstract: This article deals with specific linguistic aspects of studying
diplomacy and political lexical units in English and Uzbek languages. The Vienna
Convention on Diplomatic Relations and Immunities states that the main basis of
diplomatic and political lexical units consists of Greek and Latin words-terms, and
the international lexicon and lexical units related to the field specific to French and
English, which later appeared on the basis of these languages It includes issues such
as their widespread use, their classification and description, and linguistic analysis.
Keywords: diplomatic relations, diplomatic correspondence, immunity, note,
memorandum, diplomatic reports, protocol, official style, lexical and morphological
features, notes
Har bir til millat milliy ma’naviyatining betakror ko’zgusi sifatida, shu xalqning
borligi va birligi belgisi sifatida o’rganiladi va o’rgatiladi. Shuning uchun har bir
kishi o’z fikrini aniq va ravon ifodalashida tildagi uslublardan ham xabardor bo’lishi,
kundalik so’zlashuv tilidan tashqari, rasmiy - ish yuritish tilini ham bilishi kerak.
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.848
March 2023 / Volume 4 Issue 3
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
923
Ish yuritishning bevosita asosini xujjatlar tashkil qiladi. Mazmunan, hajman va
shaklan xilma-xil bo’lgan hujjatlar kata-yu kichik mehnat jamoalarining, umuman
kishilik jamiyatining uzluksiz faoliyatini tartibga solib turadi. Zero, hujjatlar
kechagina paydo bo’lgan narsa emas, kishilik jamiyati shakllanishi bilanoq, bu
jamiyat a’zolari uzaro munosabatlaridagi muayyan muhim holatlarni muntazam va
qat’iy qayd etib borishga ehtiyoj sezganlar. Ana shu ehtiyojga javob sifatida, tabiiyki,
ilk, ibtidoiy hujjatlar yuzaga kelgan. [1.5;]
Ma’lumki, har qanday hujjat muayyan axborotni u yoki bu tarzda ifodalash
uchun xizmat qiladi, shunday ekan, har qanday hujjatdagi birlamchi va asosiy unsur
bu tildir. Rasmiy hujjatlar tili ham ma’lum davrda faqat hukmron bo’lgan qatag’on
davrning tilida yuritildi. O’zbek tili Davlat tili maqomiga ega bo’lgach, rasmiy
hujjatlar tili ham o’zgardi. Hozigi kunda o’zbek hujjatchiligini takomilashtirish,
ularning sof o’zbek tilidagi yagona andozalarini yaratish, bular bilan bog’liq
atamalarning bir xilligiga erishish borasida ish olib borish dolzarb muammolardandir.
Rasmiy uslubda adabiy me’yorga qat’iy rioya qilinadi, shevaga xos so’zlar,
jargonlar, har xil stilistik bo’yoqqa ega bo’lgan so’zlar ishlatilmaydi. Jumlalar ham
inversiyasiz bo’lishi lozim. Gaplarda ta’sirclianlik bo’lmaydi. Bu uslubda yoziladigan
ayrim hujjatlar shtampga o’xshash maxsus tartib va shakl bilan yoziladi. Masalan,
rasmiy xatlar, ariza, tushuntirish xati, bildirgi, ma’lumotnomalar, qarorlarni ko’rsatish
mumkin. Agar pul, buyum miqdori ko’rsatilishi lozim bo’lsa, oldin raqam bilan,
so’ng qavs ichida harflarbilan yoziladi.
Hujjatlarda fikr aniq, qisqa, lo’nda (ravon) bayon qilinishi lozim. Bunda
xatboshi (abzas)ning o’mi muhimdir. Har bir yangi, alohida fikr xatboshi bilan
ajratilishi, bir xatboshi bilan ikkinchi xatboshi o’rtasidagi matn to’rt-besh jumladan
oshmasligi me’yorga mosdir.
Diplomatik hujjatlar shakli va so’z qo’llanishi jihatidan o’ziga xos ko’rinishga
ega. Ularni yozishda hujjatning qay shaklda bo’lisliiga e’tibor berish muhimdir.
Ma’lumki, diplomatik yozishmalar bir davlatdagi oddiy korxonalar yoki tashkilotlar
orasida bo’lmaydi. Ular boshqa-boshqa davlatlar o’rtasida bo’lgani uchun hujjat
yuborilayotgan mamlakat an’analari hisobga olinadi. U yoki bu davlatga hujjatning
qaysi turi yuborilayotgan bo’lsa, xuddi shu turi bilan javob qaytariladi.Diplomatik
hujjatlarga bayonot, rasmiy nota vaxatlar, ilovaxatlar, yarimrasmiy shaxsiy xatlar,
diplomatik protokol - qaydnomalar, memorandumlar va boshqalar kiradi.
Diplomatik yozishmalarda hujjat yuborilayotgan mamlakatning nomlanishida,
shaxsning ismi-sharifi va lavozimini yozishda, unga qilinayotgan murojaat
ifodalarida xatoga yo’l qo’yilishi mumkin emas. Chunki xatolar bepisandlik,
hurmatsizlik sanaladi. Bu hujjatlar tashqi ko’rmish jihatidan ham nuqsonsiz bo’lishi,
fikr aniq, to’g’ri, mantiqiy, izcliil, asosli va ikkinchi tomonning xususiyatlarini
hisobga olgan holda bayon etilishi zarur.
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.848
March 2023 / Volume 4 Issue 3
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
924
Diplomatik yozishma - turli rasmiy xat-xabarlar va diplomatik tusdagi hujjatlar
majmui. Davlatlar oʻrtasidagi munosabatlarni yuritish vositasi, davlat tashqi siyosiy
va diplomatik faoliyatining asosiy shakllaridan biri. Davlatlar oʻrtasida yozishma
tarzidagi muomala davlat, hukumat boshligʻi, tashqi ishlar idorasi, turli davlat va
jamoat tashkilotlari hamda muassasalari yoki ularning boshliqlari, diplomatik vakillar
va ayrim diplomatlar nomidan yoʻlga qoʻyib turiladi. Maktublar, telegrammalar,
xatlar, nota orqali yozishmalar, shuningdek, deklaratsiya, bayonot, chaqiriq, axborot
agentlarining xabarlari Diplomatik yozishmalar turlari hisoblanadi. Diplomatik
yozishmalarda xalqaro hayot va tashqi siyosat, davlatlararo ikki tomonlama yoki koʻp
tomonlama munosabat masalalari yoritiladi. Mazkur hujjatlarni tayyorlash davlat va
unga tegishli muassasalar diplomatik faoliyatining muhim sohasi sanaladi.
Diplomatik yozishmalarni diplomatik kuryerlar ko’rsatilgan manzilga yetkazib
beradi.
Diplomatik va tijorat yozishmalari - hujjat turlari orasida eng yoshi va ayni
paytda eng qadimiysi hisoblanadi. Chunki Oʼzbekiston mustaqil davlat sifatida tan
olinganidan keyingina shunday hujatlarni oʼzbek tilida yozish masalasi koʼtarildi,
bunga esa hali koʼp vaqt boʼlgani yoʼq.
Diplomatik yozishmalarda hujjat turini uning mazmunidan kelib chiqqan holda
toʼgʼri tanlash va yozish qonun-qoidalariga toʼla va aniq amal qilish, hujjat
yoʼllanayotgan mamlakat anʼanalarini hisobga olish zarurdir. Diplomatik hujjat,
albata, javob talab qiladi. Hujjatning qaysi turi yuborilgan boʼlsa, shu turi bilan javob
qaytarilishi shart. Bayonotga bayonot bilan, shaxsiy hatga shaxsiy xat bilan javob
beriladi.
Diplomatik hujjatlarda hujjat yuborilayotgan mamlakatning nomlanishida,
shaxsning lavozimi, ismi-sharifini yozishda, murojaat shakllarida biron-bir xatoga
yoʼl qoʼyish mumkin emas.
Diplomatik hujjatlar tashqi koʼrinishi jihatdan ham benuqson boʼlishi shart. Ular
aʼlo sifatli qogʼozga bir tekis joylashtirilgan holda bexato yozilishi, hech qanday harf
oʼchirilmasligi toʼgʼrilanmasligi, muhr oʼz oʼrnida qoʼyilishi lozim. Diplomatik
hujjatlar davlat gerbi bilan muhrlanadi. Ular asosan davlat gerbi tasviri tushurilgan
qogʼozga yoziladi. Diplomatik hujjatlarni pochta orqali yuborish tavsiya etilmaydi,
ular shaxsan topshirilishi yoki kuryer (chopar) orqali yuborilishi mumkin.
Diplomatik hujjatlarning shakli, tashqi koʼrinishi qanchalik muhim boʼlmasin,
diqat-eʼtibor asosiy qismga, uning mazmuniga qaratilmogʼi lozim. Fikrni aniq,
toʼgʼri, mantiqan izchil, asosli hamda ikkinchi tomonning xususiyatlarini hisobga
olgan holda bayon etish zarur.
Diplomatik hujjatlar oʼziga hos leksik, grammatik, morfologik va sintaktik
xususiyatlarga ega.
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.848
March 2023 / Volume 4 Issue 3
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
925
-Leksik-uslubiy jihatdan diplomatik ѐzishmalar oʼz atamalar tizimiga,
qoliplashgan turgʼun birikmalariga , sinonim, anttonimlar kabi turli ifoda vositalariga
ega. Diplomatik yozishmalarda sinonimik qatorning koʼproq uslubiy neytral soʼzlari
emas, balki ijobiy hissiy boʼyoqli va kitobiy uslubga xos soʼzlari koʼp qoʼllanadi.
Chunonchi, bildiraman soʼzi oʼrnida izhor etaman va xokazo.
-Rasmiy uslubda ushbu tur gramatik jihatdan ham oʼziga xos hususiyatlarga ega.
Bunda kirish soʼzi va kirish birikmalar koʼp qoʼllanadi.
-Morfologik jihatdan kishilik, oʼzlik, koʼrsatish olmoshlarining tuslanmaydigan
feʼl shakllari ayniqsa harakat feʼllari koʼp ishlatiladi.Chunonchi ishonch bildirgaysiz,
Dostları ilə paylaş: |