6-Mavzu.
O‘quvchilarning kreativligini oshirishda inshoning roli va
undagi xatolarni bartaraf etish yo‘llari
.
Reja
1.Insho tushunchasi va turlari
2
.
O‘quvchilarda kreativlikni rivojlantirish
3. O‘quvchilarning qiziqishlariga e'tibor qaratish.
4.Nazorat qilishga qaratilgan insholar.
5. Xatolarni bartaraf etish yo‘llari
Insho ijodiy ishning eng yuqori shakli bo‘lib, maktabda alohida o‘rin tutadi;
barcha nutqqa oid mashqlar ma’lum mazmunda inshoga bo‘ysunadi.
Insho shaxsni kreativ shakllantirishda foydali vosita bo‘lib, his-hayajon
uyg‘otadi,
aqliy
mustaqillikka,
fikrlashga,
ko‘rgan-kechirganlari
va
o‘zlashtirganlarini baholashga, kuzatuvchanlikka, voqea-hodisalar o‘rtasidagi
sabab-natija bog‘lanishni
topishga, ularni qiyoslashga, xulosa chiqarishga
o‘rgatadi.
Insho fikrni tartibga soladi, o‘quvchilarda o‘ziga, o‘z kuchi va
imkoniyatiga ishonch tug‘diradi.
,,Insho“asli arabcha so‘z bo‘lib, ma’nosi „yaratish", „bino qilish“,
„boshlash“ demakdir. Bu so‘zning ma’nosi hozirda ancha torayib, asosan,
o‘quvchilar tomonidan yoziladigan ijodiy yozma ish ma’nosida qo‘llanadi.
Insho — ijodiy va kreativ ish bo‘lib, u o‘quvchidan faollik,
qiziqish, fikr
biidirishni talab qiladi. Material tayyorlash, uni tartibga solish,
insho
kompozitsiyasi va rejasi haqida o‘ylash, mantiqiy bog‘lanishni belgilash, so‘z, so‘z
birikmasini tanlash, gap tuzish va uni o‘zaro bog‘lash, imloni tekshirish kabi
barcha murakkab ishlar o‘quvchidan aqliy kuchini to‘la ishga solish bilan birga,
o‘z ma’naviy faoliyatini boshqarish ko‘nikmasini ham talab etadi.
Inshoda til nazariyasi nutq tajribasi bilan qo‘shiladi. O‘quvchi
inshoni
mustaqil, ijodiy xarakterda bo‘lgani uchun, ,,o‘ziniki“ ni yozgani uchun ham
sevadi.
Maktab rivojining barcha bosqichlarida bolalarning mustaqil tuzgan hikoyasi
— inshoga alohida ahamiyat berilgan. Maktablar o‘quvchilar nutqini o‘stirish,
aqliy, ijodiy o‘sishiga moijallangan yangi dasturga o‘tishi munosabati bilan uning
ahamiyati yanada oshdi. Og‘zaki va yozma inshoga o‘rgatish
jarayonida
o‘quvchilarda mavzuni tushunish va yoritish, o‘z inshosini aniq fikrga
bo‘ysundirish, material to‘plash, uni tartibga solish va joylashtirish,
reja tuzish va
reja asosida yozish, mazmunga va nutq vaziyatiga mos ravishda til vositalaridan
foydalanish, yozgan inshosini takomillashtirish ko‘nikmalari hosil qilinadi.
Bulardan tashqari, „texnik" vazifalar ham amalga oshiriladi, ya’ni matnni yozishda
imlo qoidalari va husnixatga e’tibor berish, matnni xatboshidan yozish, hoshiyaga
rioya qilish kabi talablarga ham amal qilinadi.
Og‘zaki va
yozma insho material manbaiga, mustaqillik darajasiga,
tayyorlash usuli, janri va til xususiyatiga qarab tasnif qilinadi.
Insho