Diplomatik va konsullik xuquqi


Konsullik vakolatxonalari



Yüklə 80,02 Kb.
səhifə7/8
tarix25.12.2023
ölçüsü80,02 Kb.
#193902
1   2   3   4   5   6   7   8
DIPLOMATIK VA KONSULLIK XUQUQI

5. Konsullik vakolatxonalari
Konsullik muassasalari — xorijiy davlat hududida joylashgan va o‘z davlati, uning fuqarolari va tashkilotlari manfaatlarini ximoya qilish bilan bog‘liq funksiyalarni amalga oshiruvchi davlatning doimiy tashqi aloqalar organi hisoblanadi.
Mustaqil konsullik muassasalari:
 birinchidan, bosh konsullik;
 ikkinchidan, konsullik;
 uchinchidan, vitse — konsullik;
 to‘rtinchidan, konsullik agentliklari kabi toifalarga bo‘linadi.
Diplomatik vakolatxonalarning konsullik bo‘limlari mudir tomonidan boshariladi. U konsul yoki bosh konsul deb nomlanishi mumkin.
Konsullik muassasalari toifalariga mos tarzda ular boshliklarining toifalari:
 birinchidan, bosh konsullar;
 ikkinchidan, konsullar;
 uchinchndan, vitse — konsullar;
 to‘rtinchidan, konsullik agentliklari aniqlanadi.
Davlat konsulxona mansabdor shaxsini vakil qilib tayinlashda o‘nta konsullik patentini takdim qiladi. Unga asosan qabul qiluvchi davlat mazkur shaxsga konsullik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi hujjat topshiradi. Ushbu hujjat ekzekvatura deb nomlanadi.
Konsullik aloqalarining o‘ziga hosligi shundaki, ular diplomatik munosabatlari o‘rnatilmagan holatlarda ham o‘z faoliyatlarini olib borishlari mumkin va xatto davlatlar o‘rtasida diplomatik munosabatlarning o‘zilishi ham ipso facto konsullik aloqalarining bekor bo‘lishiga olib kelmaydi.
1963 yilgi Konvensiyada belgilangan konsullik funksiyalari ham o‘ziga hos. Konsulxonaning eng asosiy funksiyasi — konsulxona joylashgan davlatda (odatda konsulxona okrugi chegarasida) xalqaro huquq tamoyillariga muvofiq ravishda vakil qilib yuborgan davlat va uning fuqarolari (yuridik va jismoniy shaxslari) manfaatlarini ximoya qilishdir.
Konsullik muassasalari:
 Birinchi — hokimiyat organlariga konsullik muassasalari joylashgan davlatning iqtisodiy, savdo, ijtimoiy, madaniy va siyosiy xayoti to‘g‘risida axborotlar berib turish;
 Ikkinchi — o‘z davlati fuqarolarini konsullik muassasasi joylashgan davlat qonun va odatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan ta’minlash;
 Uchinchi — konsullik muassasasi joylashgan okrug hududida o‘z davlati fuqarolarini hisobga olish;
 To‘rtinchi — konsullik muassasasi joylashgan okrugda joylashgan o‘z davlati fuqarolari, davlat organ va tashkilotlari vakillariga, shuningdek, harbiy va fuqarolik kemalari hamda havo kemalariga, ularning ekipajiga amaliy yordam berish va konsullik faoliyatini amalga oshirish;
 Beshinchi — pasport — viza faoliyatini amalga oshirish;
 Oltinchi — fuqarolik holati dalolatnomalarini kayd etish idoralari funksiyasini bajarish, notarial harakatlarni amalga oshirish;
 Yettinchi — konsullik legalizatsiyasi bilan shug‘ullanish, ya’ni konsullik muassasasi joylashgan davlat organlaridan chiqadigan hujjatlar imzolarini belgilash va ularning xakikiyligini va ushbu hujjatlarning shu davlat qonun va qoidalariga muvofiqligini tasdiqlash;
 Sakkizinchi — talab qilib olingan hujjatlar bo‘yicha shunday amallarni amalga oshirish;
 Tukkizinchi — konsullik muassasasi joylashgan davlatda voyaga yetmaganlar va to‘liq muomala layokatiga ega bo‘lmagan shaxslarning huquq va manfaatlarini ximoya qilish;
 Uninchi — sud va boshqa muassasalarda o‘z fuqarolari manfaatlarini yoklab chiqish va vakillar bilan ta’minlash bo‘yicha zaruriy chora-tadbirlarini kurish;
 Un birinchi — o‘z davlati tergov yoki sud organlarining topshiriklarini bajarish kabi funksiyalarni bajaradi.
Ma’lum bir xorijiy davlatda diplomatik vakolatxonaning yo‘qligi diplomatik funksiyalarni bajarishni konsullik muassasasiga yuklash amaliyoti umum tan olingan qoidaga aylangan.
Xalqaro huquq shuningdek, konsul tomonidan uchinchi bir davlat nomidan va uning manfaatlari yo‘lida ma’lum funksiyalarni bajarish imkoniyatiga ham yo‘l kuyadi.
Konsullik muassasasi u joylashgan davlat hududida tegishli harakatlarni amalga oshirganligi uchun konsullik yig‘imlarini undirish huquqiga ega. O‘z faoliyatlarini amalga oshirish davomida konsullik muassasalari konsullik muassasasi joylashgan davlatning ichki ishlariga aralashmasliklari lozim.
Konsullik muassasasi joylashgan davlat o‘z navbatida konsullik muassasasiga va uning xodimlariga xurmat ko‘rsatishi va ishlashi uchun yetarli shart-sharoitlarni yaratib berishi lozim.

Yüklə 80,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin