O’zbekiston Respublikasining ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksning
47-moddasi:
. Bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik.Ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan voyaga yetmagan bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik, shu jumladan voyaga yetmagan bolalarning ma’muriy huquqbuzarlik sodir etishiga olib kelishi —bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarliklar ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa —bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Bolalarning majburiy umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi olishiga ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan to‘sqinlik qilish —bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa —bazaviy hisoblash miqdorining o‘n besh baravaridan yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o‘n besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.
Hurmatli ota-ona.Siz O’zbekiston Respublikasining ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksning 47-moddasi bilan tanishib chiqdingiz va ogohlantirildingiz.
Eslatma:Ushbu moddani shaxsiy ҳujjatingiz singari ehtiyot qilishingizni so`raymiz.
Yakkabog' tuman XTB ga qarashli 82-umumiy o'rta ta'lim maktabning -sinf o;quvchilari ota-onalarining O'zbekiston Respublikasining "Ma'muriy javobgarlik to'g'risida"gi kodeksning 47-moddasi bilan tanishganliklari to'grisida