Ixtiyoriy diqqat deb oldindan belgilangan qat’iy bir maqsad asosida va ongli ravishda diqqatimizni ma’lum narsa hamda hodisalarga qaratilishiga aytiladi
Ixtiyoriy diqqat deb oldindan belgilangan qat’iy bir maqsad asosida va ongli ravishda diqqatimizni ma’lum narsa hamda hodisalarga qaratilishiga aytiladi. I.P.Pavlov ta’limoti bilan akademik A.A.Uxtomskiy olib borgan tekshirishlari bir–biriga to’g’ri keladi. Agar nerv sistemasiga bir qancha qo’zg’ovchilar bir vaqtda ta’sir qilsa bosh miya po’stida shu ongning o’zida bir necha qo’zg’alish o’choqlari paydo bo’ladi. Shu bilan birga, xar bir qo’zg’alish o’chog’i bosh miya po’stining hamma yog’iga tarqalishga iradiatsiyalanishga moyildir. Shuning uchun ayrim qo’zg’alish o’choqlari o’rtasida to’qnashish va «kurash» sodir bo’ladi. Your Text Here Diqqatning asosiy turlari ixtiyyoriy va ixtiyorsiz diqqatdir. Diqqatni bunday turlarga bulish xissiyot yoki irodaning ustunligiga asoslanadi. Shu sababli, ba’zan diqqatning bu turlari irodaviy va emotsional diqqat deb xam ataladi. Diqqatning yana uchunchi turi sungi ixtiyoriy diqqat bo’lib, u dastlabki ikki turdagi diqqatning uziga xos sintezidan iborat. Ixtiyorsiz diqqat maxsus zur berishni talab kilmaydi. U ongga ta’sir etuvchi predmet yoki xodisaning bevosita kizikish uygotishidan paydo bo’ladi. Ta’lim jarayonida xam umumiy mexnat faoliyatidagi singari, ixtiyoriy diqqat xal kiluvchi rol uynaydi. Diqqatning bu turi ixtiyorsiz diqqatdan, birinchidan, kuzlagan maqsadi bilan fark qiladi, ya’ni u kishining uz oldiga kuygan maqsadiga bog’liq bo’ladi. Ikkinchidan, undan uyushkoklikni talab etadi, bu avvaldan diqqatni tuplashga tayorgarlikda, shuningdek etiborining tuplanish jarayonini boshqara bilishda ifodalanadigan uyushkoklikdir. Uchinchidan, irodaviy diqqatga diqqatni jalb qilish va saklash jarayonida zur berish bilan bog’liq bo’lgan kuch sarflash xos. Nixoyat, turtinchidan, u faoliyat jarayonidagi uta barqarorligi bilan fark qiladi. Shuning uchun uni irodaviy diqqat deyiladi. Faoliyat jarayonida, ko’pincha, diqqatning ixtiyorsiz ravishda asosiy ishdan bo’lak narsalarga ko’chib turishi uchraydi. Bunday xodisani diqqatning chalg’ishi deb ataladi. Odamning diqqati bir qancha xususiyatlariga ega bo’lib, ulardan asosiylari-diqqatning bo’linuvchanligi va diqqatning ko’chuvchanligidan iboratdir. Diqqatning kuchi va barqarorligi deb odam o’z diqqatini biror narsa yoki hodisaga uzoq muddat davomida muttasil qaratib tura olishiga aytiladi. Diqqatning kuchi va barqarorligi deb odam o’z diqqatini biror narsa yoki hodisaga uzoq muddat davomida muttasil qaratib tura olishiga aytiladi. Diqqatning bo’linuvchanligi. Diqqatning bo’linishi deganda, biz ayni bir vaqtda diqqatimizni ikki yoki uch narsaga qaratilishini tushunamiz. Agar diqqatimiz faqat bitta narsaga qaratilgan bo’lsa, ya’ni diqqatimiz faqat bitta narsa ustida to’plangan bo’lsa buni konsentratsiyalashgan (to’plangan) diqqat deb yuritiladi. Buning aksicha, agar diqqatimiz ayni bir vaqtda bir necha narsaga qaratilgan bo’lsa, buni bo’lingan (taqsimlangan) diqqat deb yuritiladi. Diqqatning bo’linishi har kimda har xil bo’ladi. Buning sababi shundaki, diqqatning yengillik bilan bo’linishi diqqatimiz qaratilgan narsalarning ilgaridan bizga qanchalik tanishligi bilan bog’liqdir. Diqqatning ko’chuvchanligi. Odamning diqqati har doim bir narsada ikkinchi bir narsaga, bir faoliyatidan boshqa bir faoliyatiga ko’chib turadi. Diqqatning ana shunday xususiyatini diqqatning ko’chuvchanligi deb yuritiladi. Diqqatning ana shu yuqorida ko’rib o’tgan asosiy xususiyatlari odamning (shu jumladan bolalarning ham) barcha turdagi faoliyatlari uchun juda kerakli xususiyatlardir Diqqatning barqarorligi bu diqqatni muayyan maqsadaga buysindirilgan faoliyatda uzoq vaqt markazlashtirib turilishidir. Diqqatning barqarorligi ishda umumiy maqsadga intiluvchanlik saqlangan holda ob’yektlar va faoliyat xarakterining almashinib turishini talab qiladi. Diqqat barqarorligini yuqorida ko’rsatib o’tilgan barcha shartlariga rioya qilish o’quvchilarning o’quv ishlari jarayonida chalg’ishlarini bartaraf qilish uchun juda muhimdir. Chalg’ish – diqqatning barqarorligiga qarama-qarshi bo’lgan holatdir. Bu diqqatning zarur faoliyatdan ixtiyorsiz ravishda chetga ogishi demakdir. Diqqatning barqarorligini uning ko’chuvchanligini va turlicha tebranishi bilan birgalikda o’rganish va tarbiyalash lozim. Diqqatning ko’chishi bu faoliyat maqsadining o’zgarishi bilan diqqatning bir ob’yektidan ikkinchisiga o’tishi demakdir. Masalan, dars davomida o’quvchilar o’qituvchining tushuntirishini eshitib turib, asta-sekin diqqatlarini masalani yechishga bir o’quvchi masalasini yechib turib, boshqasiga ko’chiradilar va xokazo. E’tbornigiz uchun raxmat