diqqat ko`lami diqqat taqsimlanishi shaxsda diqqat rivojlanish
Xulosa
Harakat esa diqqatni ob’ektga yanada ko`proq jalb etadi. Shunday qilib, diqqat harakatga qo`shilib va u bilan o`zaro chatishib, ob’ekt bilan mustahkam bog`lanish hosil qiladi”. Diqqatning barqarorligi uning harakatchanlik xususiyatlari bilan uzviy bog`liqdir. Diqqatning ko`chishi sub’ektning bir faoliyatdan ikkinchi faoliyatga, bir ob’ektdan ikkinchi ob’ektga, bir harakatdan ikkinchi harakatga ataylab o`tishda namoyon bo`ladi. Diqqatni ko`chirishning muvaffakiyati bir qancha shart sharoitlariga bog`liqdir. Ko`chirishi oldingi va keyingi faoliyatning xususiyatlari bilan bog`liq bo`ladi. Diqqatning ko`chirilishi ko`p jihatdan yangi faoliyat maqsadning shaxs uchun ahamiyati, uning aniq ravonligi va soddaligi bilan belgilanadi.