Diqqat turlari Diqqat haqida tushuncha



Yüklə 123,86 Kb.
səhifə4/8
tarix27.12.2023
ölçüsü123,86 Kb.
#199907
1   2   3   4   5   6   7   8
Diqqat xususiyat sifatida

Diqqat haqida tushuncha
Odamga har bir daqiqada atrof-muhitdan juda ko’p narsa va hodisalar ta'sir etib turadi. Lekin odamga ta'sir etayotgan bu narsa va hodisalarning hammasi bir xil aniqlikda aks ettirilmaydi. Ulardan ayrimlari aniq yaqqol aks ettirilsa, boshqa birlari shunchaki juda xira aks ettiriladi, yoki umuman aks ettirilmaydi. Bu esa ana shu odamga ta'sir etayotgan narsalarga diqqatning qay darajada qaratilishiga bog’liqdir. Demak, diqqatimiz qaratilgan narsa va hodisalar aniq va to’la aks ettiriladi.
Diqqat tushunchasiga olimlar tomonidan bir qator ta'riflar keltirilganligini ta'idlash mumkin. P.I.Ivanov tomonidan diqqat deb- ongni bir nuqtaga to’plab muayyan bir ob'ektga aktiv qaratilishga aytiladi. F.N.Dobrinin, N.V.Kuzmina, I.V.Straxov, M.V.Gamezo, N.F.Gonobolin va boshqalarning fikricha, diqqatning vujudga kelishi ongning bir nuqtaga to’planishi ong doirasining torayishini bildiradi, guyoki ong doirasi bir muncha tig’izlanadi.
E.B.Pirogovaning ta'kidlashicha, tomonidan diqqat individning hissiy, aqliy yoki harakatlantiruvchi faolligi darajasining oshirilishini taqazo etadigan tarzda ongning yo’naltirilganligi va biror narsaga qaratilganligidir. Diqqat shunday muhim jarayondirki, u odamning barcha faoliyatlarida albatta ishtirok qiladi. Eng sodda faoliyatdan tortib eng murakkab faoliyatni ham diqqatning ishtirokisiz bajarish mutlaqo mumkin emas. Shuning uchun diqqatning inson hayotidagi roli benihoya kattadir. Jumladan, fransuz olimi Kyuve geniallikni chidamli diqqat deb ta'riflashi, Nyutonning kashfiyot fikrni doimo shu masalaga qaratilish jarayoni, deyishi, K.D.Ushinskiyning "diqqat ruhiy hayotimizning shunday yagona eshigidirki, ongimizga kiradigan narsalarning barchasi shu eshik orqali o’tib kiradi" degan fikrlari uning ahamiyatini bildiradi. haqiqatdan ham diqqat eshigidan tashqarida qolgan narsa ongimizga yetib bormaydi.
Diqqat psixik faoliyatning yo’naltirilishi va shaxs uchun ma'lum ahamiyatga ega bo’lgan ob'ekt ustida to’planishidan iborat bilish jarayonidir. Yo’naltirish deganda psixik faoliyatning tanlovchanlik tabiati, ob'ektni ixtiyoriy va beixtiyoriy tanlash tushuniladi. O’quvchi maktabda o’qituvchi gapirayotgan gaplarni eshitib o’tirganda mana shu eshitib o’tirish faoliyatini ongli ravishda tanlab olgan, uning diqqati ongli ravishda qo’zg’algan shu maqsadga bo’ysundirilgan bo’ladi. O’quvchining biror boshqa narsaga chalg’imasdan o’quv materialining mazmuniga zehn qo’yib o’tirishida uning psixik faoliyatining yo’nalishi ifodalanadi.
Psixik faoliyatning yo’naltirilishi deganda ana shu tanlashgina tushunilib qolmay, balki ana shu tanlanganni saqlash va qo’llab-quvvatlash tushuniladi. Diqqatning bilish jarayoni uchun ahamiyatini alohida ta'kidlab o’tish lozimdir. Diqqat sezish jarayonida, idrok qilishda, xotira, xayol va tafakkur jarayonlarida har doim ishtirok etadi. Diqqat barcha aks ettirish jarayonlarimizning doimiy yo’ldoshidir. Diqqat barcha psixik jarayonlarimizda qatnashsa ham, lekin diqqatning o’zi hech narsani aks ettirmaydi.
Odam biror narsaga zo’r diqqat bilan kirishgan paytida uning tashqi qiyofasida ayrim o’zgarishlar ko’zga tashlanadi. Demak, diqqat odatda o’zining sirtqi ya'ni tashqi alomatlariga egadir.
Birinchidan, diqqat qaratilgan narsani yaxshi idrok qilish uchun unga muvofiqlashishga urinishdan iborat harakatlar (tikilib qarash, quloq solish) qilinadi.
Ikkinchidan, ortiqcha harakatlar to’xtaydi. Jiddiy diqqatning xususiyatlaridan biri qimirlamasdan jim turishdir. Masalan, auditoriya va teatr zalidagi jimlik diqqat vaqtidagi harakatsizlik natijasi bo’lib, bu jimlik odamlar ma'ruzachini yoki artistni zo’r e'tibor bilan tinglashayotganini anglatadi.
Uchinchidan, kuchli diqqat paytida kishining nafas olishi sekinlashib va pasayib qoladi.
Demak, diqqat paytida organizm reseptorlarimiz alohida holatda bo’ladi. Ammo bu holat diqqatning faqat tashqi ifodasi bo’libgina qolmay, balki uning ma'lum yo’nalishi va barqarorligini saqlab turuvchi shartlardan biri hamdir. Shuning uchun ko’pincha biror ishni bajarishdan avval organizmimizni shu ishga moslab muayyan bir holatda tutib olamiz.
Diqqatning tashqi ifodalanishiga rassomlarning rasmlari, turli jurnallardan olingan suratlar eng yaxshi illyustrativ material hisoblanadi. Ular yordamida kishi diqqatining tashqi ifodasiga xos bo’lgan mimika va pantomimikani ko’rsatish mumkin.
Psixologiya fanining aksariyat manbalarida diqqat deb psixik faoliyatning yo’naltirilishi va shaxs uchun ma'lum darajada ahamiyatga ega bo’lgan ob'ektning ustida to’planishi tushuniladi. Diqqat shunday muhim bir psixik jarayonki, u insonning jamiki faoliyatlarida bevosita ishtirok etadi. I.P.Pavlovning oliy nerv faoliyati haqidagi ta'limoti va A.A.Uxtomskiylar tomonidan ilgari surgan dominantlik tamoyili va ularning zamondoshlari tadqiqotlarida diqqatning fiziologik asoslari va mexanizmlarini ilmiy nuqtai nazardan tushuntirish imkonini yaratdi.
Sobiq sovet psixologiyasida diqqat muammosi xorij psixologiyasiga nisbatan ancha murakkab mustaqil ilmiy manbalarga ega hisoblanadi va u shu bilan o’zaro farq qiladi. Sobiq sovet psixologiyasida diqqatga nisbatan mukammal qat'iy fikr vujudga kelgani yo’q, lekin uning atrofida juda ko’p tortishuvlar, munozaralar bo’lib o’tgan. Diqqatning psixologik tabiati to’g’risidagi 20-30 yillarda boshlangan ilmiy bahslar, to hozirgi kungacha davom etib kelmoqda. Ilmiy munozaralarning zamirida asosiy fikr diqqatning bitta ob'ektga qaratilishidir. Bu ilmiy model ong ob'ekt tarzida ifodalanadi. Bu g’oyani yirik psixolog P.P.Blonskiy ilgari surgan va asoslagan. Uning fikricha, odamning ongi bitta ob'ektga qaratilgandan keyin u atrofdagi narsa va hodisalarni ko’rmaydi. Ko’pchilik psixologlar P.P.Blonskiyning bu fikriga qo’shilmaydilar. Jumladan, atoqli psixolog S.L.Rubinshteyn mulohazasiga ko’ra diqqat ongga ham, ob'ektning xususiyatlariga ham bog’liq emas. Buning ahamiyatli tomoni diqqatning ob'ektga yo’naltirilishidadir. Mazkur yo’naltirishning asosiy sabablari sifatida shaxs, ehtiyoj,maqsad ko’rsatiladi. Demak, diqqat odamning munosabati orqali ifodalanadi, ya'ni diqqat - munosabatdir. Bu yerda diqqat psixik jarayon emas, balki shaxs xususiyatini belgilab beryapti.
Diqqat qaralgan tashqi ifodaga ega bo’lgan ob'ektni sezish, idrok qilishdan iboratdir. Shu o’rinda qarama-qarshilik vujudga keladi, chunki ob'ektning yo’qolishi bilan diqqat ham o’z funksiyasini tugatadi. A.N.Leontev mulohazasiga ko’ra, bu orientir faoliyati emas, chunki ob'ektning paydo bo’lishi bilan diqqat ham namoyon bo’ladi, ob'ekt yo’q bo’lsa, demak diqqat ham bo’lmaydi, deb ta'kidlaydi. P.Ya.Galperin esa ob'ektning paydo bo’lishi bilan diqqat yuzaga keladi. Ob'ekt yo’qolgandan keyin esa psixik qism bo’lgan tekshirish, nazorat qilish jarayoni boshlanadi. Demak, diqqat ongning bir ob'ektga yo’naltirilishi va ongli holatni nazorat qiluvchi jarayondan iboratdir.
Psixologiyada diqqatni "yo’naltirish" deganda, psixik faoliyatning tanlovchanligi va ixtiyoriy hamda ixtiyorsizligi tushuniladi.
20-yillarda bir qancha psixologlar diqqat muammosini ustanovka bilan bog’lab tushuntirishga harakat qiladilar. Buning yaqqol isboti sifatida K.N.Kornilov tahriri ostida 1926 yilda chop qilingan psixologiya darsligidagi bir mavzu "Ustanovka va diqqat" deb atalganligi bilan izohlash mumkin. Darslikda yozilishicha, qator ob'ektlardan bir ob'ektni ajratish diqqatning sub'ektiv kechinmasidir va buni ob'ektiv hodisalar bilan taqqoslash, sezgi organlarining ustanovkasidan, ishlash vaziyatidan iboratdir.
Shunga o’xshash g’oya L.S.Vigotskiyning dastlabki tadqiqotlarida ham ko’zga tashlanadi. L.S.Vigotskiy diqqat bilan aloqador bo’lgan ikkita ustanovka turini ajratib ko’rsatadi, ular:

Yüklə 123,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin