Diqqat turlari Diqqat haqida tushuncha



Yüklə 123,86 Kb.
səhifə5/8
tarix27.12.2023
ölçüsü123,86 Kb.
#199907
1   2   3   4   5   6   7   8
Diqqat xususiyat sifatida

a) sensor ustanovka - tayyorgarlikda idrokning ustunligi qobiliyati
b) motor ustanovka - tayyorgarlikda harakatning ustunligi qobiliyati
Sensor ustanovkada idrok, motor ustanovkada esa harakat ustunligi sezilib turadi. L.S.Vigotskiy unga misol qilib jismoniy tarbiya mashg’ulotida komanda (buyruq) berishni misol keltiradi. Safda turganlarga qarab "O’ng" deb aytamiz. Shu zahotiyoq saflanganlar buyruq oxirini aytishga sensor ustanovka qo’zg’aydi "ga!" deyish oyoqlarni aylantirishga moslashish bilan bog’liq motor ustanovka komanda oxirini eshitishni ta'minlaydi.
Bu yillarda psixologlar ustanovkani kishining ijtimoiy tajribasi bilan bog’liq ravishda tadqiqot qilishga harakat qilganlar. P.P.Blonskiyning mulohazasicha, diqqatning asosida kishining ijtimoiy qiziqishlari yotadi. Psixologlar orasida diqqatni tushuntirishda turli qarashlar, nazariyalar vujudga keladi. Vaholanki, P.P.Blonskiy diqqat bilan qo’rquv, vahimani bir narsa deb qaraydi. qo’rquv - bu diqqatning intensivroq namoyon bo’lishi, ya'ni maksimal darajada aks etishi deb tushuntiradi. Bu yerda psixik faoliyatning ma'nosi butunlay yo’qotib ko’rsatilgandek tuyuladi va diqqat biologik nuqtai nazardan qaraganga o’xshab ketadi. Biologik pozisiyada diqqat bosh miya yarim sharlari faoliyati bilan emas, balki vegetativ nerv tizimi bilan bog’liqlikda tushuntiriladi.
Taniqli psixolog D.N.Uznadzening diqqatni ustanovka bilan bog’lash nazariyasiga N.F.Dobrinin qarshi chiqdi. N.F.Dobrinin fikricha, diqqatni ustanovka bilan bog’lovchi nazariya quyidagi jihatlarni hisobga olmagan. Diqqat haqiqatdan ma'lum moslashuvchi harakatlar bilan birga bo’ladi, lekin bu harakatlarga borib yetmaydi. Agar tomoshabin sahnadan o’girilsa, ko’zini yumadi, quloqini berkitadi, u sahnada nima bo’layotganiga diqqat qilolmaydi. Sahnaga qarash va eshitish uchun boshqa hamma narsalardan chalg’ish kerak va idrokni sahnada bo’layotgan hodisalarga qaratish lozim. qarab turib ko’rmaslik, tinglab turib eshitmaslik mumkin. Diqqat shundan iboratki, u nimaga qaratilgan bo’lsa uni ko’rish demakdir. Yug’oridagi mulohazalardan kelib chiqqan holda N.F.Dobrinin diqqatni kishi psixik faoliyatini biron-bir ob'ektga yo’naltirish va to’plash bilan boshqa ob'ektlardan chalg’ish orqali tushuntiradi.
Diqqat psixik faoliyatning qandaydir ob'ektga yo’nalishi va to’planishi orqali o’rganishni qator mualliflar tanqid qiladilar. Ana shulardan biri S.L.Rubinshteyndir. S.L.Rubinshteyn diqqatni alohida mazmunga ega emasligiga qo’shiladi, lekin uning guvohlik berishicha, diqqatni biror ob'ektga tanlab yo’nalishi uning fenomenologik xarakteridir. Bunday fenomenologik tavsifnomada ham diqqatning tabiati va xususiyatlari ochilmay qolaverar ekan.
Psixolog G.S.Bakradze diqqatning ob'ektda to’planishi faoliyatning roli haqida qiziqarli ilmiy tekshirish tajribasini o’tkazgan. Agarda diqqatni zaifligini tekshiruvchi o’z vaqtida payqab, unga nisbatan qandaydir muskul harakatini amalga oshirsa, u yana tiklanadi. Bulardan tashqari diqqat barqarorligini faoliyatning xarakteriga, shaxsning o’ziga bog’liqligi bir qancha psixologlar tomonidan isbotlangan.
Jumladan, A.P.Gazova diqqatning bo’linuvchanligini ko’p stanokda ishlovchi to’quvchilarda o’rganib, juda qimmatli materiallarni yig’adi. Uning fikricha, diqqat bu kasbdagi odamlarda ixtiyorsiz va ixtiyoriy muvozanatlashgan bo’lishi mumkin. Bir necha stanokda ishlash malakalari hosil bo’lishi natijasida bularda ixtiyoriy muvozanatlashgan diqqat turi vujudga keladi.
Diqqatning bo’linuvchanligi ustida olib borilgan tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, ikkita yoki uchta ishni birdaniga bajarish mumkin, bunda I.P.Pavlov ko’rsatganidek, ulardan biri tanish (ishlash oldin bajarilganligini eslatuvchi) va bosh miya yarim sharlar po’stlog’ida "navbatchi punktlar" mavjud bo’lsa amalga oshiriladi. Ikkita faoliyatni bir davrning o’zida bajarish uchun faoliyatning biri diqqatni talab qilmaydigan yoki avtomatlashgan bo’lishi talab qilinadi. Kishida bunday imkoniyat faqat mashq qilish orqaligina yuzaga kelishi mumkin.
Sobiq sovet psixologiyasi namoyondalari, jumladan N.F.Dobrinin o’zi va shogirdlari o’tkazgan tekshirishlariga asoslanib, bunday tipologiya diqqatning mohiyatini ochishga yetarli emas deb hisoblaydi. Turmushda shunday odamlar uchraydiki, ular ob'ektni ko’p, ham aniq idrok qila oladilar. Yana shunday toifadagi kishilar mavjudki, ular narsalarni ham kam, ham noaniq idrok qiladilar, o’zlaridan ko’p narsalarni qo’shib yuboradilar. Tadqiqotchi Ye.B.Pirogova o’quvchilarda eshitish va ko’rish diqqatini o’rganib, eshitish diqqatining ko’lami ko’rish diqqatidan bir necha bor kichikligini ta'kidlab o’tadi. Diqqat muammosini o’rganuvchi olimlar uning boshqa psixik jarayonlar bilan bog’liqligi va roli masalalarini o’rganganlar. Jumladan, N.N.Lange, A.R.Luriya va boshqalarning tadqiqotlarida ko’rishimiz mumkin.
N.N.Lange diqqatning iroda, reflektiv, instinktiv, perseptiv holatlar bilan bog’liqligini o’zining "Irodaviy diqqat nazariyasi" asarida ko’rsatib beradi. A.R.Luriyaning fikricha, kichik yoshdagi bolalarda diqqatning bu holatini ko’rish oson. Birinchi bosqichda u beqarorligi va ko’lamining torligi uchun qo’zg’atuvchilar qurshovidagi diqqat bo’lolmaydi.
Uluq rus pedagogi K.D.Ushinskiy ishlarida diqqat to’g’risida bir qator fikrlar aytilgan. Diqqat ob'ektni to’la va aniq idrok qilish qobiliyatiga ega. Ziyraklikning qator sabablariga oldin idrok qilingan ob'ekt izlarining ahamiyatidan tashqari K.D. Ushinskiy "ta'sirotning kuchi va to’plangan aktlarni boshqara olishni ko’rsatadi". Bolaning rivojlanishi uchun diqqatini to’g’ri yo’naltira olish muhimligini ko’rsatib o’tadilar. Diqqatning to’laligi barqarorligini ta'minlovchi to’planishning psixologik mexanizmlarini muhokama qilish ham K.D.Ushinskiyning asarlarida uchraydi. U diqqatning asosiy omili irodaviy boshqarish deb hisoblaydi. Shuning uchun diqqatni maqsadga yo’naltirib, boshqara olish qiyin va murakkab jarayondir. K.D.Ushinskiyning ko’rsatishicha, kishi o’z hissiyotlarini diqqat orqali boshqaradi, bunda u ixtiyoriy yoki faol turlarga ajratadi. Uningcha, ixtiyoriy diqqat bizning tomonimizdan zo’r berish orqali o’ziga predmet tanlaydi. Ixtiyoriy diqqatni ob'ektivlashtirish faol xarakteridan biridir. Chunki u kishining o’zi orqali qo’zg’atiladi va qo’llaniladi.
K.D.Ushinskiyning aytishicha, ixtiyorsiz diqqat tashqi va ichki sabablarga ko’ra hosil bo’ladi. Tashqi sabablar qo’zg’atuvchining kuchiga organizmning ayni vaqtdagi holatiga bog’liq. Passiv diqqatning ichki sabablari sezgilarimiz izlarining bog’lanishidir. Idrok qilingan ob'ektning yangiliklar bosqichini diqqatning istovchi omili ekanligini muallif farqlaydi. Diqqat qaratilayotgan ob'ekt ma'lum o’lchovda bo’lishi kerak.
Diqqatning psixologik tahlilini K.D.Ushinskiy tarbiya muammosi bilan bog’lab, diqqatni boshqara bilishni aqliy rivojlanish va amaliy faoliyat uchun asosiy omil deb hisoblaydi. Diqqatning maqsadga muvofiq boshqarish yoki idrok qilish paytida asosiy ishdan tashqaridagilarga chalg’imaslik tushuniladi. Tarbiyachining vazifasi bolalarning faol diqqatini to’g’ri yo’nalishda ko’rish va ularning diqqatini o’zlari boshqarishga o’rgatishdan iboratdir.
K.D.Ushinskiy tomonidan yechilgan muammolar o’tkazilgan tekshirishlar shuni ko’rsatadiki, u ongning to’planish qobiliyatini diqqat deb tushundi, shu bois diqqatni o’rganishda shaxs psixologiyasidan kelib chiqib yondashdi va tabiiy-ilmiy jihatlarini tushuntirishda o’z davrining fiziologik bilimlaridan unumli foydalandi.
40 yillarda psixologiya fani bir qator muvaffaqiyatlarga erishdi. Psixologiya fani nazariya va tajribaga asoslangan holda juda ko’p muammolarni yechishga muvaffaq bo’ldi. Nazariy jihatdan katta o’rin olgan masalalardan biri "oliy psixik funksiyalarning rivojlanishi va strukturasi" to’g’risidagi L.S.Vigotskiy ilgari surgan konsepsiyadir. Buning asosida ikkita faraz yotadi:

Yüklə 123,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin