Diqqat va uning turlari, xususiyatlari



Yüklə 287 Kb.
səhifə3/22
tarix24.07.2023
ölçüsü287 Kb.
#137310
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
DIQQAT HAQIDA TUSHUNCHA KURS ISHI

Kurs ishining maqsadi: Diqqat hodisasini tushuntirishning murakkabligi, uning aniq ko’rinishida uchramasligidan iborat. Diqqat o’zining bilish mazmuniga ega emas, u faqatgina boshqa bilish jarayonlari faoliyatiga xizmat ko’rsatadi. Shuning uchun ham, diqqatni bilish jarayonlarining o’sish xususiyatiga ega holatni xarakterlovchi, psixofiziologik jarayon sifatida o’rganish muhim ahamiyatga egadir.
Kurs ishining vazifasi: Diqqat turlicha sifat ko`rinishlari bilan ta’riflanadi. Diqqatning bu ko`rinishlarini diqqatning sifati yoki diqqatning xususiyatlari deb ataladi.
Diqqatning barqarorligi, kuchishi, taqsimlanishi va ko`lami shular jumlasiga kiradi.
Diqqatning barqarorligi – diqqatga qaratilgan ob’ektlarning xususiyatlariga va yo`naltirilgan shaxsning faolligiga bog`liq bo`ladi.
O'z e'tiborini va irodasini to'liq nazorat qilish faol ongni anglatadi - bu odatda xabardorlik deb ataladi. Biz o'z e'tiborimizni va kuchimizni o'z maqsadlarimizga qaratganimizda, biz "Men xohlayman" paradigmasida yashaymiz - o'sish, rivojlanish, qimmatbaho narsalarni yaratish shunday boshlanadi.O'zboshimchalik bilan, tartibli e'tibor faollik va energiya darajasiga bevosita bog'liq. Miya faoliyatida tartib bo'lsa, biz kamroq aqliy energiya sarflaymiz, shuning uchun ba'zida miya faoliyatiga dam berish zarur chunki, miyamizda ko’p kerakmas ma’lumotlar bo’lsa, miya faoliyatimizga salbiy ta’sir ko’rsatadi va diqqat jarayoniga shu bilan birga, boshqa jarayonning faoliyatiga ham salbiy ta’sir ko’rsatadi. Ularning ishlash faoliyati sustlashadi. Chunki har bir faoliyat jarayonining ishlashi ma’lum darajada cheklangan.shu bilan birga, diqqat jarayoni ham cheklangan manbadir.
Diqqat resursi cheklangan hajmga ega va biz uni barcha ongli jarayonlarda sarflaymiz: ishlayotganimizda, musiqa tinglaganimizda, kino tomosha qilganimizda va hatto yengil uyqu paytida. Diqqat resursini behuda sarflab, biz asosiy narsaga e'tibor qaratish uchun kuchimizni yo'qotamiz, biz muhim narsalarni oxirigacha yakunlay olmaymiz va stressni boshdan kechiramiz.
Diqqat jarayonni inson hayotida davomida rivojlantirib boorish zarur, chunki diqqat boshqa jarayonlar bilan chambarchas bo’gliq hisoblanadi. Diqqat esa mana shu faoliyatlarning ishlash funksiyasini bajaradi. Shu sababli ham, diqqat jarayonini rivojlantirib borish zarur. Hozirgi kunda diqqat jarayonini rivojlantirishga bo’gliq turli xil o’yinlar va metodikalar tashkil qilingan. Diqqat jarayonni rivojlantirish borasida bolalar va kattalar uchun yaratilgan metodikalar bisyor.

Yüklə 287 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin