Yosh o'zgarishlari.Yoshi bilan, ayniqsa 70 yoshdan oshgan keksa odamlarda diqqatni jamlash funktsiyalari zaiflashadi va uning buzilishi paydo bo'ladi.Ba'zida kuchli hayajon sizning e'tiboringizni qaratishga to'sqinlik qiladi, bu esa beparvolik holatini keltirib chiqaradi.
Kattalardagi e'tibor buzilishining shakllari va belgilari Mutaxassislar qayd etishadi turli shakllar kattalardagi bu hodisaning xarakterli belgilari bilan birga keladi. Asosiylarini ko'rib chiqamiz:
Diqqatni jamlay olmaslik, diqqatni ma'lum bir vazifaga qaratish: kitob o'qish, muhokama qilish yoki oddiygina gapirish. Biror kishi mavzuga diqqatini jamlashi qiyin, u mavzuning tafsilotlarini «ko'rmaydi», u begona suhbat, tovush, ob'ekt bilan osongina chalg'itadi yoki boshqa ishga o'tadi. Bu holat muzlash yoki e'tiborni sarosimaga solib qo'yish deb ataladi.
Bir narsaga doimiy e'tibor qarating. Masalan, musiqa o'qiyotganda yoki tinglayotganda odam o'z his-tuyg'ulariga shunchalik berilib ketadiki, u atrofida sodir bo'layotgan voqealarga e'tibor bermaydi. Bu kamchilik, albatta, afzallikka aylantirilishi mumkin, masalan, ish maqsadi bilan. Biroq, bir narsaga boshqasiga zarar etkazadigan o'ta barqaror konsentratsiya, shunga qaramay, normaning bir varianti emas va odamning o'zi va uning atrofidagi odamlar uchun juda noqulay bo'lishi mumkin.
O'z-o'zini tashkil etishning etishmasligi, unutuvchanlik. Ushbu qoidabuzarliklar bilan odam doimo biror narsaga kechikadi, zaruriy topshiriqlarni keyinga qoldiradi, narsalarni yo'qotadi, ularni unutadi.Shuningdek, e'tiborning bunday buzilishi o'z vaqtida noto'g'ri yo'naltirilganlik, ma'lum bir vazifani, ishni bajarish uchun taxminiy vaqtni hisoblash qobiliyatining yo'qligi bilan birga keladi.
Impulsivlik – bu diqqat buzilishining yana bir belgisi. Bu suhbatdoshga e'tibor bermaslik, uning so'zlariga hamdardlik, suhbatning alohida qismlaridan «tushib ketish» bilan tavsiflanadi. Ushbu qoidabuzarlikdan aziyat chekadigan odamlar uchun birinchi navbatda biror narsa aytish yoki qilish odatiy holdir va shundan keyingina o'z harakatlarining oqibatlari haqida o'ylashadi
Ko'pincha umidsizlik, g'azab va asabiylashish kuzatiladigan hissiyotlarning kuchayishi (ruhiy buzilishlar bilan birga bo'lishi mumkin). Bunday odamlarga kayfiyatning tez-tez o'zgarishi, o'zini past baho berish, harakatlarni rag'batlantirish qiyinligi, tez-tez asabiy hayajonlanish, diqqatni jamlashda qiyinchilik va boshqalar ajralib turadi.Diqqatni jamlash qobiliyatining etishmasligi bolalikda ayniqsa xavflidir. E'tiborsizlik – o'quv jarayonidagi muammolarning asosiy sabablaridan biri, o'quv faoliyatining yomonlashishi. Agar bu muammo o'z vaqtida bartaraf etilmasa, u ta'sir qilishi mumkin umumiy rivojlanish bolaning kelajagiga salbiy ta'sir qiladi.Shu tufayli diqqat buzilishi a'lomatlarini e'tiborsiz qoldirmaslik,bu jarayonlar sezilgan zahoti mutaxasisiga murojaat qilish kerak.
XULOSA. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, Psixologiya fanida diqqatga har xil ta’rif beriladi, uni yoritishda psixologlar turli nazariyaga asoslanib yondashadilar. Diqqat deb ongni bir nuqgaga to’plab, muayyan bir ob’yektga aktiv (faol) qaratilishi aytiladi (P. I. Ivanov). P. I. Ivanovning fikricha, biz faoliyatimiz jarayonida idrok va tasavvur qiladigan har bir narsa, har bir hodisa, o’zimiz qilgan ishimiz, o’y va fikrlarimiz diqqatning ob’yekti bo’la oladi.
Diqqat inson faoliyatining barcha turlarini muvaffaqiyatli amalga oshirishning va ularni samaradorligini ta’minlovchi muhim shartlardan biridir. Kishi faoliyati qanchalik murakkab, serzahmat, davomiylik jihatdan uzoq muddatli, mas’uliyat hissini taqozo qilsa, u diqqatga shunchalik yuksak shartlar va talablar qo’yadi. Inson ziyrakligi, farosatliligi, tez payqashi, sinchkovligi, dilkashligi uningturmush sharoitida, shaxslararo munosabatida muhim omil sifatida xizmat qiladi. Diqqat aqliy faoliyatning barcha turlarida ishtirok etadi, insonning xatti harakatlari ham uning ishtirokida sodir bo’ladi.
Odamning diqqati bir qancha xususiyatlariga ega bo’lib, ulardan asosiylari-diqqatning bo’linuvchanligi va diqqatning ko’chuvchanligidan iboratdir. Diqqatning kuchi va barqarorligi deb odam o’z diqqatini biror narsa yoki hodisaga uzoq muddat davomida muttasil qaratib tura olishiga aytiladi. Diqqatning kuchi va barqarorligi deb odam o’z diqqatini biror narsa yoki hodisaga uzoq muddat davomida muttasil qaratib tura olishiga aytiladi. Diqqatning bo’linuvchanligi. Diqqatning bo’linishi deganda, biz ayni bir vaqtda diqqatimizni ikki yoki uch narsaga qaratilishini tushunamiz. Agar diqqatimiz faqat bitta narsaga qaratilgan bo’lsa, ya’ni diqqatimiz faqat bitta narsa ustida to’plangan bo’lsa buni konsentratsiyalashgan (to’plangan) diqqat deb yuritiladi. Buning aksicha, agar diqqatimiz ayni bir vaqtda bir necha narsaga qaratilgan bo’lsa, buni bo’lingan (taqsimlangan) diqqat deb yuritiladi.
Diqqatning barqarorligi bu diqqatni muayyan maqsadaga buysindirilgan faoliyatda uzoq vaqt markazlashtirib turilishidir. Diqqatning barqarorligi ishda umumiy maqsadga intiluvchanlik saqlangan holda ob’yektlar va faoliyat xarakterining almashinib turishini talab qiladi. Diqqat barqarorligini yuqorida ko’rsatib o’tilgan barcha shartlariga rioya qilish o’quvchilarning o’quv ishlari jarayonida chalg’ishlarini bartaraf qilish uchun juda muhimdir. Chalg’ish – diqqatning barqarorligiga qarama-qarshi bo’lgan holatdir. Bu diqqatning zarur faoliyatdan ixtiyorsiz ravishda chetga ogishi demakdir. Diqqatning barqarorligini uning ko’chuvchanligini va turlicha tebranishi bilan birgalikda o’rganish va tarbiyalash lozim. Diqqatning ko’chishi bu faoliyat maqsadining o’zgarishi bilan diqqatning bir ob’yektidan ikkinchisiga o’tishi demakdir. Masalan, dars davomida o’quvchilar o’qituvchining tushuntirishini eshitib turib, asta-sekin diqqatlarini masalani yechishga bir o’quvchi masalasini yechib turib, boshqasiga ko’chiradilar va xokazo.
Diqqatning psixologik nazariyalari shuni ko'rsatadiki,diqqat bu barcha kognitiv jarayonlarning asosida turuvchi muhim jarayondir.Yuqorida ko’rilgan fikr va mulohazalarda diqqatning inson hayotidagi ahamiyati uning o’rni juda muhimligini ko’rish mumkin. Diqqat jarayoni borasidagi nazariyalarda diqqatning muammolari ularning ilmiy nazariyalarini olimlar va professor psixologlar tomonidan o’rganilganligi uning inson hayotidagi ahamiyati dolzarbligi ko’rish mumkin.
Shu bilan birga, diqqat jarayonni inson hayoti davomida rivojlanib boradi, va hayoti davomida murakkablashib boradi. Diqqatning ilmiy muammollarini o’rganishda turli psixologlar ishtirok etgan. Bulardan: A.R.Luriya, S.L.Rubinshteyn, L.S.Vigotskiy, A.N.Leontovlar diqqat muammosini o’rganishgan va ularni yoritib bera olishgan.Ularning ilmiy tadqiqotlarida diqqatning har jihatlariga e’tibor berilgan. Ya’ni diqqatning fiziologik,biologik, psixologik tomonlarini o’rganib chiqishgan.Diqqatning sobiq sovet psixologiyasi va xorijiy psixologiya fanida ancha murakkab va ilmiy manbalarga ega hisoblashganligi, shu orqali ular boshqa xorijiy psixologiyasidan farq qilganligini hisoblanadi. Diqqatning fiziologik asoslarini I.Pavlov va A.A. Uxtomiskiylarning tajriba olib borishgan. Ya’ni ular diqqatning qanday paydo bo’lishi va uni insonlarda qanday namoyon bo’lishini yoritib berishgan. T.Riboning nazariyasida esa diqqatning hissiyotlar bilan bog’liqligini ochib bergan. Va bu nazariya eng ommalashgan va mashhur nazariyalardan biri bo’lgan. P.Ya.Galperin nazariyasida esa diqqatni boshqacha ta’riflab o’tgan. Ya’ni uning nazariyasida obyektning paydo bo’lishi orqali diqqat jarayoni yuzaga kelishini ta’kidlab o’tgan. Bu nazariyada agar obyekt bo’lmasa diqqat jarayoni yuzaga kelmasligi haqida fikr bildirgan.
Xulosa qilib aytganda, diqqat kognitiv jarayonlarining eng muhim jarayonlarida biri ekanligi, inson hayotidagi ahamiyatini ko’rib chiqdimDiqqat chuqur mavzu hisoblanadi va haligacha diqqat borasidagi ilmiy tadqiqotlar davom etmoqda